Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

18.11.2022 15:00

My.gov.uz orqali qanday maʼlumotnomalarni bepul olish mumkin?

Buning uchun my.gov.uz dan roʻyxatdan oʻting va  maʼlumotnomalarni olish uchun ariza yuboring. Ayrim maʼlumotnomalar avtomat tarzda shakllantiriladi. 

Ish haqi toʻgʻrisida:
Maʼlumotnomada fuqaroning ish haqidan olgan daromadlari shuningdek toʻlangan daromad soligʻi miqdorlari aks ettiriladi. 

Jamgʻarilgan pensiya toʻgʻrisida:
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy va ixtiyoriy tartibda undirilgan  pul mablagʻlari toʻgʻrisida maʼlumot olish mumkin.

Pensiya (nafaqa) haqida:
Pensiya fondi hisobida turishi, toʻlangan pensiyalar (nafaqalar) miqdori va pensiya fondi hisobida turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish mumkin.

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi boʻyicha maʼlumot:
Fuqaroning doimiy va vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha maʼlumot olish mumkin. 

Mehnat daftarchasidan koʻchirma olish:
Fuqaroning mehnat faoliyati va ish staji bilan bogʻliq maʼlumotlarni olish mumkin.

 

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?