Elektron raqamli imzoni onlayn tarzda olish.

Elektron raqamli imzo qanday olinadi?

O‘zbekistonda elektron raqamli imzo olishning ikki usuli mavjud:

1. Onlayn tarzda my.gov.uz portali va e-imzo.soliq.uz sayti orqali

2. Oflayn tarzda Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda

Biz my.gov.uz portali orqali olish tartibini ko‘rib chiqamiz.

My.gov.uz bu eng qulay, tezkor va arzon usul. Siz uydan yoki ishxonadan turib ham ERI uchun ariza topshirishingiz mumkin.


Dastlab kompyuteringizga E-imzo modulini yuklab oling: https://e-imzo.soliq.uz/download

Mobil qurilmangizga esa MyID ilovasini o‘r:

iOS: MyID App Store

        📲 Android: MyID Google Play

Shundan keyin my.gov.uz orqali ariza topshirishni boshlang.

Bosh sahifadan Soliq bo‘limiga o‘ting. “Jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzo olish” xizmatini tanlang.

Xizmat tavsifi bilan tanishib, “Foydalanishni boshlang”.

 

Berilgan eslatmalarni diqqat bilan o‘qib chiqing.So‘ngra arizani to‘ldirishga o‘ting.

Шахсий идентификацион рақамингизни текширинг.

 

MyID ilovasi orqali shaxsingizni tasdiqlang. QR kodni skaner qilib, “Yuborish” tugmasini bosing.

 

    Keyin "Kalit yaratish" tugmasini bosing va Saqlash uchun diskni tanlang4 dan 8 ta raqamgacha bo‘lgan parol yarating hamda tasdiqlang.

Shoshilmang! Tizim ma’lumotlarni tekshirishi uchun biroz kutish kerak."Keyingisi" tugmasi yongach, jarayonni davom ettiring.

Shundan so‘ng, elektron raqamli imzo uchun to‘lov chiqadi:

   Balansingizda mablag‘ bo‘lsa, avtomatik yechiladi. Yo‘q bo‘lsa, invoys shakllanadi

Bunda QR kodni skanerlab, to‘lov ilovalari orqali to‘lovni amalga oshiring.

Eslatma! Ariza My.gov.uz orqali topshirilganda davlat boji arzonroq bo‘ladi.

Shuningdek, “Temir daftar”, Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kirgan ayrim toifadagi fuqarolarga elektron raqamli imzo bepul beriladi.

 

 

To‘lov amalga oshirgandan so‘ng arizangiz ko‘rib chiqilishini kuting. Ariza javobi odatda 5 daqiqada tayyor bo‘ladi.

Elektron kalit 7 KB hajmda tanlangan diskka saqlanadi.

Parol esa SMS orqali yuboriladi — uni ehtiyot qiling, hech kimga bermang!



 

2. Davlat xizmatlari markazlari orqali:

Agar elektron raqamli imzoni onlayn olishga qiynalsangiz yoki shaxsan murojaat qilishni xohlasangiz, Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Buning uchun o‘zingiz bilan Pasport yoki ID-kartangizni va fleshkaga o‘xshash tashqi xotira qurilmasini olib boring.

Xodimga Elektron raqamli imzo olish istagingizni bildiring.

Xodim arizani sizning nomingizdan to‘ldiradi.

Davlat bojini to‘laysiz va elektron raqamli imzongiz tayyor bo‘lgach, uni olib ketasiz.

 

Тabriklaymiz! Endi siz 2-yil muddatga beriluvchi yangi elektron raqamli imzo egasisiz!
​​​​​​

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?