Ko‘p beriladigan savollar
Mehnat munosabatlari
Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
a) So‘rovnoma;
- so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
- familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
- jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
- yashash manzili;
- elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
- ma’lumoti (oliy ta’lim muassasasi nomi, fakultet);
- tamomlagan yili, diplom raqami;
- diplom bo‘yicha mutaxassisligi;
- malaka oshirganlik haqida hujjat raqami va berilgan vaqti;
- davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka imtihonini topshirish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish).
b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (O‘zbekiston Respublikasida tan olingan) nusxasi;
- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi elektron shakldagi fotosurat;
- davomiyligi 72 akademik soatdan kam bo‘lmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirganlik haqida hujjat nusxasi (o‘quv tugagan sanadan boshlab malaka imtihonidan o‘tish uchun hujjatlarni topshirgunga qadar bo‘lgan sanagacha 1 yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa hujjat haqiqiy hisoblanadi).
Talabgorning oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan so‘rab olinadi.
Malaka sertifikatini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, malaka sertifikatining muddatini uzaytirganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
BHMning 4 baravaridan oshmagan miqdorda
Har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir.
Barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega.
Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi.
Quyidagilarga yoshi va sog‘lig‘ining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi:
- o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga — o‘ttiz kalendar kun;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga — o‘ttiz kalendar kun.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi yigirma yetti kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.
Xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi. Har yilgi mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi olti kunlik ish haftasi hisobidan kalendar bo‘yicha ish kunlarida hisoblab chiqariladi.
- Ko'p beriladigan savollar
- Tadbirkorlik
- Tibbiy xizmatlar
- Reproduktiv salomatlik
- Rasmiy tushuntirish
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Mehnat munosabatlari
- Transport
- Sug‘urta
- Yoshlar
- Ijtimoiy masalalar va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- Elektron ishtirok
- UZIMEI
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID