Ko‘p beriladigan savollar
FHDY

Fuqarolik kodeksi 19-modda 3-qism. Fuqaro qonunda belgilangan tartibda oʻz ismini oʻzgartirishga haqli. Fuqaroning oʻz ismini oʻzgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi.

Oila kodeksi 226-modda. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi oʻn olti yoshga toʻlgandan keyin u yashab turgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʻmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 27-moddasi birinchi qismi 4-bandi notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni roʻyxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;). Toʻlov miqdori BHMning 1 baravari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 160-bandi: Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga toʻlgach turar joydagi FHDY organi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar 16 yoshga toʻlgan shaxs pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tugʻilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi.

Quyidagi holatlarda Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish mumkin:

 “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga binoan;

sudning hal qiluv qarori asosida;

agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz boʻlsa;

agar familiya va ism millatiga toʻgʻri kelmasa;

xohishga qarab nikohgacha boʻlgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;

oila uchun umumiy familiyada boʻlish istagi paydo boʻlganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan boʻlsa);

16 yoshga toʻlgan shaxsga otalikni belgilashda koʻrib chiqiladi.

Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

1. ariza beruvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi;

2. agar ariza beruvchi nikohda turgan boʻlsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan boʻlsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;

3. agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari boʻlsa, u holda bolalarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari;

4. ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan koʻchirma;

5. agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;

6. 1 dona (3x4 oʻlchamli) fotosurat.

Oʻzgartirishlar kiritilishi uchun zarur boʻlgan dalolatnoma yozuvlari yoʻqolgan taqdirda, familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish ushbu hujjatlar tiklangandan keyin amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrda 387-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari”ning  198-bandiga binoan, takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs dalolatnoma yozuvlarini qayd etgan FHDY organiga bevosita yoki oʻzi doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan joydagi FHDY organiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

• Nikoh nikohga kirmoqchi bo'lganlar ariza bergan kundan boshlab bir oy o'tgach, nikohga kirayotgan shaxslardan birining yashash joyidagi FHDYO organi tomonidan qayd etiladi.
• Maxsus holatlarda, istisno tariqasida (agar ota-onalar va turmush qurayotgan yoshlar o 'zbekiston Respublikasining turli mintaqalarida yoki undan tashqarida yashasa) turmush qurayotgan shaxslarning iltimosiga va ota yoki onaning yozma arizasiga ko' ra, nikoh ota-onaning yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDYO organida ro 'yxatdan o' tkazilishi mumkin.

Oila kodeksining 43-modda binoan Er-xotindan birining arizasi boʻyicha fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish

Agar er-xotindan biri:

sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;

sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa;

sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, oʻrtada voyaga etmagan bolalari borligidan qati nazar, er-xotindan birining arizasiga koʻra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi.

 Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʻlish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga taʼminot berish uchun mablagʻ toʻlash haqida nizo mavjud boʻlsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.

Oila kodeksi  151-moddasiga asosan Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik protsessual kodeksining 298-modda.

Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishni istovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlariga beradi.

OK 164-modda. Sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab oʻn kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganning tugʻilishi qayd etilgan daftarga zarur oʻzgartirishlar kiritishi lozim.

Farzandlikka oluvchilar bolaning tugʻilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida koʻrsatilgan boʻlsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak.

Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tugʻilgan sanasi ham bir yildan ortiq boʻlmagan farq bilan oʻzgartiriladi. Agar bola oʻn yoshdan oshmagan boʻlsa, tugʻilgan joyi ham Oʻzbekiston Respublikasi doirasida oʻzgartirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 63-bandi: Farzandlikka olish haqida oʻzgartirishlar kiritish sudning hal qiluv qarori asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organida, farzandlikka olingan bolaning tugʻilgan joyi oʻzgartirilganda esa — farzandlikka oluvchilar doimiy yashaydigan yoki vaqtincha turadigan joydagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga zarur oʻzgartirishlar FHDY organlari tomonidan, farzandlikka olish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida kiritiladi. FHDY organiga koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda sud qarorida ushbu qaror oʻz kuchini yoʻqotmaganligi haqida yozuv boʻlishi kerak.

Yuqoridagi qarorning 64-bandiga asosan farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan koʻchirma;

farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi;

farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

BHM 15 foizi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 01.07.2012-yildagi “Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yig‘imi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.

(FHDY) organlarining arxiv ma’lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilgan holatlarda.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 01.07.2012-yildagi “Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yig‘imi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 119-sonli qarori.

 Tug‘ilganlik hamda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlari tuziladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 387-son qarori.

- Loaqal bittasi qayd qilingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;

-  Nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;

- Loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi

Bir oy ichida almashtirishi zarur.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 387-son qarori.

Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi gerbli guvohnoma berish uchun asos bo‘ladi.

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma — bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.

Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — nikohdan o‘tgan shaxslarning
er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.

Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma — nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma — shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga:

sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan ko‘chirma;

farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;

farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;

agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;

agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari;

ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko‘chirma;

agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;

1 dona (3x4 o‘lchamli) fotosurat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

Bolaning tug‘ilganligini qayd etishda unga familiya ota-onasining kelishuviga ko‘ra ota yoki onaning familiyasi, shuningdek milliy an’analarga muvofiq ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha beriladi. Kelishuv bo‘lmagan taqdirda nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa — konsul tomonidan hal etiladi.

Bolaga ism ota-onaning roziligiga ko‘ra beriladi. Bolaga qo‘shaloq ism berishga yo‘l qo‘yiladi (Saidahmadxo‘ja, To‘xtamurodjon, Gulira’no, Mirzaolim, Mirzo Ulug‘bek, Roza-Mariya). Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga kelgusida uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bola ismiga doir kelishuv mavjud bo‘lmaganda paydo bo‘lgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

Bolaning ota ismi uning otasining ismiga ko‘ra beriladi. Otasi haqida ma’lumotlar tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi va guvohnomada yozuvlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zgartirishsiz yoziladi. Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida “Otasi” va “Onasi” ustunlarini ochiq qoldirish qat’iyan man etiladi.

FHDY organlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik xolatlari dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini kursatishdir. FHDY arxivlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chirma, nusxa va boshqa ma’lumotnomalar berish yo‘li bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatishdir.

fuqarolik xolati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritadi;

fuqarolik xolati dalolatnoma yozuvlarining xisobini yuritadi;

fuqarolik xolati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa

xujjatlarni saqlanishini taminlaydi;

fuqarolarga (o‘zlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha)

fuqarolik xolati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvoxnomalar, zarur xollarda takroriy guvoxnomalar va ma’lumotnomalar beradi;

Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollarda jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolik xolati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va xujjatlarni talab qilib olish;

Vazirlik va xududiy adliya organlariga FHDY soxasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan xolda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxatlariga muvofiq fuqarolarga pullik xizmatlar ko‘rsatish.

FHDY organlari qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xuquqlarga ham ega.

onaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, tug‘ilgan sanasi,millati, fuqaroligi, oilaviy axvoli, ma’tlumoti;

bolaning tug‘ilgan vaqti, sanasi va joyi, jinsi, vazni, bo‘yi;

xomiladorlik muddati, xisob bo‘yicha nechanchi xomiladorlik;

bolaning tirik tug‘ilganligi mezonlari (nafas olishi, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi);

tibbiy maʼlumotnomaning berilgan vaqti, tartib raqami va tibbiyot muassasasining nomi tug‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur.

Bola tug‘ilgandigi tug‘risidagi ma’tlumotnoma tibbiyot muassasasi mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va muxr bilan tasdiqlanadi.

Tibbiyot muassasasi (tug‘ruqxona, shifoxona tug‘ruq bo‘limi, oilaviy poliklinika) bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi barcha ma’lumotlarni elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankka kiritadi va avtomatik ravishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda — FHDY bo‘limi) “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.

tibbiyot muassasalari ona ro‘yxatda turgan poliklinikaga (ro‘yxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani ro‘yxatga qo‘yadi va ariza beruvchiga bola ro‘yxatga qo‘yilgan poliklinika haqida SMS-xabar yuboradi

farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS-xabar yuboradi;

har bir to‘lov oyi boshida o‘tgan oyda to‘langan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki) hisobvarag‘iga moliyalashtiradi;

farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli Xalq banki tomonidan to‘langandan, shu jumladan arizachining bank plastik kartasiga yo‘llangandan so‘ng, to‘lov amalga oshirilganligi haqida ariza beruvchiga SMS-xabar yuboradi;

Bir martalik nafaqa miqdoridan bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdoridagi davlat boji chegirib qolinadi.

voyaga yetmagan vafot etgan shaxsga nisbatan FHDY bo‘limida tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganda;

o‘lim holatini sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qaroriga asosan qayd qilishda;

o‘limi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaxslarning o‘limini qayd etishda;

shaxsi aniqlanmaganlarning o‘limini qayd etishda;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘limini qayd etishda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.