Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

06.05.2022 09:00

OTMda o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnomani qanday olsa bo‘ladi?

Sizda hech qanday xarajat qilmasdan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganingizni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasini olish imkoniyati bor.

Buning uchun YaIDXPda (my.gov.uz) avtorizatsiyadan o‘ting va xizmatdan foydalanish bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldiring. Ushbu ma’lumotnoma 5 ish kuni davomida shakllantiriladi va elektron ko‘rinishida YaIDXPdagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi. Xizmat mutlaqo bepul.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasini olish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/oz/service/369

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?