Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

02.12.2022 12:00

My.gov.uz da koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmati ishga tushirildi

Endilikda fuqarolarimiz my.gov.uz orqali koʻp yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga boʻlgan huquqlarni masofadan turib davlat roʻyxatidan oʻtkazish imkoniyatiga ega.

Buning uchun jismoniy yoki yuridik shaxs:
- my.gov.uz da roʻyxatdan oʻtadi;
- “Koʻp yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish” xizmatini tanlaydi;
- Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatni ilova qiladi.

Xizmat koʻrsatish muddati murojaat turiga qarab: 
2 ish kunidan 5 ish kunigacha.

Xizmat narxi: 
BHMning 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun BHMning 7 foizi miqdorida.

Mazkur jarayon koʻp yillik dov-daraxtlarning turlari, soni va ular egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilishi orqali amalga oshiriladi.
 

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?