1. Ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) avtorizatsiyadan o‘tadi (yoki ro‘yxatdan o‘tadi) va elektron ariza yuboradi.
2. Arizada transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ekologik stikerni pochta orqali yetkazib berish manzili ko‘rsatiladi.
3. Tizim tomonidan pochta xarajatlari uchun to‘lov invoysi shakllantiriladi.
4. Ariza beruvchi pochta xizmatlari uchun belgilangan to‘lovni elektron shaklda amalga oshiradi.
5. Vakolatli organ transport vositasi ma’lumotlarini axborot tizimlari orqali tekshiradi va ekologik toifani avtomatik aniqlaydi.
6. Ekologik stiker rasmiylashtiriladi, chop etiladi va pochta orqali ariza beruvchiga yuboriladi.