Ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza, unda umumiy ovqatlanish korxonasining tashkiliy-huquqiy shakli va nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bankning nomi va bankdagi hisob-kitob raqami ko‘rsatiladi;
ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza berish vaqtiga kelib shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 100 baravari miqdorida hamda qishloq joylarda va uzoq tog‘li tumanlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
arizada ko‘rsatilgan muddatga muvofiq ruxsat guvohnomasi berilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.