Ustozlarga ehtirom!
Bugun siz jasorat va jur’at timsolisiz!
Abdulla Avloniy “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liq” deganda ustozlar zimmasida juda buyuk mas’uliyat turganini nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas.
Darhaqiqat, kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama yetuk va barkamol, ma’nan va axloqan pok, vatanparvar va insonparvar avlodlarni tarbiyalab yetkazish uchun ulkan jasorat va jur’at kerak. Ayniqsa, bugun ustozlarga talablar yanada oshgan pallada.
Chunki ular oldiga ta’lim tizimimizni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, o‘quvchilarga zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdek ulkan vazifalar ham qo‘yilgan.
Hurmatli O‘qituvchi va Murabbiylar!
Sizdek tabarruk va mo‘’tabar insonlar oldida hamisha ta’zimdamiz!
Sharafli va zahmatli kasbiy faoliyatingizda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi
Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?