image

O‘zbek tilim, boyligim, iftixorimsan!..

21.10.2021

O‘zbek tilim, boyligim, iftixorimsan!..

1989 yil 21 oktyabr… 

Qalblarni to‘lqinlantirgan mustaqillikning ilk nasimlarini olib kelgan qutlug‘ kun... Ona tilimiz sha’ni va qadr-qimmatini yuksaklarga ko‘tarishga tashlangan mardona qadam... 

Mana 32 yildirki o‘ziga bek tilsan. O‘zbek tilimiz, boyligimiz, iftixorimizsan!.. 

Barcha millat vakillari ahil va inoqlikda yashayotgan jonajon O‘zbekistonimizda tillarning erkin qo‘llanilishiga monelik qilinmaydi. 

Shuning sharofati ila bugun dunyoning istalgan davlatida o‘zbek tilini o‘rganayotgan, shu tilda kuylayotgan, uning tarixiga qiziqqan minglab xorijliklarni ko‘rmoqdamiz. 

Ha, sen asrlar silsilasi, davr talotumlaridan, turli zug‘um va kamsitishlardan o‘z jilosini yo‘qotmay, yanada boyib, sayqallanib, ko‘zlarimizni quvontirayotgan ona tilimiz – O‘zbek tilimizsan! Sen mangu va barhayotsan!

Senga munosib vorislarga, butun O‘zbekiston farzandlariga 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!!!

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024