Arxiv ma’lumotlari (Mavzuli so‘rovlarni ijro etish) xizmatini my.gov.uz va uning mobil ilovasi orqali onlayn olish mumkinligidan xabardormisiz?
My.gov.uzda ushbu xizmat (https://my.gov.uz/oz/service/517) orqali yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hokimlik qarorlari, turarjoy, meros, vorislik, 1941-1945 yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqida ma’lumotlar olish va boshqalar qamrab olingan.
Xizmatlar narxi turiga qarab quyidagicha:
Muhimi, xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanilganda 10 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz!
Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Barchasi oddiy va oson.
Agar Sizda yuqoridagi xizmat bo‘yicha takliflar bo‘lsa, murojaatingizni epigu@egov.uz manziliga haftaning 7 kunida, 24 soat davomida yuborishingiz mumkin.