Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

03.02.2025 09:00

🆕 Ovchilik guvohnomasini onlayn olish mumkin!

💥 Ovchilik bilan shug‘ullanishni istagan jismoniy shaxslarning my.gov.uz portali orqali ovchilik guvohnomasini olishi yanada osonlashdi! 
  
👉 Xizmat quyidagi qulayliklarga ega: 
 
Onlayn ariza berish
⏺ Hech qanday hujjatlar talab etilmasligi  
⏺ Avtomatik tekshiruvlar  
⏺ 5 ish kuni ichida QR-kod bilan rasmiylashtirilgan guvohnoma  
⏺ 10% chegirma hisobiga to‘lov – 675 000 so‘m  

🪪 Guvohnoma 2 yil muddatga amal qiladi.  
  
Eslatma: Ushbu xizmatdan ov qilish huquqidan mahrum etilmagan va maxsus o‘quv kursi sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin. 
 
📱 Mazkur sertifikat "HunterUzb" mobil ilovasi orqali ovchilik yo‘nalishidagi maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganlarga beriladi.  
 
⚡️ Yangiliklarimizdan eng birinchi xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

▶️ https://youtube.com/shorts/-5q8zs5vRGk