O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
Manzil:


100029, Toshkent shahri, Islom Karimov ko’chasi, 1

Telefon: +99871 238-91-00
Veb sayt: www.invest.gov.uz
E-mail info@invest.gov.uz
Hudud Manzil Telefon E-mail
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg`ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri
Funksiyalar Vazifalar


O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) yagona davlat investisiya siyosati shakllantirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirish, shuningdek chet el investisiyalarini jalb qilishga mas’ul vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.



Qo‘mita o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Qo‘mita o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari, chet el hukumat moliya tashkilotlari va chet ellik investorlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy tusga ega qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik va idoraviy bo‘ysunishi shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.

Qo‘mitaning markaziy apparati, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, bank hisob raqamiga (jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamga) ega bo‘ladi.


Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:



yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va yuritish, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat mintaqalariga investitsiyalar hajmini kengaytirishni rag‘batlantirishga qaratilgan chet el investitsiyalarini jalb qilish, respublikadagi investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash ishlarini muvofiqlashtirish;

chet el investitsiyalarini jalb qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasining yillik Investitsiya dasturlarini va mintaqaviy investitsiya dasturlarini, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi loyihalar bo‘yicha shakllantirishda qatnashish, kelishish va monitoringini amalga oshirish, chet el investitsiyalari, kreditlar va moliyaviy-texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilish uchun investitsiyaviy takliflar yagona bazasini yuritish;

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy banklar, fondlar, agentliklar, kompaniyalar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli asosda investitsiyaviy hamkorligi yo‘nalishlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

chet el investitsiyalarini jalb qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash va amalga tatbiq etishda, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari bilan investitsiyaviy hamkorlikni amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasining chet mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlar moliya institutlari, yetakchi xorijiy kompaniyalar va bank tuzilmalari bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarini tayyorlashda, kelishishda va imzolashda ishtirok etish;

tarmoq investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlari, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari bilan uyg‘unlikda chet el, birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni, moliyaviy-texnik ko‘mak vositalarini jalb qilish;

investitsiya loyihalari bajarilishining borishi ustidan tizimli monitoring olib borish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatining, shuningdek investor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishining tahlilini o‘tkazish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar qabul qilish asosida mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan chet el investitsiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

xalqaro va xorijiy hukumatlar moliya institutlaridan jalb qilinayotgan kredit resurslari va texnik ko‘maklashish vositalari (grantlar), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasida va chet ellarda xorijiy investorlarga mamlakatning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida keng axborot berish maqsadida xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlari o‘tkazilishini tashkil etish;

tegishli iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida texnologik jihozlar, butlovchi buyumlar va materiallar xaridi bo‘yicha tender (tanlov) savdolarida qatnashish va savdolar natijalari bo‘yicha g‘oliblarni belgilash, tender hujjatlari ekspertizasi va tender takliflarini baholashni ishlab chiqish va o‘tkazishda qatnashish; samaradorligi, sifati va ishlab chiqariladigan mahsulotning raqobatbardoshligi, energiya va resurs tejamkorligi, ekologik standartlar, taklif etilgan narxlarning jahondagi o‘rtacha narxlarga muvofiqligi va bozorda yuzaga kelgan kon’yunktura, shuningdek taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiq loyihalarning «kaliti bilan» topshirish qiymati bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or texnologiyalar va jihozlar jahon bozorining chuqur tahlilidan kelib chiqib, zarur hollarda, o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalarini rad etish, shuningdek tender natijalari asosida tuzilgan import kontraktlarining amal qilishini bekor qilish;

investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida xarid qilinayotgan jihozlar, texnika va texnologiyalar, butlovchi buyumlar narx parametrlari, shuningdek loyihalarni «kaliti bilan» topshirish qiymati parametrlari borasida import kontraktlarni tizimli asosda izchil ekspertizadan o‘tkazish;

respublika loyiha institutlari va tashkilotlari faoliyatini investitsiyaviy, avvalo chet el investitsiyasi ishtirokidagi loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida muvofiqlashtirish.

F.I.Sh. Lavozim Hafta kunlari Vaqt

Axmedxadjayev Azim Israilovich

Qo'mita raisi Juma

10.00-12.00

Kudratov Laziz Shavkatovich

Raisning birinchi o'rinbosari

Seshanba, Payshanba

10.00-12.00

Burnashev Shamil Rinatovich

Rais o'rinbosari

Dushanba, Chorshanba

10.00-12.00

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa