image

Endilikda sug‘urta shartnomasi internet orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin

24.11.2021

Endilikda sug‘urta shartnomasi internet orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–730-son, 23.11.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Ushbu Qonunda sug‘urta tavakkalchiligi, sug‘urta tarifi, franshiza, transchegaraviy sug‘urta va boshqa shu kabi asosiy tushunchalarga taʼriflar berildi.

Qonunga ko‘ra, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta syuveyerlari, assistans)ning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yildi.

Qonun bilan sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida elektron shakldagi axborot almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi.

Unga ko‘ra, endilikda sug‘urta shartnomasi internet orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024