Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

31.01.2025 09:00

⚡️ My.gov.uz orqali davlat xizmatlari uchun to‘lov qilish yanada qulaylashdi!

💰 Endilikda portal foydalanuvchilari pullik davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni Uzum Bank ilovasi orqali yoki Uzum Nasiyada muddatli to‘lov asosida qulay amalga oshirishlari mumkin!
 
👉 Bunda ikki xil to‘lov usulidan birini tanlasa bo'ladi: 
⏺ Shaxsiy mablag‘lar hisobidan to‘lov qilish; 
⏺ Bir necha oyga qulay muddatli to‘lov rasmiylashtirish.
 
📱 Raqamlarga e’tibor bersak, har kuni 300 mingdan ortiq foydalanuvchi my.gov.uz portaliga tashrif buyuradi. 2024-yilning o‘zida portal orqali 32 milliondan ortiq ariza yuborilgan.
 
🪙 Shunga ko‘ra, Uzum Nasiya aholining my.gov.uz orqali pullik davlat xizmatlaridan foydalanishida mablag‘ taqsimoti borasida qulaylik yaratadi. 

❗️ Ma’lumot uchun: 
Uzum Bank – Uzum milliy raqamli ekotizimiga qarashli internet-bank.  

Uzum Bank orqali foydalanuvchilar maishiy va boshqa turdagi to‘lovlarni amalga oshirishi, keshbek olishi, pul o‘tkazmalarini tezkor hal qilishi va naqd pul yechishi mumkin!
 
🟡 Qulaylik va tezkorlikni qadrlang! 
 
🧑‍💻 my.gov.uz va Uzum Bank xizmatlaridan foydalaning!

▶️ https://youtube.com/shorts/TCzmG_K0v-Y?feature=share