“Call-center” xizmati

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushgan vaqtdan e'tiboran Yagona portalning ko'p kanalli “Call-center” xizmati ishga tushirilgan. Mazkur “Call-center” xizmatining o'ziga xos jihati shundan iboratki, murojaat etuvchi Respublikaning qaysi hududida bo'lishidan qat'iy nazar, unga xizmat ko'rsatish imkoni mavjud. Shuningdek, mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida qo'ng'iroqlarni tezkor qabul qilish hamda ularni operatorlar o'rtasida taqsimlanishi yo'lga qo'yilgan.


O'zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan bepul (0 800) 200-18-18 yoki «1060» qisqa raqamlariga qo'ng'iroqni amalga oshirgan holda, murojaat etuvchilar davlat xizmatlaridan qay usulda, qayerda va qaysi muddatlarda foydalanish, davlat tashkilotlariga qanday hujjatlar taqdim etish to’g’risida batafsil ko'rsatmalar olish bilan birga, davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish va davlat tashkilotlariga o'z murojaatlarini ham qoldirish imkoniga ega.


O'zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, og'zaki murojaatlar “Call-center” xizmatida rasmiy murojaat sifatida qabul qilinadi. Bunda fuqaro o'zi to'g'risidagi barcha ma'lumotlar (F.I.Sh., tug'ilgan yili, yashash manzili va telefon raqami)ni taqdim etgan holda o'z murojaatini (shu bilan birga ariza, taklif va shikoyatlarni ham) bayon etishi hamda qabul qilingan murojaat raqamini o'zi uchun qayd etmog'i lozim. Kelgusida mazkur murojaat raqami yordamida murojaatning joriy holati haqida ma'lumot olish imkoniga ega bo'ladi.


“Call-center” xizmati faoliyatining maqsadi - tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko'rsatilayotgan xizmatlar haqida ma'lumotlar taqdim etish hisoblanadi. “Call-center” xizmati xodimlarini muntazam ravishda joriy etilgan yangi xizmatlar, davlat xizmatlari faoliyatidagi o'zgartirish va qo'shimchalar, shuningdek, Yagona portal xizmatlari bo'yicha o'qitish ishlari yo'lga qo'yilgan. Yagona interaktiv davlat xizmatlari “Call-center” xizmatiga “1060” va (0 800) 200-18-18 raqamlari tunu kun (haftasiga yetti kun va kechayu kunduz) xizmat ko'rsatadi.


Agarda Sizni qiziqtirgan savollar bo'lsa yoki davlat tashkilotlariga murojaat etmoqchi bo'lsangiz, bizning “Call-center” xizmatiga murojaat qiling!

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa