Ko‘p beriladigan savollar

Axborot va aloqa

Siz uyali aloqani yagona davlat xizmatlari portali orqali osongina va sodda tarzda ulashingiz mumkin.

Buning uchun hisob ma'lumotlaringizdan foydalanib, davlat xizmatlari portaliga kirishingiz kerak. 

Bo'limga o'ting, ma'lumot va aloqa, kerakli operatorni tanlang, masalan UZTELECOM, Ucell va boshqalar. Kerakli ma'lumotlarni to'ldirish va ulanish jarayonini yakunlash uchun ekrandagi ko'rsatmalarga amal qiling. Bu juda qulay va vaqtingizni tejaydi.

UZTELECOM, Turon telecom, Comnet va boshqa operatorlarning “tarmoqqa ulanish” xizmati fuqarolarga o‘z uylarida yuqori tezlikdagi internetni osongina va qulay ulash imkoniyatini beradi. Ushbu xizmat yordamida siz o‘zingizning ehtiyojlaringizga mos keladigan to‘g‘ri Internet-provayder va tarif rejasini tanlashingiz mumkin.

“One Million Uzbek Coders” platformasida kurslarni tugatganlik to‘g‘risida sertifikat oling, kurslarni ko‘pi bilan ikki oy oldin tamomlagan bolishingiz kerak. Kursni tugatish to‘g‘risidagi guvohnoma foizsiz kredit olish uchun birinchi va asosiy qadamdir. Ushbu platformadagi kurslarni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, siz bitta Portal orqali kredit olish uchun ariza topshirishingiz va kreditni tasdiqlash va uni olish uchun bankni tanlash uchun belgilangan amallarni bajarishingiz mumkin.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2 423 tani tashkil etgan.

Bu 2018 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga ko‘paygan.

So‘nggi besh yillikda ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

— 2018 yilda – 1 160 ta

— 2019 yilda – 1 560 ta

— 2020 yilda – 1 740 ta

— 2021 yilda – 2 382 ta

— 2022 yilda – 2 423 ta

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktyabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, asosan ushbu davlat xizmati jismoniy shaxslarga koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktyabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, roʻyxatdan chiqqanligi, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlar taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 704–son qarori (https://lex.uz/docs/5090362) bilan tasdiqlangan Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti bilan tartibga solinadi.

Maʼmuriy reglamentning 6–bandiga koʻra, bola tugʻilgan joydagi tibbiyot muassasasi xodimi bola tugʻilganidan soʻng 1 kun ichida bola va ota–onasi haqidagi maʼlumotlarni “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” axborot almashinuvi tizimiga kiritadi.

Bunda, bolaning ota–onasiga tegishli maʼlumotlar ota–onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida kiritiladi.

Ota–onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmaganda bolaning tugʻilganligini qayd etish tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshiriladi.

Bola tugʻilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota–onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota–onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan keyin 300 kundan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan koʻchirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan koʻchirma (nusxa) yoki otasining oʻlimi haqidagi guvohnomasi taqdim etiladi.

Maʼlumotlar avtomatik ravishda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuboriladi va QR–kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan blankada maʼlumotnoma shakllantiriladi.

Foydalanish uchun ilova: (https://lex.uz/docs/5090362)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktyabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, roʻyxatdan chiqqanligi, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, shuningdeq, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlar taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktyabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari tomonidan koʻrsatiladi.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (647-son, 04.11.2022 y.) qabul qilindi

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarishni taʼminlovchi cns.davaktiv.uz portali ishga tushirilgan.

Kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlar tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar aasosida tanlab olinadi.

Qaror bilan Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha nomzodlarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom nomzodlarga qo‘yilgan talablar, saralash bosqichlari va tartibi, komissiya vazifalari, baholash tartibini belgilaydi.

2023-yil 1-yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlarining tarkibi, bo‘sh o‘rinlarga oid maʼlumotlar o‘zgarish bo‘lgan vaqtdan 2 ish kunida majburiy tartibda cns.davaktiv.uz maxsus portalga joylashtiriladi.

Maʼlumotlarni joylashtirmagan korxona ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashi aʼzolarini rag‘batlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.