image

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun elektron ariza yuborish mumkinmi?

10.08.2021

Bu — hozirgi kunda eng ko‘p berilayotgan savollardan biri. Chunki yana besh oydan so‘ng eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yaroqsiz bo‘lib qoladi. 

Uni tezroq yangisiga almashtirish lozim. Savolga javob — albatta, mumkin!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi turdagisiga almashtirish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, yangi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovni elektron tarzda amalga oshirsa bo‘ladi. Yagona portal orqali ariza yuborgach, davlat xizmatlari markazlarida ishingiz juda tez bitadi.

O‘zingiz bilan quyidagi hujjatlarni olishni unutmang: Fuqarolik pasporti; Eski haydovchilik guvohnomasi va talon; Yangi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov qog‘ozi.

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024