Ko‘p beriladigan savollar

Bojxona

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qaroriga asosan talablari mavjud, bu turdagi bojxona ombori — ochiq turdagi bojxona ombori deb nomlanadi.

Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlari kengaytiriladi hamda qatʼiy belgilangan bojxona yigʻimlari stavkalari belgilanadi;

ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim turdagi bojxona yigʻimlari bekor qilinib, xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;

tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimi stavkalari pasaytiriladi;

bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga moliyaviy chora sifatida bojxona yigʻimi joriy etiladi.

2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, extiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.

“Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–443-son, 19.12.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlar hamda ichki yonuv dvigateli va tashqi elektr manbai orqali zaryadlanuvchi elektr motori yordamida harakatlanuvchi transportlarni sanoat usulida ishlab chiqarishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi joriy etiladi.

2030-yil 1-yanvargacha:

 respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar utilizatsiya yigʻimidan ozod etiladi;

 xorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari, xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik jihozlarni, shu jumladan servis xizmati koʻrsatish uchun ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.

Respublikada ishlab chiqarilgan va ichki bozorda sotilgan, elektromobil va gibrid avtomobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan BHMning 1200 baravaridan oshmaydigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kredit muddatining dastlabki 36 oyi davomida kompensatsiya toʻlanadi.

Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlarini koʻrsatuvchilar 2030-yil 1-yanvargacha litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.

2023-yil 31-yanvargacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshida Elektromobillar va ularning infratuzilmasi boʻyicha ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qaroriga asosan talablari mavjud, bu turdagi bojxona ombori — ¬ ochiq turdagi bojxona ombori deb nomlanadi.

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. Shu jumladan litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

Bojxona ombori — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olgan hamda tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin.

Talabgorning so‘rovnomani barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda kelib tushgan kundan boshlab, 20 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;

maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan va yotoqxonalarda yashovchi o‘quvchilari.

Dehqon xo‘jaliklarini, davlat korxonalari negizida tuzilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

1) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

2) IV reyting guruhiga kiritilgan, ta’lim muassasalarida o‘qiydigan va konsert-tomosha faoliyatida ishtirok etish huquqini birinchi marta olayotgan ijrochilar mazkur ta’lim muassasasida o‘qish muddati davomida, lekin konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini olgan sanadan bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda davlat bojini to‘lamaydi (tegishli tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda).

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojini to‘lovchi pensionerlar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun belgilangan miqdorning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.

Davlat notarial idorasining xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish istagini bildirgan notariusi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga doir litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Litsenziat tovarlarini saqlashga mo‘ljallangan bojxona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojxona omboriga litsenziat tovarlaridan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari ham joylashtirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.12.2020 yildagi 800-son qaroriga asosan ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilishligi mumkin.