Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olish uchun ariza berish
Xizmat narxi
Bepul
Natijani olish usullari
Elektron shaklda
Xizmatning sohaga tegishliligi
Ijtimoiy himoya
Xizmat ko‘rsatishning huquqiy asosi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 23 maydagi 327-son qarori
Huquqiy yangiliklarga obuna bo‘lish
Xizmat ko‘rsatish muddati
So’rovnoma olinganidan so’ng 5 daqiqa ichida
Xizmat ko'rsatish natijasi
Nafaqani to‘lash pensiya tayinlash to‘g‘risida murojaat qilgan ariza beruvchi yashaydigan joydagi nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot orqali Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar
Onlayn ariza
Xizmat foydalanuvchilari
Jismoniy shaxslar
Rad etish sabablari
So`rovnomada noto`g`ri ma`lumotlarni ko`rsatish;
So`rovnomani tasdiqlashni rad etish;
Shaxs vafot etgandan boshlab 60 kundan keyin murojaat qilish
Aloqa
71 202-11-40
Tashkilot
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi
Shikoyat arizasi berish tartibi
Ariza beruvchi davlat xizmatlarini ko'rsatishga mas'ul bo'lgan mansabdor shaxsning xatti-harakati yoki harakatsizligi ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Bu qanday ishlaydi?
1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs tomonidan ariza beriladi;
2. Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda murojaat qilingan kunda tayinlanadi.