PROFILAKTIKA! 21 dan 23 martgacha Yagona portal ish faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
Ko‘p beriladigan savollar
Ko'p beriladigan savollar

YIDXP – bu butunjahon internet tarmog‘ida foydalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari (keyingi o‘rinda – davlat tashkilotlari) tomonidan  ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz).

YIDXP foydalanuvchilar va davlat tashkilotlari o‘rtasida davlat xizmatlari sohasida munosabatlarni masofaviy tashkillashtirilishiga hamda ko‘rsatiladigan xizmatlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun siz foydalanuvchi shartnomasi bilan tanishib chiqishingiz va unga rozilik bildirishingiz lozim. Kelishuvni tasdiqlagach, "Ro‘yxatdan o‘tish" tugmasini bosing. Bo‘sh maydonlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti (ID karta), JSHSHIR yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi raqamini kiriting. Shuningdek, telefon raqamingizni biriktirib qo‘ying. Keyingi bosqichda qulay login va parol yarating va ro‘yxatdan o‘tishni yakunlang.

 Jismoniy shaxsni OneID tizimida ro'yxatdan o'tishi bo'yicha batafsil qo'llanma

OneID tizimida shaxsiy sahifangizda “Tasdiqlash” bo‘limiga shaxsiy ERI kalit biriktirilgan bo‘lishi lozim. Shundan keyin avtorizatsiyadan o‘tish jarayonida “ERI orqali” tugmasi orqali kirish mumkin.

my.gov.uz sayti shaxsiy kabinetga OneID tizimidagi login va parol orqali kirish mumkin.

JSHSHIR, yaʼni jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsion raqami — bu har bir fuqaroga pasport olayotganida, endilikda esa tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma bilan birgalikda beriladigan unikal raqamlar to‘plami.

Aynan JSHSHIR avtomatlashtirilgan tizim fuqaro kimligini aniqlashi,
u haqida zarur bo‘lgan elektron maʼlumotlarni olishga ko‘maklashuvchi maxsus kod vazifasini bajaradi.