1. Rejalashtirilayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud xodimlar (geologlar, konchilar, marksheyderlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mutaxassis (mutaxassislar) bo‘lmaganda esa — tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilot bilan shartnoma.
2. Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni ta’minlash uchun texnik, texnologik imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot.
3. Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armaga qoplab berilganligini tasdiqlovchi to‘lov.