Mazkur xizmat pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qabul qiluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari taqdim etish imkonini beradi.
Xizmat narxi
Xizmatdan foydalanish bepul
Xizmatning sohaga tegishliligi
Bojxona
Xizmat ko‘rsatishning huquqiy asosi
1. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi; 2. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazorati qoidalari.(2000 yil 11 fevralda 896-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan)
Xizmat ko‘rsatish muddati
Ma’lumot jo‘natilganidan keyin foydalanuvchi 15 daqiqa ichida identifikatsion kodni (tizim tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan) onlayn rejimida oladi.
Xizmat ko'rsatish natijasi
Elektron tasdiqlangan (tizim tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan) identifikatsion kodni onlayn rejimida olish
Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar
Talab etilmaydi
Xizmat foydalanuvchilari
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari
Rad etish sabablari
CN22,CN23 bojxona deklaratsiyasining identifikatsion raqami (bojxona posti kodi, blank sanasi va deklaratsiya raqami) xato kiritilgan bo‘lsa yoki shu deklaratsiya identifikatsion raqami ostida oldin ham ma’lumot jo‘natilgan bo‘lsa.
Aloqa
Manzil: 100003, Toshkent shahri, I.Karimov ko‘chasi, 3.