Inspeksiya ruxsatnoma va shartnoma rasmiylashtirilgan kuni, uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda) YaIDXP orqali yuboradi. Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma va shartnoma kelib tushgandan so‘ng bir soat mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqda ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Bunda, Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchiga o‘zi kelib murojaat qilganda uning so‘roviga asosan ruxsatnoma va shartnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida ularga o‘zining muhrini bosib, berishi shart