image

Yagona portalda yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi

20.01.2022

“Yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (28-son, 18.01.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

  • Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyati tugatiladi;
  • 2022-yil 1-martdan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarishyoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi;
  • bu bo‘yicha murojaatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda o‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarni topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma berilganligi uchun BHMning 5 foizi (13 500 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

YIDXP orqali murojaat etilganda miqdor 10 800 so‘mni tashkil etadi.

Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan berilganda, to‘lov BHMning 2 foizi (5 400 so‘m) miqdorida undiriladi.

2022-yil 1-martgacha yo‘qolgan ashyolarni qidirish, topilmalar haqida ma’lumot olish imkoniyatini nazarda tutuvchi “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi joriy etiladi.

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting