Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

16.06.2022 09:00

My.gov.uz orqali qancha maosh olayotganingizni kuzatib boring!

Xabaringiz bor, Prezident farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-iyunidan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi 12 foizga oshirildi.

Shuningdek, ushbu sanadan (2022-yil 1-iyundan):

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 920 ming so‘m (shu vaqtgacha 822 ming so‘m);
  • bazaviy hisoblash miqdori — 300 ming so‘m (hozir 270 ming so‘m) etib belgilandi.

Tavsiyamiz, my.gov.uz da joriy etilgan qulaylik orqali o‘z oylik maoshingizni doimiy kuzatib boring.

Buning uchun Sizdan hech qanday ortiqcha harakat: ERI kaliti, hujjat va mablag‘ ham talab etilmaydi.

My.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?