icon

Haydovchilik guvohnomasini yangilash

Jismoniy shaxslarga ko'rsatiladi Yarimavtomatik

1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ariza yuboradi;

2. Ariza shakllantirish jarayonida foydalanuvchining ID karta yoki biometrik pasportidagi rasmdan foydalanishga rozilik bildiradi, rasmdan foydalanishdan rad etgan taqdirda yangi rasmga tushish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyuradi;

3. Kompyuter yoki mobil telefon yordamida shakllangan yangi haydovchilik guvohnomasiga imzo chekadi;

4. To‘lovlarni amalga oshiradi va arizada belgilangan davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuradi yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga pochta xizmati orqali 2 ish kunida  haydovchilik guvohnomasini arizachi bergan manziliga yetkazib beriladi.

+998 (71) 254-22-31

Yangi haydovchilik guvohnomasini olish uchun ariza beruvchi fuqarolik pasporti yoki ID kartani taqdim etadi. 

Bunda eski haydovchilik guvohnomasi va taloni davlat xizmati markazi xodimi yoki pochta kur’eriga topshirilishi shart.

Arizachi DXMga tashrif buyursa - 1 ish kuni,

Pochta orqali yetkazib berish - 2 ish kuni. 

  • Yig'im

  • Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 238000 so'm (0.7 BHM)

Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 2646 odam

Umumiy statistika

Yangilari 1218
Jarayonda 3554
Tugallanganlar 78842
Rad etilganlar 9715
To‘lov jarayonida 37986
Bekor qilingan 7094
Barcha 138409