XABARNOMA!!! 2016-yilning 12-sentabridan boshlab Yagona portal orqali murojaatlarni yuborishda ERI (elektron raqamli imzo) dan foydalanish majburiy etib belgilanganligini ma`lum qilamiz.
Davlat yo’l harakati xavfsizligi organlari tomonidan yo’l qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarima miqdori bo’yicha ma’lumot
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi moddalari Huquqbuzarlik turi Eng kam ish haqining miqdorida jarima qiymati Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati Jarima miqdori
125-modda. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
125-modda 1-qism Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo’lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi eng kam ish haqining beshdan bir qismi miqdorida 26048 so’m
125-modda 2-qism Haydovchilarning belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilmagan yoki majburiy texnik ko’rikdan o’tkazilmagan yohud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo’lgan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo’lgan transport vositalarini boshqarishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida 65120 so’m
125-modda 3-qism Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo’lgan yohud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi eng kam ish haqining bir baravari miqdorida yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etish 130240 so’m
125-modda 4-qism Haydovchilarning shaharlararo va xalqaro yo’lovchi tashishni amalga oshiradigan avtobuslarni nazorat asboblarisiz (taxograflarsiz) yoki taxograflarni o’chirgan holda boshqarishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida 390720 so’m
125-modda 5-qism Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o’zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish eng kam ish haqining besh baravari miqdorida 651200 so’m
125-modda 6-qism Davlat raqam belgisi yasama yoki o’zga usullarda o’zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo’lmagan transport vositasini boshqarish eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida 1302400 so’m
125-modda 7-qism Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda saqlash Fuqarolarga - eng kam ish haqining bir baravar miqdorida
mansabdor - shaxslarga ikki baravari miqdorida
130240 so’m
260480 so’m
125-1-modda. Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish
125-1-modda 1-qism Yuk tashish qoidalarini, xuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish eng kam ish haqining besh baravari miqdorida 651200 so’m
125-1-modda 2-qism Tegishli ruxsatnomasiz og’ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o’lchamlari belgilangan normalardan ortiq bo’lgan transport vositalarida yo’lga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada ko’rsatilgan harakat yo’nalishidan chetga chiqish fuqarolarga eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida,
mansabdor shaxslarga esa — eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdorida
yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga 1302400 so’m

1953600 so’m
126-modda. Ko’zgusimon va tusi o’zgartirilgan (qoraytirilgan) nostandart oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko’rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish
126-modda 1-qism Davlat standarti normalariga muvofiq bo’lmagan ko’zgusimon yoki tusi o’zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o’rnidan tevarak-atrofni ko’rishni cheklaydigan qo’shimcha narsalar o’rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida 130240 so’m
126-modda 2-qism Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida 260480 so’m
127-modda. Transport vositalarining tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish
127-modda 1-qism Tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o’rnatish, xuddi shuningdek ularni o’zgartirib o’rnatish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida 130240 so’m
127-modda 2-qism Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o’rnatish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha

uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda ana shu qurilmalarni musodara qilgan holda
130240 - 390720 so’m

390720 - 651200 so’m
128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo’lkalaridan yurgizishi, yo’l belgilari va yo’l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi
128-modda 1-qism Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo’lkalaridan yurgizishi, yo’l belgilari yoki yo’lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo’yilgan talablarga rioya etmasligi (ushbu Kodeksning 128-3, 128-5, 128-6 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib o’tish, yo’nalishli transport vositalari to’xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o’tish joylaridan yurish, sutkaning qorong’i vaqtida yoki ko’rish cheklangan sharoitlarda yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yo’lovchilarga loyqa sachratishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida 65120 so’m
128-modda 2-qism Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida 130240 so’m
128-modda 3-qism Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish eng kam ish haqining uch baravari miqdorida 390720 so’m
128-modda 4-qism Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish eng kam ish haqining to’rt baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etish. 520960 so’m
1281-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi
128-1-modda 1-qism Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida 260480 so’m
128-1-modda 2-qism Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa eng kam ish haqining uch baravari miqdorida yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etish. 390720 so’m
128-2-modda. Transport vositasini boshqarish paytida monitordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish va transport vositasiga o’zboshimchalik bilan monitor (displey) o’rnatish
128-2-modda 1-qism Transport vositasini boshqarish paytida transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o’rnatilgan monitordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida 130240 so’m
128-2-modda 2-qism Transport vositasi salonining old qismiga o’zboshimchalik bilan monitor (displey) o’rnatish eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida 260480 so’m
128-2-modda 3-qism Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etish 390720 - 651200 so’m
128-3-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi
128-3-modda 1-qism Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda oshirib yuborishi eng kam ish haqining bir baravari miqdorida 130240 so’m
128-3-modda 2-qism Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida 651200 so’m
128-3-modda 3-qism Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yohud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi eng kam ish haqining yetti baravari miqdorida eng kam ish haqining o`n baravari miqdorida yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etish 911680, 1302400 so’m
128-3-modda 4-qism Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yohud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etish
128-4-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo’l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo’ysunmasdan o’tishi
128-4-modda 1-qism Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo’l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo’ysunmasdan o’tishi eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida 260480 so’m
128-4-modda 2-qism Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa eng kam ish haqining besh baravari miqdorida 651200 so’m
128-4-modda 3-qism Xuddi shunday huquqbuzarlik ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etish
128-5-modda. Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo’lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo’ljallangan tomoniga yoki bo’lagiga chiqishi
128-5-modda 1-qism Transport vositalari haydovchilarining to’sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o’tib ketishiga xalaqit berishi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida 651200 so’m
128-5-modda 2-qism Transport vositalari haydovchilarining yo’lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo’ljallangan tomoniga yoki bo’lagiga yo’l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo’lgan, ya’ni yo’l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo’nalishini keskin o’zgartirishga yoki o’z xavfsizligini yohud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o’zga choralarni ko’rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida 1302400 so’m
128-5-modda 3-qism Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etish 2604800 so’m
128-6-modda. Transport vositalari haydovchilarining to’xtash yoki to’xtab turish qoidalarini buzishi
128-6-modda 1-qism Transport vositalari haydovchilarining to’xtash yoki to’xtab turish qoidalarini buzishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida 390720 so’m
128-6-modda 2-qism Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish eng kam ish haqining besh baravari miqdorida 651200 so’m
128-6-modda 3-qism Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida 1302400 so’m
128-6-modda 4-qism Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish eng kam ish haqining o’n besh baravari 1953600 so’m
129-modda. Transport vositalari haydovchilarining yo’l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo’lib harakat qilishda qatnashishi
129-modda 1-qism Motosikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yo’llarda yo’l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo’lib harakat qilishda qatnashishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida 390720 so’m
129-modda 2-qism Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa eng kam ish haqining besh baravari miqdorida yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etish 651200 so’m
130-modda. Transport vositalari haydovchilarining temir yo’lning o’tish joylaridan o’tish qoidalarini buzishi
130-modda 1-qism Transport vositalari haydovchilarining temir yo’lning o’tish joylaridan o’tish qoidalarini buzishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida 390720 so’m
130-modda 2-qism Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa eng kam ish haqining besh baravari miqdorida yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etish 651200 so’m
131-modda. Transport vositalarini mast holda boshqarish
131-modda 1-qism Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o’zgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etish
131-modda 2-qism Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo’lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo’lsa eng kam ish haqining o’ttiz baravari miqdorida yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish 3907200 so’m
131-modda 3-qism Alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o’zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdorida yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etish 1953600 so’m
133-modda. Transport vositalari haydovchilarining yo’l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi
133-modda Transport vositalari haydovchilarining yo’l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etish 390720651200 so’m
134-modda. Haydovchilarning yo’l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi
134-modda Transport vositalari haydovchilarining yo’l harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yo’l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda yoki transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum etish 130240 - 260480 so’m
135-modda. Yo’l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo’lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi
135-modda 1-qism Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini ro’yxatdan o’tkazganlik haqidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo’qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta polisi (ushbu Kodeks 1351-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo’l varaqasi yonida bo’lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga o’tkazish va ijaraga berish shartnomalarini belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazmasdan (hisobga qo’ymasdan) transport vositalarini boshqarishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida 65120 so’m
135-modda 2-qism Transport vositalarini boshqarish huquqi bo’lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, xuddi shuningdek boshqarish huquqi bo’lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida 390720 so’m
135-modda 3-qism Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida 651200 so’m
1351-modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish
135-1-modda 1-qism Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi shuningdek faqat mazkur sug’urta polislarida ko’rsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi to’g’risida mazkur sug’urta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida 130240 so’m
135-1-modda 2-qism Fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha qonunda belgilangan majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilmasligi, xuddi shuningdek, agar bunday majburiy sug’urta qilinmaganligi oldindan ayon bo’lsa, transport vositalarini boshqarish Fuqarolarga - eng kam ish haqining bir baravari


mansabdor shaxslarga — eng kam ish haqining uch baravari miqdorida
130240 so’m

390720 so’m
136-modda. Transport vositalari haydovchilarining va yo’l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o’tishdan bo’yin tovlashi
136-modda 1-qism Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o’zgacha tarzda mastligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan o’tishdan bo’yin tovlashi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etish
136-modda 2-qism Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo’lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo’lsa eng kam ish haqining o’ttiz baravari miqdorida yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish 3907200 so’m
136-modda 3-qism Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida 390720 so’m
137-modda. Yo’l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish
137-modda Yo’l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi eng kam ish haqining o’ttiz baravari miqdorida yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yohud o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish 3907200 so’m
138-modda. Piyodalar va yo’l harakati boshqa ishtirokchilarining yo’l harakati qoidalarini buzishi
138-modda 1-qism Piyodalarning yo’l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo’ysunmasligi, ularning yo’lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o’tishi, shuningdek moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yo’ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yo’l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo’ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko’rsatma beruvchi yo’l belgilari talablariga rioya etmasligi eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida 43413,3 so’m
138-modda 2-qism Haydovchilarga har xil xizmat ko’rsatish maqsadida yo’lning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yo’llarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida 65120 so’m
138-modda 3-qism Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko’rsatilgan shaxslarning yo’l harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa eng kam ish haqining bir baravari miqdorida 130240 so’m
138-modda 4-qism Moped, velosiped haydovchining, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxsning alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o’zgacha tarzda mast bo’lgan holda yo’l harakati qoidalarini buzishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida 390720 so’m
139-modda. Nosoz transport vositalarini yo’lga chiqarish va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish
139-modda 1-qism Belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilmagan yoki majburiy texnik ko’rikdan o’tkazilmagan transport vositalarini yo’lga chiqarish mas’ul bo’lgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravari miqdorida 390720 so’m
139-modda 2-qism Nosozligi bo’lgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yo’lga chiqarish mas’ul bo’lgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravari miqdorida 651200 so’m
140-modda. Mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo’lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo’l qo’yish
140-modda Alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o’zgacha tarzda mast bo’lgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo’lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo’l qo’yish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdorida 1953600 so’m
141-modda. Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanilsa
141-modda Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanilsa eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravari miqdorida 26480 - 651200 so’m
147-modda. Yo’llarga, yo’l inshootlariga, yo’l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish
147-modda 1-qism Yo’llarga, temir yo’ldan o’tish joylariga, yo’l harakatini tartibga solib turuvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yo’l harakatiga qasddan xalal berish, shu jumladan yo’l qoplamasini ifloslantirish yo’li bilan xalal berish eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida 1302400 so’m
147-modda 2-qism Yo’l belgilarini o’rnatish, yo’llarni, temir yo’ldan o’tish joylari va boshqa yo’l inshootlarini harakat uchun xavfsiz holda saqlash qoidalarini buzish yoki yo’lning ayrim qismlaridan foydalanish harakat xavfsizligiga tahdid etadigan paytda ularda harakatni o’z vaqtida taqiqlash yoki cheklash choralarini ko’rmaslik mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdorida 1953600 so’m
194-modda. Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik
194-modda 1-qism Militsiya xodimining huquqbuzarlikni to’xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, militsiyaga borish yoki ko’rsatilgan muddatda militsiyada bo’lishdan iborat qonuniy talablarini bajarmay militsiyaga kelmaslik, transport vositasini to’xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko’rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yohud militsiya xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo’ysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda 65120 - 260480 so’m
194-modda 2-qism Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olish 260480 - 390720 so’m
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa