Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

19.01.2022 10:00

Kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit!

“One Million Uzbek Coders” kurslarining bitiruvchilari kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit olishlari mumkin.

Buning uchun nima qilish kerak?

  •  “One Million Uzbek Coders” platformasidagi kurslarni ko‘pi bilan ikki oy oldin tamomlaganlik sertifikatiga ega bo‘lish;
  •  Yagona portal orqali onlayn ariza bering: https://my.gov.uz/uz/service/523;
  •  Yoshlar masalalari Agentligidan tasdiqlashni kuting;
  •  Quyidagi banklarga murojaat qiling: Aloqabank, Mikrokreditbank va Xalq bank.

Kredit 2 yil muddatga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi.  Asosiy qarz qarz oluvchi tomonidan toʻlanadi.