Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

01.08.2022 16:05

Yana 3 ta yangi xizmat: imtiyoz, imkoniyat va qulayliklari bilan!

My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir uchta elektron davlat xizmati ishga tushirildi. Davlat tomonidan yiliga 500 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlarga:
- kasbga o‘qitish;
- o‘qish davrida yashash va transport xarajatlarini qoplash;
- asbob-uskunalar va mehnat qurollari xaridi uchun subsidiya ajratiladi.

Nogironligi bo‘lgan har bir yosh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha ajratiladi. Talabgor ushbu imtiyozdan foydalanish uchun hech qayerga bormaydi. My.gov.uz orqali masofadan ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuboradi. Subsidiya ajratilishi bo‘yicha xabarnoma ham belgilangan muddatda onlayn taqdim etiladi. Istalgan xorijiy til yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha, shuningdek, kasbga o‘rgatish hamda IT yo‘nalishidagi o‘quv kurslari to‘lovlari uchun ham subsidiya olish mumkin.

Хizmatlardan onlayn foydalaning va bizni kuzatishda davom eting!

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?