Ko‘p beriladigan savollar
Soliq

•         To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etiladi.

Belgilangan soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar miqdoriga qarab beriladi:

•         300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;

•         3 million AQSH dollaridan ortiq va 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;

•         10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tatbiq etilmaydi. Bu cheklov turizm va chiqindilar bilan bog‘liq sohasida korxonalarga taalluqli emas.

Korxona tashkil etilgandan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan) keyin yoki kiritilgan xorijiy investitsiyalar summasini oshirganda soliq imtiyozlarini qo‘llash bo‘yicha shartli misollar bilan bu yerda tanishing.

Normativ hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3594-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”

2018-yil 13-oktyabrdagi 823-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3984545#3997238) davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3730168) ERI olish uchun ariza berilgan kunning o‘zida xizmat ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3730168) ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Ko‘chmas mulk ijara (tekin foydalanganlik to‘g‘risidagi) shartnomalarini Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma shakli, har ikkala tomon tasdiqlagandan keyin shakllanadi.

Guvohnomada maxsus QR-kod mavjud bo‘lib, ushbu kodni mobil ilova orqali skanerlash orqali ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida batafsil maʼlumot olish mumkin. Shuningdek, guvohnomada QR-kod mavjudligi uning haqiqiyligini bildiradi.

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

1. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslar davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali ushbu Reglamentga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq so‘rovnomani to‘ldirib elektron tarzda yuboradi.

So‘rovnoma beruvchi mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki vakolatli organga tashrif buyurgan holda murojaat qilishi mumkin.

2. So‘rovnoma beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organning xodimi so‘rovnoma beruvchi nomidan so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

3. Xizmatlardan mustaqil tarzda foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar internet tarmog‘i orqali Davlat soliq qo‘mitasining www.my.soliq.uz rasmiy saytiga yoki YIDXPga tegishli foydalanuvchining STIR yoki JShShIR raqami va parolini kiritib, tasdiqlangan shakldagi so‘rovnomani to‘ldirishlari lozim.

Bunda, www.my.soliq.uz saytida STIR yoki JShShIR maʼlumotini kiritish orqali murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxsning Davlat soliq qo‘mitasining yagona maʼlumotlar bazasidan ushbu STIR yoki JShShIRga taalluqli bo‘lgan maʼlumotlar (yuridik shaxsning nomi, yuridik manzili, ro‘yxatga qo‘yish maʼlumotlari, jismoniy shaxsning F.I.O., yashash manzili va pasport maʼlumotlari) avtomatik tarzda shakllantiriladi.

4. Doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlash uchun ariza bilan quyidagi hujjatlarni taqdim yetish talab etiladi:

a) haqiqatda boshqaruv amalga oshiriladigan hudud O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan chet el yuridik shaxslari — O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy boshqaruv amalga oshiriladigan joy mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;

b) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar:

chet el pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining nusxasi;

O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma (mavjud bo‘lsa);

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini tasdiqlovchi hujjat (viza yoki boshqa hujjatlar).

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun doimiy yashash (rezidentlik) faktini tasdiqlash quyidagi O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish vaqtini hisoblash jadvali asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan vaqti

 

O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqqan vaqti

 

O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan kunlar soni

 

So‘rovnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganida uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, so‘rovnoma beruvchining imzosi bilan tasdiqlangandan so‘ng pasport nusxasi ilova qilinib, davlat xizmatlari markazi xodimining ERI bilan tasdiqlangan holda o‘n daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kunida

Xizmat narxi: Bepul

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti

Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348 sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Elektron raqamli imzo kalit egasi shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan birga USB-flesh xotira taqdim etishi lozim.

Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar:

Shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani nusxasi (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat);

Elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatni berish uchun imzolangan ariza.

Yuridik shaxslar:

  • Yuridik shaxsni vakili – elektron raqamli imzo kalit egasining shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani nusxasi (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat);

Elektron raqamli imzo kalitning egasi - yuridik shaxsning vakiliga buyruqning tasdiqlangan nusxasi yoki ishonchnoma (bunda, murojaat etuvchi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘lsa, elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini boshqarish uchun yuridik shaxsning xati (ishonchnoma) talab etilmaydi).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF-6191-sonli Farmoni bilan 2021-yilning 1-iyulidan boshlab soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berish bekor qilindi.

Hozirda soliq organlarida soliq to‘lovchilar hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3730168) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ERI kalitlarining sertifikatlarini olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga bevosita yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) yoki rasmiy axborot resursi orqali elektron tarzda murojaat qiladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3730168) murojaat etuvchi ERI kalitining sertifikatini olish uchun yig‘im to‘laydi. ERI kalitining sertifikatini olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu Maʼmuriy reglamentning 5-bandida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchilariga ERI kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytariladi.

Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi naqd pul yoki bank kartalari, shu jumladan, korporativ kartalar orqali chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida qaytariladi.

Naqd pul yoki bank kartalari, shu jumladan, korporativ kartalar orqali sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi jismoniy shaxsning bank kartasiga O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida qaytariladi.

Ushbu Nizom qoidalari O‘zbekiston Respublikasi va chet davlatlar fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.2022 yildagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 255-sonli qarori.

Jismoniy shaxslar tomonidan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheki soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash yoki fiskal belgisini kiritish, shuningdek, soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingan elektron tijorat platformalari — Marketpleyslar orqali mobil telefon raqamini ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi.

Korporativ karta orqali tovarlar (xizmatlar) sotib olingan hollarda, soliq organlarining maxsus mobil ilovasida onlayn nazorat-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazganda jismoniy shaxslarning bank kartasi raqami ko‘rsatiladi.

Nizomda nazarda tutilgan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olish maqsadida soliq organlarining maxsus mobil ilovasida identifikatsiya va ro‘yxatdan o‘tish soliq organlarining maxsus dasturida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslarning mobil telefon raqamiga kelib tushgan havola bo‘yicha ro‘yxatga olish kodini kiritish orqali amalga oshiriladi.

Soliq organlari chekni ro‘yxatdan o‘tkazayotgan shaxsni aniqlash maqsadida, u tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olish uchun maxsus mobil ilova orqali onlayn nazorat-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamini ko‘rsatishni talab qilishi mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.2022 yildagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 255-sonli qarori.

Tovarlar (xizmatlar) sotuvchisi tomonidan soliq organlariga soliq hisobotlari taqdim etilmaganda va (yoki) 1 million so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi mavjud bo‘lganda;

aholi bilan hisob-kitoblar to‘g‘risida onlayn rejimda kelib tushadigan ma’lumotlar va soliq organlarida mavjud bo‘lgan boshqa ma’lumotlar asosida tovarlarni sotish va sotib olishda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olishga qaratilgan huquqbuzarlik belgilari aniqlanganda;

onlayn nazorat-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsning shubhali xaridorlar reyestriga kiritilganligi;

sotib olingan tovarlar nomenklaturasida bo‘lmagan tovarlar bilan savdo qilinganda yoki sotilgan tovarlar soni sotib olingan tovarlar sonidan ko‘p bo‘lganda;

onlayn nazorat-kassa texnikalari cheklarida identifikatsiya kodlari va shtrix-kodlari noto‘g‘ri aks ettirilishi aniqlanganda yoki ularda soliq organlari ma’lumotlar bazasida yo‘q identifikatsiya kodlari va shtrix-kodlari bilan aks ettirilganda;

soliq organlarining axborot tizimlarida jismoniy shaxslar tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklarini ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yo‘qligi;

jismoniy shaxslar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan onlayn-nazorat kassa texnikalari cheklari bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan tushgan daromad summalarini sotuvchi tomonidan soliq hisobotida aks ettirilmasligi.

Davlat soliq qo‘mitasi onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risidagi tasdig‘ini so‘rab olishga, xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo‘lgan taqdirda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.2022 yildagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 255-sonli qarori.

Berilgan kundan boshlab o‘n kalendar kun o‘tgan cheklar;

avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarilgan cheklar;

avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari;

shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari;

jismoniy shaxslar tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) cheklari.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.2022 yildagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 255-sonli qarori.

Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarish huquqini olishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki sud qarori taqdim etilganda;

jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan kundan boshlab o‘n ikki kalendar oy o‘tganidan keyin.

Shubhali xaridorlarning reyestriga boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan onlayn nazorat-kassa texnikasi chekini uning ruxsatisiz olib qo‘yish va (yoki) huquqbuzarlik sodir etish, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olish huquqidan foydalanishini cheklashga olib keladigan boshqa holatlar orqali tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarish va (yoki) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytarish huquqini olgan jismoniy shaxslar ro‘yxati kiritiladi.

Shubhali xaridorlar reyestri O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.

Shubhali xaridorlar reyestriga jismoniy shaxslarni kiritish maxsus mobil ilova orqali o‘n besh yoki undan ortiq shaxslar tomonidan onlayn nazorat-kassa texnikasining chekini ularning ruxsatisiz olib qo‘yish va (yoki) huquqbuzarlik sodir etish orqali tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olish va (yoki) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytarib olish huquqini olganligi to‘g‘risida shikoyat qilingan taqdirda amalga oshiriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.2022 yildagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 255-sonli qarori.