Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

30.06.2022 09:00

My.gov.uz – yoshlar bilan birga!

Bugun, 30-iyun – serquyosh, farovon o‘lkamizda Yoshlar kuni. Yurtimizdagi har bir yoshning chinakam bayrami.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda yoshlar soni (14 – 30 yoshdagi) 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.

Mamlakatimizni rivojlanishning yangi pog‘onasiga olib chiqishda qudratli to‘lqin, mustahkam ustun, suyanchimiz bo‘lgan yoshlarimizni go‘zal bayram – yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va ulkan zafarlar tilaymiz.

My.gov.uz – yurtimiz yoshlariga yana bir bor omad tilab, bir talay qulay imkoniyatlarni taqdim etadi: https://www.youtube.com/watch?v=U4A2enrdFm0

 

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?