- Xodimlarga jarohatlanishi va kasalliklariga chalinishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash
- Ish qidiryapman, nima qilishim kerak?
- Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish
- Ishga kirish uchun qanday hujjat rasmiylashtiriladi?
- Ishsizlik nafaqasini qanday olish mumkin?
- Malaka oshirish va qayta tayyorlovdan o'tishda davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinmi?
- Kimlar ish qidirayotgan shaxs hisoblanadi?
- Haq to‘lanadigan jamoat ishlari nima?
- Autstaffing xizmati nima?
- Maqbul keladigan ish nima?
- Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish shartlari haqida ma’lumot bering.
- Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari haqida ma’lumot bering.
- Men oʻzimga tegishli korxonaga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilmoqchiman. Buning uchun menga imtiyoz bormi?
- Men davlat tashkilotiga ishga kirmoqchiman. Davlat xizmatiga kirishda hamma teng huquqlimi? Konstitutsiyada bu haqida nima deyilgan?
- Men yaqinda universitetni tugatdim. Endi ishga kirmoqchiman. Konstitutsiyada adolatli mehnat qilish kafolatlanganmi?
- Majburiy mehnat yuzasidan normalar Konstitutsiyada keltirilganmi?
- Ish joyimda ish beruvchi dam olishlarsiz ishlashga majburlaydi. Dam olish huquqi Konstitutsiyada mustahkamlanganmi?
- Menga mehnat shartnomasi qancha muddatga tuzilishi haqida maʼlumot bersangiz.
- Menga qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishi cheklanishi haqida maʼlumot bering.
- Ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish va toʻxtatib turish asoslari qanday?
- Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish shartlari qanday?
- Ish qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga olish tartibi qanday?
- Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moliyaviy koʻmak koʻrinishidagi subsidiyalar kislarga beriladi?
- Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarga nimalar kiradi?
- Mehnat daftarchasi kimdan olinadi va qanday yuritiladi?
- Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlariga nimalar kiradi?
- Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etishni rad qilish uchun asoslar?
- Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olish tartibi qanday?
- G'ayriqonuniy ishdan bo'shatilganda ishga tiklash uchun kimga murojaat qilish kerak?
- Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibi va beriladigan imtiyozlar qanday?
- Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ajratiladigan grantlar qatoriga nimalar kiradi?
- Voyaga etmagan shaxslarni ishga joylashish tartibi qanday?
- Ishsiz shaxslarning mahalliy mehnat organlari tomonidan hisobga olinish tartibi qanday?
- . Ishsiz shaxs deb eʼtirof etish rad qilingan shaxs yana qancha muddatdan soʻng qayta ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega?
- Davlatning ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanishiga oid kafolatlariga nimalar kiradi?
- Xorijda ishlamoqchiman, buning uchun nimalar qilishim kerak?
- Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarga nimalar kiradi?
Xodimlarga jarohatlanishi va kasalliklariga chalinishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari”ning (https://lex.uz/docs/492899#494218) 2 bandida ish beruvchi ish beruvchining hududida va uning tashqarisida, shuningdek ish beruvchi bergan transportda ishga kelish yoki ishdan ketish vaqtida xodimning sog‘ligiga mehnat jarohati bilan yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘lishi belgilangan.
Mazkur qoidaga ko‘ra Ish beruvchi, mehnat jarohati yoki boshqa mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ravishda xodim sog‘ligiga yetkazilgan zararni, agar u yetkazilgan zarar uchun o‘zining aybdor emasligini isbot qila olmasa, xodimga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
Zarar har oyda jabrlanuvchining kasbiy mehnat faoliyatini yo‘qotish darajasiga tegishli ravishda mehnat jarohati olgunga qadar uning o‘rtacha oylik ish haqiga foizlarda, sog‘ligiga shikast yetkazilishi sababli qilingan qo‘shimcha xarajatlar kompensatsiyalarda, shuningdek belgilangan hollarda bir martalik nafaqalar to‘lashda qoplanadi.
Mazkur to‘lovlarni to‘lash kasb bo‘yicha mehnatga layoqatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ish qidiryapman, nima qilishim kerak?
Har kim ish beruvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish yo'li bilan yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.
Biror bir korxonada ma'lumotingiz, malaka va mutaxassisligingizga mos bo'sh ish o'rni mavjudligi haqida xabar topsangiz shu lavozimga ishga qabul qilishni so'rab ish beruvchiga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishga joylashishda o'zlari doimiy yoki vaqtincha yashab turgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko'maklashish markazlarining bepul vositachiligidan foydalanishlari mumkin. Buning uchun ish qidiruvchi sifatida shu markazda ro'yxatdan o'tish lozim bo'ladi. Biror doimiy yoki vaqtincha ish bilan shug'ullanayotgan shaxs ham kasbi (ishi)ni o'zgartirish maqsadida ish qidiruvchi sifatida ro'yxatdan o'tishi mumkin. Bandlik markazlari fuqaroligidan qat'iy nazar bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumot beraish, maslahat berish, ishga joylashtirish, kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xizmatlarini bepul amalga oshiradi.
Tuman (shahar) bandlik markazlarida 16 yoshdan oshgan fuqarolar ish qidiruvchi sifatida ro'yxatga olinadi. Ish qidirayotgan fuqaro bandlik markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: - pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat
;- mehnat daftarchasi va ish stajini tasdiqlovchi hujjat (bu hujjatlar birinchi marta ishga kirayotganlardan talab qilinmaydi); - ma'lumotini tasdiqlovchi hujjatning asli yoki notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi (diplom, attestat va h.k.)
;- kasbiy malakasini tasdiqlovchi hujjat (agar bo'lsa)ning asli yoki notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi
;- oxirgi 12 oylik ish haqiga oid ma'lumotnoma, agar avval ishlagan bo'lsa.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullangan shaxs esa soliq idoralaridan beriladigan ma'lumotnomani taqdim etishi lozim.
Nogiron shaxs ushbu hujjatlardan tashqari tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan tavsiya etilgan ishlar xususiyati to'g'risida ma'lumotnoma berishi lozim.
Sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish mahrum qilish muassasalaridan bo'shatilgan shaxslar ozodlikka chiqarish to'g'risidagi ma'lumotnomani taqdim etilishi lozim. 
;Agar ish qidiruvchining qaramog'ida farzandlari bo'lsa ularning tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari beriladi.
Mazkur hujjatlar to'liq taqdim etilgan taqdirda bandlik markazi murojaat qilingan kunning o'zida ish qidiruvchi sifatida ro'yxatga oladi. Ish qidiruvchi sifatida ro'yxatga olingan shaxsga maxsus kartochka yuritiladi. Fuqaro xususiy bandlik agentliklari orqali ham mustaqil ish qidirishi mumkin.
Xususiy bandlik agentliklarining ish qidirish bilan bog'liq xizmatlari pullik bo'lishi mumkin. Ular orqali ish qidirishning umumiy shartlari o'zaro tuziladigan shartnoma bilan amalga oshiriladi.  
;Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish Mehnatga layoqatsizlik varaqasi – hodimni ishdan ozod qilish va tegishli nafaqa to‘lash uchun asos bo‘ladigan xujjat xisoblanadi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi tibbiy muassasa tomonidan (murojaat qilgan yoki davolangan joydagi) vaqtincha mehnatga layoqatsiz shaxsga beriladi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to‘lash tartibi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 8 mayda 1136-son bilan ro‘yxatga olingan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom bilan (https://lex.uz/docs/357102) tartibga soladi.
Nafaqa, agar uni olish huquqi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan davrda (sinov davri hamda ishdan bo‘shatilgan kunni ham qo‘shib) paydo bo‘lsa quyidagi hollarda beriladi:
• vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda);
• sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
• kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
• karantinda;
• sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
• mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Nafaqa miqdori xodimlarning toifasi va/yoki umumiy ish stajiga bog‘liq holda farqlanadi.
Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lganda, unga ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Bugungi kunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’lumotnomalarini olish imkoniyati my.gov.uz (https://my.gov.uz/ru/service/855) yaratilgan.
Ishga kirish uchun qanday hujjat rasmiylashtiriladi?
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- pasport yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjat, o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslardan esa,
- tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma va turar joyidan ma'lumotnoma
;- mehnat daftarchasi, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.
- o'rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan olgan ma'lumotnoma
;- harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilardan tegishli harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma
;- maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo'lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom, yoki bo'lmasa mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo'lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.
Ish beruvchi xodimdan uni ishga qabul qilganidan so'ng korxonada belgilangan tartib-qoidalar doirasida boshqa ma'lumotlarni ham talab qilish mumkin (masalan, tibbiy ma'lumotnoma, avvalgi ish joyidan tavsifnoma, ish haqi to'g'risida ma'lumotnoma va h.k.).
Ishsizlik nafaqasini qanday olish mumkin?
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarga tayinlanadi va to'lanadi. Qaramog'ida uchtadan kam odam bo'lgan 35 yoshgacha bo'lgan ishsiz erkaklarga pul to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinishi sharti bilan O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda to'lanadi. Bunday nafaqa mahalliy ishga joylashtirish organida ro'yxatga olingan kundan boshlab hisoblanadi.
Ishsizlik nafaqasi:
- ishini yoki daromad manbaini yo'qotgan yoki uzoq vaqt (bir yildan ko'proq) tanaffusdan so'ng mehnat faoliyatini tiklashga harakat qilayotganlarga 12 oylik vaqt davomida 26 kalendar haftasidan kam bo'lmagan muddatga
;- ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga 12 oylik vaqt davomida 13 kalendar haftasidan kam bo'lmagan muddatga to'lanadi. Ishsizlik nafaqasini olish muddatida shaxs doimo ish qidirishi kamida ikki haftada bir marta mahalliy mehnat organida qayddan o'tib turishi kerak.
Ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi o'rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo'lmagan va nafaqani hisoblash paytida O'zbekiston Respublikasida tarkib topgan o'rtacha ish haqidan ortiq bo'lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi to'lanadi.
Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to'lash bekor qilinadi:
ishsiz shaxs ishga joylashganda
;ishsiz shaxs taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan taqdirda
;qaramog'ida uchtagacha kishi bo'lgan, o'ttiz besh yoshga to'lmagan ishsiz erkak haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda
;ishsiz shaxs qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta'minoti huquqini olgan taqdirda; 
;ishsiz shaxs sudning hukmi bilan qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan bo'lsa; 
;ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrda mahalliy mehnat organini xabardor qilmay vaqtincha ishga joylashgan bo'lsa
;ishsizlik nafaqasini aldov yo'li bilan olayotgan bo'lsa
;ishsiz shaxs vafot etgan taqdirda.
Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to'lash to'xtatib turiladi:
ishsiz shaxs kasbga o'rganish, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga yuborilgan bo'lsa,
- stipendiya olib kasb o'rganish, qayta tayyorlashdan o'tish yoki malaka oshirish davrida; 
;ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursini o'tayotgan bo'lsa - bunday muassasada bo'lgan davrda
;ishsiz shaxs haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan bo'lsa,
- bunday ishlarda ishtirok etgan davrida.
Malaka oshirish va qayta tayyorlovdan o'tishda davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinmi?
Ish qidirayotgan va mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolar ish turini, ish joyini va mehnat rejimini erkin tanlash maqsadida kasb-korga doir bepul maslahatlar olish, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o'tish, malaka oshirish hamda tegishli axborot olish huquqiga ega.
Mehnat organlarida ro'yxatga olingan va ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:
ishsiz shaxs zarur kasb malakasiga ega bo'lmaganligi tufayli unga mos keladigan ish tanlash mumkin bo'lmasa
;ishsiz shaxsning kasb ko'nikmalariga mos keladigan ish yo'qligi sababli uning kasbini (mutaxassisligini, mashg'ulot turini) o'zgartirish zarur bo'lsa
;ishsiz shaxs avvalgi kasbi bo'yicha ish bajarish qobiliyatini yo'qotgan bo'lsa. 
;Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish o'quv yurtlarida mehnat organlarining yo'llanmalari bo'yicha Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasining ana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Kimlar ish qidirayotgan shaxs hisoblanadi?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ish qidirayotgan shaxs deb ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va u yerda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan shaxsga aytiladi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlari nima?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, haq to‘lanadigan jamoat ishlari deb buyurtmachilar-ish beruvchilar — mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan, qoida tariqasida, dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan, ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega bo‘lgan hamda ish qidirayotgan shaxslarning va ishsiz shaxslarning vaqtincha bandligini ta’minlash uchun mahalliy mehnat organlari tomonidan beriladigan ishga joylashtirishga doir yo‘llanmalar bo‘yicha bajariladigan vaqtinchalik mehnat faoliyati turlariga aytiladi.
Autstaffing xizmati nima?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
Autstaffing ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga ushbu xodimlar tomonidan ish beruvchi va uning xodimi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida, shuningdek jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtinchalik yuborish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar turidir.
Maqbul keladigan ish nima?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
Dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa birinchi marta ish qidirayotgan, kasbga (mutaxassislikka) ega bo‘lmagan shaxslarning yoshga doir va boshqa xususiyatlari hisobga olingan holda haq to‘lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan ish ushbu shaxslar uchun maqbul keladigan ish hisoblanadi.
Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish shartlari haqida ma’lumot bering.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘n olti yoshdan to pensiya ta’minoti huquqini olish yoshigacha bo‘lgan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb e’tirof etiladi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari haqida ma’lumot bering.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari quyidagilardan iborat:
shaharlarning, tumanlarning, aholi punktlarining, mahallalarning hududlarini va boshqa hududlarni obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, yig‘ishtirish, oqlash, ariqlarni, qabristonlarni, ziyoratgohlarni, madaniy obyektlarni tozalash va boshqalar)
;uy-joy-kommunal obyektlar va boshqa infratuzilma obyektlari hududlariga tutash uy-joy fondining obyektlarini ta’mirlash hamda ularning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash
;ko‘chalarni, yo‘llarni va yo‘lkalarni ta’mirlash
;qishloq xo‘jaligi ishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosilini yig‘ib-terib olish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash
;nogironligi bo‘lgan shaxslarni, keksalarni, bemorlarni va boshqa shaxslarni parvarishlash
;sanoat tarmoqlari tashkilotlaridagi va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi ishlar
;obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarorlariga muvofiq haq to‘lanadigan jamoat ishlarining boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining taklif etilayotgan turlari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning kasbiy ko‘nikmalarini, ish tajribasini, yoshini, jinsini va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini, ish rejimini va mehnatni muhofaza qilishga oid zarur shart-sharoitlarni hisobga olishi kerak.
Men oʻzimga tegishli korxonaga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilmoqchiman. Buning uchun menga imtiyoz bormi?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2023-yildagi 450-son qarori.
Ha bor. Qarorga koʻra, 2023-yil 1-oktyabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng BHMning 3 baravari (990 ming soʻm) miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Men davlat tashkilotiga ishga kirmoqchiman. Davlat xizmatiga kirishda hamma teng huquqlimi? Konstitutsiyada bu haqida nima deyilgan?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egaligi, davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishi keltirib o’tilgan.
Men yaqinda universitetni tugatdim. Endi ishga kirmoqchiman. Konstitutsiyada adolatli mehnat qilish kafolatlanganmi?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Ha kafolatlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida, Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egaligi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanishi, Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi belgilangan.
Majburiy mehnat yuzasidan normalar Konstitutsiyada keltirilganmi?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Ha keltirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida, sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanishi belgilangan.
Ish joyimda ish beruvchi dam olishlarsiz ishlashga majburlaydi. Dam olish huquqi Konstitutsiyada mustahkamlanganmi?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Ha mustahkamlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasida, Har kim dam olish huquqiga egaligi, yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali ta’minlanishi belgilangan.
Menga mehnat shartnomasi qancha muddatga tuzilishi haqida maʼlumot bersangiz.
Mehnat kodeksining 110-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi:
nomuayyan muddatga
;uch yildan koʻp boʻlmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Menga qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishi cheklanishi haqida maʼlumot bering.
Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq, oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlsa taqiqlanadi. Ushbu qoidadan istisnolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.
Ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish va toʻxtatib turish asoslari qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 55-moddasiga asosan, ishsizlik nafaqasini toʻlash quyidagi hollarda tugatiladi:
ishsiz shaxs ishga joylashganda
;ishsiz shaxs maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etganda
;ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini aldov yoʻli bilan olganda
;ishsiz shaxslar tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga va shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan subsidiyalarni olganda
;ishsiz shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mikrokreditlar olganda
;ishsiz shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganda
;ishsiz shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganda
;ishsiz shaxs qonun hujjatlariga muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlganda (pensiya turidan qatʼi nazar)
;ishsiz shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganda
;ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrida vaqtincha bajariladigan ishga mahalliy mehnat organini bu haqda xabardor qilmay joylashganda
;ishsiz shaxs vafot etganda.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash yuqorida koʻrsatilgan hollardan biri yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran tugatiladi.
Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga muntazam ravishda uzrli sabablarsiz kelmagan yoki belgilangan muddatlarda kelishdan boʻyin tovlagan yoxud ishga joylashtirishga doir yoʻllanma yoxud ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma olish uchun uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda ham ishsizlik nafaqasini toʻlash muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash davri tugaganligi yoki nafaqani toʻlash tugatilganligi ishsiz shaxslarni mahalliy mehnat organlarida hisobdan chiqarish uchun asos boʻlmaydi.
Ishsiz shaxsning kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan oʻtish taklifini rad etishiga maqbul ishni rad etish sifatida qaralmaydi va ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatishga sabab boʻlmaydi.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
ishsiz shaxs kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilganda — stipendiya toʻlangan holda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida
;ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursidan oʻtganda — bunday muassasada boʻlish davrida
;ishsiz shaxs haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotganda — bunday ishlarda ishtirok etish davrida.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash ishsiz shaxs belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra mahalliy mehnat organiga kelmagan taqdirda uch oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish shartlari qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 44-moddasiga asosan, oʻn olti yoshdan to pensiya taʼminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan, haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb eʼtirof etiladi.
Agar ish qidirayotgan shaxsga u roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran dastlabki oʻn kun ichida maqbul keladigan ish taklif etilmagan boʻlsa yoki mahalliy mehnat organi mazkur shaxs ishga joylashtirish uchun yuborilgan tashkilotdan rad javobini olgan boʻlsa, shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn birinchi kundan kechiktirmay mahalliy mehnat organi tomonidan qabul qilinadi.
Shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror mahalliy mehnat organining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, ushbu buyruq bir vaqtning oʻzida ishsizlik nafaqasi tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq hisoblanadi. Buyruqda ishsizlik nafaqasining miqdori va uni hisoblash sanasi koʻrsatiladi.
Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxs qabul qilingan qaror toʻgʻrisida mazkur qaror qabul qilinganidan keyin ikki kunlik muddatdan kechiktirmay yozma ravishda yoki telefon, elektron pochta orqali xabardor qilinadi. Bunda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsga uning huquq va majburiyatlari, mahalliy mehnat organiga yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish boʻyicha sektorga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga biriktirilgan xodim huzuriga qayta roʻyxatdan oʻtish uchun majburiy kelish sanasi, ishsizlik nafaqasini olish shartlari va joyi, shuningdek ishsiz shaxs uchun zarur boʻlgan boshqa axborot xabar qilinadi.
Shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish chogʻida mehnat daftarchasiga yozuv qayd etilmaydi.
Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar bepul maslahat olish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish xizmatlarini olish, shuningdek mahalliy mehnat organlari koʻmagida ishga joylashish huquqiga ega.
Ish qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga olish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 29-moddasiga asosan, ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olish:
qishloq joylarda — mahalliy mehnat organining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor hududiga, ish qidirayotgan shaxsning yashash joyidagi fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga biriktirilgan xodimi tomonidan
;agar ish qidirayotgan shaxs mahalliy mehnat organi joylashgan aholi punkti hududida yashayotgan boʻlsa — ishsiz shaxslarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash sektori xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ish qidirayotgan shaxslar mahalliy mehnat organi xodimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
pasportini yoki uning oʻrnini bosuvchi va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni
;mehnat daftarchasini yoki mehnat stajini tasdiqlovchi boshqa hujjatni, bundan birinchi marta ish qidirayotgan shaxslar mustasno
;maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning aslini yoki uning koʻchirma nusxasini (maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda)
;kasbi yoki kasbiy malakasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni yoki uning koʻchirma nusxasini (kasbi yoki kasbiy malakasi mavjud boʻlgan taqdirda)
;ish joyidan oxirgi oʻn ikki oy uchun ish haqi (mehnat daromadi, pul taʼminoti) toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani — ilgari ishlagan shaxslar, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun.
Zarur boʻlganda, mahalliy mehnat organi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda soʻrovnoma yuborishi, shu jumladan elektron hujjat aylanishidan foydalangan holda yuborishi mumkin:
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga — tavsiya etilayotgan mehnatning xususiyati va sharoitlari toʻgʻrisida xulosa olish uchun (nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan)
;sogʻliqni saqlash muassasalariga — tibbiy xulosalar va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni olish uchun (sogʻligʻining holatiga koʻra mehnat faoliyatida cheklovlar mavjud boʻlgan shaxslarga nisbatan)
;jazoni ijro etish muassasalariga — shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun (jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan)
;fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga — bolalarining tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning koʻchirma nusxalarini olish uchun (qaramogʻida bolalari boʻlgan shaxslarga nisbatan)
;Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga — boqimandalar mavjudligi hamda qonun hujjatlarida belgilangan nafaqa va pensiyalarni olmayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun (bolalaridan tashqari boshqa boqimandalari boʻlgan shaxslarga nisbatan).
Zarur boʻlganda, mahalliy mehnat organi murojaat etgan shaxs haqiqatan fermer (dehqon) xoʻjaligi aʼzosi ekanligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashidan axborot soʻrab olishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moliyaviy koʻmak koʻrinishidagi subsidiyalar kislarga beriladi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 19-moddasiga asosan, subsidiya bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moliyaviy koʻmakdir.
Subsidiyalar:
ish beruvchilarga mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirishga doir xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun
;tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shu jumladan shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish, tadbirkorlikka oʻqish xarajatlarini toʻlash va kreditni olish chogʻida sugʻurta polisi haqini toʻlash uchun
;aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslarni ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga
;jismoniy shaxslarga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, urugʻliklar, koʻchatlar, sugʻorish vositalari olish uchun ajratiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-maydagi PQ-4716-sonli qarori (https://lex.uz/docs/4815416)
2-bandiga asosan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:
a) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha
;sugʻorish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha
;urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha
;b) qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha. Bunda:
qishloq xoʻjaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda tashkil etiladi
;qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yoʻnalishi boʻyicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 38-moddasiga asosan, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz otaga yoki onaga, shuningdek koʻp bolali oilalarning ota-onalariga
;umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar
;“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari
;Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar
;nogironligi boʻlgan shaxslar
;pensiyaoldi yoshidagi shaxslar
;jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar
;odam savdosidan jabrlanganlar
;qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar.
Ish beruvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan, zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan ish beruvchi va u vakolat bergan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Qoʻshimcha kafolatlar qoʻshimcha ish oʻrinlarini, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanish asosidagi tashkilotlarni tashkil etish, oʻqitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish, tashkilotlarga ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar orqali taʼminlanadi.
Mehnat daftarchasi kimdan olinadi va qanday yuritiladi?
Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
Ish beruvchi o'rindoshlik asosida ishlovchilardan tashqari, korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart.
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o'tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi ma'lumotlarni yozishi shart.
Xodimning iltimosiga ko'ra mehnat daftarchasiga o'rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o'tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
Agar birinchi marta ishga kirayotgan bo'lsangiz mehnat daftarchasini Sizga ish beruvchi o'z hisobidan olib beradi. Sizga beriladigan mehnat daftarchasi Siz ishlayotgan korxona tomonidan hududiy bandlikka ko'maklashish markazidan oldi-sotdi shartnomasi asosida sotib olinadi.
Mehnat daftarchalarini boshqa birovga sotish, fuqarolar tomonidan sotib olish taqiqlanadi. Savdo va xizmat ko'rsatish shahobchalaridan sotib olingan mehnat daftarchalari haqiqiy bo'lmaydi.
Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlariga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 25-moddasiga asosan, Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ularning xohishiga koʻra xizmatlarning quyidagi turlari taklif etiladi:
aholi bandligi masalalari boʻyicha maslahatlar berish
;murojaat etgan shaxsning kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga va mehnat stajiga, yoshiga, sogʻligʻining holatiga muvofiq maqbul keladigan ishni taklif etish (mavjud boʻlgan taqdirda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida maqbul keladigan ishni izlash
;zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish
;Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborish
;tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish
;kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuborish
;kasbiy malakani baholash
;aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga mikrokreditlar olish uchun tavsiyalar berish.
Aholiga, tashkilotlarga va boshqa ish beruvchilarga mehnat organlari tomonidan koʻrsatiladigan, shu jumladan mehnat bozori holati haqida xabardor qilish boʻyicha xizmatlar bepul taqdim etiladi.
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etishni rad qilish uchun asoslar?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 45-moddasiga asosan, quyidagilar ishsiz deb eʼtirof etilmaydi:
taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaxslar
;mahalliy mehnat organiga yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish boʻyicha sektorga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga biriktirilgan mahalliy mehnat organi xodimi huzuriga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz kelmagan shaxslar
;taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan shaxslar, bundan taʼlimning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar mustasno
;qonun hujjatlariga muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlgan shaxslar (pensiya turidan qatʼi nazar)
;bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayollar
;ishini oʻzgartirmoqchi boʻlgan, lekin mahalliy mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtish paytida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda ishlovchi yoki ularning shtatida hisobda turuvchi shaxslar
;sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganlar
;fermer xoʻjaliklarining rahbarlari va xodimlari, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va aʼzolari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar
;oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 35-moddasiga asosan, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganidan keyin oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini oladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olinmagan va shaxsiy mehnatga doir ishtirokiga asoslangan, ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatida nazarda tutilgan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiradigan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinishi mumkin.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxatga olish oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganlik faktini tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) berilgan holda, maxsus mobil ilova yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabar qilish tartibida amalga oshiriladi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar oʻz faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga, shuningdek ish beruvchiga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu talablarga rioya etilmagan taqdirda, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar maqomini yoʻqotadi.
Internet tarmogʻi orqali xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlar bajaruvchi) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (frilansing) quyidagi huquqlarga ega:
xorijdagi norezidentlar boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun xorijiy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli axborot kiritmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlarga xorijiy valyutada toʻlov qabul qilish
;bitim (oferta) toʻgʻrisida ommaviy taklif qabul qilish yoki elektron xabarlar almashish yoxud hisobvaraq-fakturalar (invoys) qoʻyish, shu jumladan elektron shaklda qoʻyish orqali kontrakt tuzmasdan, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish).
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishsiz shaxslarga toʻlanadigan ishsizlik nafaqasi hamda tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan oʻtish davrida ushbu mablagʻlar hisobidan stipendiya olishi mumkin emas.
G'ayriqonuniy ishdan bo'shatilganda ishga tiklash uchun kimga murojaat qilish kerak?
Mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilingan hollarda korxona joylashgan hududdagi aholi bandligiga ko'maklashish markazi, prokuratura, yoki fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudga murojaat qilish lozim bo'ladi.
Xodim g'ayriqonuniy ravishda ishdan bo'shatilganligi aniqlansa, ish beruvchiga aholi bandligiga ko'maklashish markazi davlat mehnat huquq inspektori Yozma ko'rsatma, prokuratura esa protest kiritishi mumkin. Ammo unutmaslik lozimki, yozma ko'rsatma yoki protest kiritilishi ishga tiklashni kafolatlamaydi. Chunki bular bajarilishi majburiy bo'lgan hujjatlar emas. Ish beruvchi yozma ko'rsatma yoki protest bilan kelishmasa uni rad etishi mumkin.
Ishdan bo'shatilgan xodim ishdan bo'shatish to'g'risidagi buyruqni olgan kunidan boshlab bir oydan kechiktirmay tegishli fuqarolik sudiga da'vo ariza kiritishi lozim bo'ladi. Chunki Mehnat kodeksining 270-moddasida shunday talab belgilangan. Bir oydan kechiktirib berilgan da'vo arizalar da'vo muddati o'tkazib yuborilganligi vaji bilan rad etilishi mumkin. Arizaning prokuratura yoki mehnat organlarida o'rganilganligi da'vo muddatini tiklashga sabab bo'la olmaydi.
Xodimlar mehnat huquqiga oid masalalarda sudga da'vo ariza kiritganda davlat boji to'lashdan ozod etiladi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibi va beriladigan imtiyozlar qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 36-moddasiga asosan, Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlar jismoniy shaxsning yalpi daromadi tarkibiga kiritilmaydi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida amalda ishlab berilgan vaqtdan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdori summasining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy soliq toʻlaydi, ushbu soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻliq yoʻnaltiriladi va shundan kelib chiqqan holda, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqi miqdori aniqlanadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 37-moddasiga binoan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirish davri pensiya olish huquqiga ega boʻlingan paytdan eʼtiboran yoshga doir pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olish davri, mehnat faoliyati bu davrda oʻzini oʻzi band qilish tartibida amalda bajarilganligi yoki bajarilmaganligidan qatʼi nazar, pensiyani tayinlash uchun mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Mahalliy mehnat organlari oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga imtiyozli mikrokreditlar ajratish uchun tijorat banklariga tavsiyalar beradi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan kasbga oʻqitish markazlarida (kasb-hunar taʼlimi muassasalarida) qisqa muddatli kasbga oʻqishni, shuningdek tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqishni bepul oʻtashi mumkin.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni kasbga oʻqitishni tashkil etish va oʻqitish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Mahalliy mehnat organlari oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga mehnat asbob-anjomlarini (motokultivatorlar, oʻt oʻroq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik va qurilish uskunalari hamda boshqalarni), shaxsiy himoya vositalarini va ish kiyimini imtiyozli ijaraga berish punktlarini tashkil etadi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga imtiyozli ijaraga berish uchun mehnat asbob-anjomlari, shaxsiy himoya vositalari va ish kiyimi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ajratiladigan grantlar qatoriga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 20-moddasiga asosan, grant ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslardir.
Grantlar kasbga oʻqitish markazlariga (kasb-hunar taʼlimi muassasalariga) quyidagilarni moliyalashtirish uchun ajratiladi:
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash xarajatlarini
;kasbga oʻqitish markazlarida (kasb-hunar taʼlimi muassasalarida) fermer xoʻjaliklarining rahbarlari va xodimlarini, dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va aʼzolarini, tomorqa yer uchastkalari egalarini agrotexnologiyalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohasida kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni.
Grantlar fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari, xorijiy tillar va kasbga oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun kasbga oʻqitish markazlariga (kasb-hunar taʼlimi muassasalariga), shuningdek ishlab chiqarishning oʻzida oʻqitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga ham ajratiladi.
Grant ajratilishi uchun talabnoma mehnat bozorining ehtiyojlari hisobga olingan holda, mahalliy mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi va hududiy mehnat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Talabnomaga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan oʻtishni xohlovchi shaxslarning roʻyxati ilova qilinadi.
Grant asosida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) amalga oshirishi mumkin.
Kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va malaka oshirishni moliyalashtirish hududiy mehnat organlari hamda kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Voyaga etmagan shaxslarni ishga joylashish tartibi qanday?
Ishga qabul qilishga o'n olti yoshdan yo'l qo'yiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta'lim maktablari, o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlarining o'quvchilarini ularning sog'lig'iga hamda ma'naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta'lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o'qishdan bo'sh vaqtida bajarishi uchun - ular o'n besh yoshga to'lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi.
18 yoshga to'lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog'lig'i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin bo'lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, er osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi.
18 yoshga to'lmagan shaxslarning belgilab qo'yilgan normadan ortiq og'ir yuk ko'tarishlari va tashishlariga yo'l qo'yilmaydi.
18 yoshga to'lmagan shaxslar dastlabki tibbiy ko'rikdan o'tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o'n sakkiz yoshga to'lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko'rikdan o'tkazib turilishi kerak.
Ish vaqtining muddati o'n oltidan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlarga haftasiga o'ttiz olti soatdan, o'n beshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to'rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
Ishsiz shaxslarning mahalliy mehnat organlari tomonidan hisobga olinish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 46-moddasiga asosan, ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasini olish davrida bir oyda kamida ikki marta mahalliy mehnat organlariga kelishi shart. Kelish jadvali, sanasi va vaqti ish qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi mahalliy mehnat organi xodimi tomonidan ishsiz shaxsning mahalliy mehnat organiga kelishi qulayligi hisobga olingan holda belgilanadi.
Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga kelganda mahalliy mehnat organining xodimi:
ishsiz shaxs bilan mazkur shaxsning ishsiz shaxs sifatida maqomini belgilashga va uni ishga joylashtirishga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlarda yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisida suhbat oʻtkazadi
;ishsiz shaxsni mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisida, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtish yoki malakasini oshirish imkoniyatlari haqida, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlari toʻgʻrisida xabardor qiladi
;maqbul keladigan ish mavjud boʻlganda ishga joylashtirishga doir yoʻllanma yoki ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma beradi.
Mahalliy mehnat organi ishsiz shaxslarning oʻz vaqtida mahalliy mehnat organiga kelib turishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Ishsiz shaxslarning mahalliy mehnat organlariga kelishini hisobga olish ularning ish qidirish va ishga joylashishdagi faolligini oshirish, ularga mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi joriy axborotni taqdim etish, shuningdek ularning ishga joylashishiga va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarning ular tomonidan oʻz vaqtida olinishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
. Ishsiz shaxs deb eʼtirof etish rad qilingan shaxs yana qancha muddatdan soʻng qayta ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 45-moddasining ikkinchi qismiga asosan, ishsiz shaxs deb eʼtirof etish rad qilingan shaxs taklif etilgan ishni rad etgan paytdan yoki maqbul keladigan ish boʻyicha taklif olish uchun mahalliy mehnat organiga uzrli sababsiz kelmagan paytdan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun oʻtganidan keyingina ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega.
Davlatning ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanishiga oid kafolatlariga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 47-moddasiga asosan, Davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:
ishsizlik nafaqasi toʻlanishini
;mehnat organlarining yoʻllanmasi boʻyicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya toʻlanishini va shu davr umumiy mehnat stajiga qoʻshilishini
;mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasiga koʻra bepul, shu jumladan grantlar hisobidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni
;haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish imkoniyatini
;tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan, ushbu Qonun 19-moddasi ikkinchi qismining uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan subsidiyalarni olish imkoniyatini
;mahalliy mehnat organlarining taklifiga koʻra ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa yerga koʻchib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar kompensatsiya qilinishini.
Xorijda ishlamoqchiman, buning uchun nimalar qilishim kerak?
Har kim xorijiy davlatdagi ish beruvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish yo'li bilan yoki O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vositachiligi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida xorijda ishga joylashish huquqiga ega.
Biror bir xorijiy davlatdagi korxonada ma'lumotingiz, malaka va mutaxassisligingizga mos bo'sh ish o'rni mavjudligi haqida xabar topsangiz shu lavozimga ishga qabul qilishni so'rab ish beruvchiga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin. Bu odatda shu korxonaning rasmiy veb-saytida e'lon qilingan ma'lumotlarga asosan talab qilingan tilda to'ldirilgan rez'yumeni yuborish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Xorijda ishga joylashishda O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vositachiligidan foydalanish mumkin. Buning uchun agentlikning rasmiy veb-saytida ro'yxatdan o'tishi yoki to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish lozim bo'ladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslar ishga joylashishni xususiy bandlik agentliklari orqali pullik asosda amalga oshirishlari mumkin.
Biror bir xususiy bandlik agentligining xizmatlaridan foydalanishdan avval uning mazkur faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beruvchi maxsus litsenziyaga ega ekanligini tekshirib olish zarur. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining veb-saytida xususiy bandlik agentliklarining reestri yuritiladi.
Xususiy bandlik agentliklari xizmatlari pullik bo'lib va bu narxlar mazkur agentlikning o'zi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi, moddiy qo'llab-quvvatlanadi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 38-moddasiga asosan, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz otaga yoki onaga, shuningdek koʻp bolali oilalarning ota-onalariga
;umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar
;“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari
;Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar
;nogironligi boʻlgan shaxslar
;pensiyaoldi yoshidagi shaxslar
;jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar
;odam savdosidan jabrlanganlar
;qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar.
Ish beruvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan, zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan ish beruvchi va u vakolat bergan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Qoʻshimcha kafolatlar qoʻshimcha ish oʻrinlarini, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanish asosidagi tashkilotlarni tashkil etish, oʻqitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish, tashkilotlarga ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar orqali taʼminlanadi.
101
Yong'in xavfsizligi xizmati
102
(turistlar uchun - 1173) - Ichki ishlar organlari
103
Tez tibbiy yordam
104
Gaz avariya dispetcherlik xizmati
1050
Qutqaruv xizmati
Xodimlarga jarohatlanishi va kasalliklariga chalinishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari”ning (https://lex.uz/docs/492899#494218) 2 bandida ish beruvchi ish beruvchining hududida va uning tashqarisida, shuningdek ish beruvchi bergan transportda ishga kelish yoki ishdan ketish vaqtida xodimning sog‘ligiga mehnat jarohati bilan yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘lishi belgilangan.
Mazkur qoidaga ko‘ra Ish beruvchi, mehnat jarohati yoki boshqa mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ravishda xodim sog‘ligiga yetkazilgan zararni, agar u yetkazilgan zarar uchun o‘zining aybdor emasligini isbot qila olmasa, xodimga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
Zarar har oyda jabrlanuvchining kasbiy mehnat faoliyatini yo‘qotish darajasiga tegishli ravishda mehnat jarohati olgunga qadar uning o‘rtacha oylik ish haqiga foizlarda, sog‘ligiga shikast yetkazilishi sababli qilingan qo‘shimcha xarajatlar kompensatsiyalarda, shuningdek belgilangan hollarda bir martalik nafaqalar to‘lashda qoplanadi.
Mazkur to‘lovlarni to‘lash kasb bo‘yicha mehnatga layoqatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan kundan boshlab hisoblanadi.
Murojaat yuborishIsh qidiryapman, nima qilishim kerak?
Har kim ish beruvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish yo'li bilan yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.
Biror bir korxonada ma'lumotingiz, malaka va mutaxassisligingizga mos bo'sh ish o'rni mavjudligi haqida xabar topsangiz shu lavozimga ishga qabul qilishni so'rab ish beruvchiga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishga joylashishda o'zlari doimiy yoki vaqtincha yashab turgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko'maklashish markazlarining bepul vositachiligidan foydalanishlari mumkin. Buning uchun ish qidiruvchi sifatida shu markazda ro'yxatdan o'tish lozim bo'ladi. Biror doimiy yoki vaqtincha ish bilan shug'ullanayotgan shaxs ham kasbi (ishi)ni o'zgartirish maqsadida ish qidiruvchi sifatida ro'yxatdan o'tishi mumkin. Bandlik markazlari fuqaroligidan qat'iy nazar bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumot beraish, maslahat berish, ishga joylashtirish, kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xizmatlarini bepul amalga oshiradi.
Tuman (shahar) bandlik markazlarida 16 yoshdan oshgan fuqarolar ish qidiruvchi sifatida ro'yxatga olinadi. Ish qidirayotgan fuqaro bandlik markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: - pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat
;- mehnat daftarchasi va ish stajini tasdiqlovchi hujjat (bu hujjatlar birinchi marta ishga kirayotganlardan talab qilinmaydi); - ma'lumotini tasdiqlovchi hujjatning asli yoki notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi (diplom, attestat va h.k.)
;- kasbiy malakasini tasdiqlovchi hujjat (agar bo'lsa)ning asli yoki notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi
;- oxirgi 12 oylik ish haqiga oid ma'lumotnoma, agar avval ishlagan bo'lsa.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullangan shaxs esa soliq idoralaridan beriladigan ma'lumotnomani taqdim etishi lozim.
Nogiron shaxs ushbu hujjatlardan tashqari tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan tavsiya etilgan ishlar xususiyati to'g'risida ma'lumotnoma berishi lozim.
Sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish mahrum qilish muassasalaridan bo'shatilgan shaxslar ozodlikka chiqarish to'g'risidagi ma'lumotnomani taqdim etilishi lozim. 
;Agar ish qidiruvchining qaramog'ida farzandlari bo'lsa ularning tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari beriladi.
Mazkur hujjatlar to'liq taqdim etilgan taqdirda bandlik markazi murojaat qilingan kunning o'zida ish qidiruvchi sifatida ro'yxatga oladi. Ish qidiruvchi sifatida ro'yxatga olingan shaxsga maxsus kartochka yuritiladi. Fuqaro xususiy bandlik agentliklari orqali ham mustaqil ish qidirishi mumkin.
Xususiy bandlik agentliklarining ish qidirish bilan bog'liq xizmatlari pullik bo'lishi mumkin. Ular orqali ish qidirishning umumiy shartlari o'zaro tuziladigan shartnoma bilan amalga oshiriladi.  
; Murojaat yuborishVaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish Mehnatga layoqatsizlik varaqasi – hodimni ishdan ozod qilish va tegishli nafaqa to‘lash uchun asos bo‘ladigan xujjat xisoblanadi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi tibbiy muassasa tomonidan (murojaat qilgan yoki davolangan joydagi) vaqtincha mehnatga layoqatsiz shaxsga beriladi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to‘lash tartibi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 8 mayda 1136-son bilan ro‘yxatga olingan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom bilan (https://lex.uz/docs/357102) tartibga soladi.
Nafaqa, agar uni olish huquqi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan davrda (sinov davri hamda ishdan bo‘shatilgan kunni ham qo‘shib) paydo bo‘lsa quyidagi hollarda beriladi:
• vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda);
• sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
• kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
• karantinda;
• sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
• mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Nafaqa miqdori xodimlarning toifasi va/yoki umumiy ish stajiga bog‘liq holda farqlanadi.
Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lganda, unga ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Bugungi kunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’lumotnomalarini olish imkoniyati my.gov.uz (https://my.gov.uz/ru/service/855) yaratilgan.
Murojaat yuborishIshga kirish uchun qanday hujjat rasmiylashtiriladi?
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- pasport yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjat, o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslardan esa,
- tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma va turar joyidan ma'lumotnoma
;- mehnat daftarchasi, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.
- o'rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan olgan ma'lumotnoma
;- harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilardan tegishli harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma
;- maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo'lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom, yoki bo'lmasa mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo'lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.
Ish beruvchi xodimdan uni ishga qabul qilganidan so'ng korxonada belgilangan tartib-qoidalar doirasida boshqa ma'lumotlarni ham talab qilish mumkin (masalan, tibbiy ma'lumotnoma, avvalgi ish joyidan tavsifnoma, ish haqi to'g'risida ma'lumotnoma va h.k.).
Murojaat yuborishIshsizlik nafaqasini qanday olish mumkin?
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarga tayinlanadi va to'lanadi. Qaramog'ida uchtadan kam odam bo'lgan 35 yoshgacha bo'lgan ishsiz erkaklarga pul to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinishi sharti bilan O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda to'lanadi. Bunday nafaqa mahalliy ishga joylashtirish organida ro'yxatga olingan kundan boshlab hisoblanadi.
Ishsizlik nafaqasi:
- ishini yoki daromad manbaini yo'qotgan yoki uzoq vaqt (bir yildan ko'proq) tanaffusdan so'ng mehnat faoliyatini tiklashga harakat qilayotganlarga 12 oylik vaqt davomida 26 kalendar haftasidan kam bo'lmagan muddatga
;- ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga 12 oylik vaqt davomida 13 kalendar haftasidan kam bo'lmagan muddatga to'lanadi. Ishsizlik nafaqasini olish muddatida shaxs doimo ish qidirishi kamida ikki haftada bir marta mahalliy mehnat organida qayddan o'tib turishi kerak.
Ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi o'rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo'lmagan va nafaqani hisoblash paytida O'zbekiston Respublikasida tarkib topgan o'rtacha ish haqidan ortiq bo'lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi to'lanadi.
Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to'lash bekor qilinadi:
ishsiz shaxs ishga joylashganda
;ishsiz shaxs taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan taqdirda
;qaramog'ida uchtagacha kishi bo'lgan, o'ttiz besh yoshga to'lmagan ishsiz erkak haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda
;ishsiz shaxs qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta'minoti huquqini olgan taqdirda; 
;ishsiz shaxs sudning hukmi bilan qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan bo'lsa; 
;ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrda mahalliy mehnat organini xabardor qilmay vaqtincha ishga joylashgan bo'lsa
;ishsizlik nafaqasini aldov yo'li bilan olayotgan bo'lsa
;ishsiz shaxs vafot etgan taqdirda.
Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to'lash to'xtatib turiladi:
ishsiz shaxs kasbga o'rganish, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga yuborilgan bo'lsa,
- stipendiya olib kasb o'rganish, qayta tayyorlashdan o'tish yoki malaka oshirish davrida; 
;ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursini o'tayotgan bo'lsa - bunday muassasada bo'lgan davrda
;ishsiz shaxs haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan bo'lsa,
- bunday ishlarda ishtirok etgan davrida.
Murojaat yuborishMalaka oshirish va qayta tayyorlovdan o'tishda davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinmi?
Ish qidirayotgan va mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolar ish turini, ish joyini va mehnat rejimini erkin tanlash maqsadida kasb-korga doir bepul maslahatlar olish, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o'tish, malaka oshirish hamda tegishli axborot olish huquqiga ega.
Mehnat organlarida ro'yxatga olingan va ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:
ishsiz shaxs zarur kasb malakasiga ega bo'lmaganligi tufayli unga mos keladigan ish tanlash mumkin bo'lmasa
;ishsiz shaxsning kasb ko'nikmalariga mos keladigan ish yo'qligi sababli uning kasbini (mutaxassisligini, mashg'ulot turini) o'zgartirish zarur bo'lsa
;ishsiz shaxs avvalgi kasbi bo'yicha ish bajarish qobiliyatini yo'qotgan bo'lsa. 
;Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish o'quv yurtlarida mehnat organlarining yo'llanmalari bo'yicha Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasining ana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Murojaat yuborishKimlar ish qidirayotgan shaxs hisoblanadi?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ish qidirayotgan shaxs deb ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va u yerda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan shaxsga aytiladi.
Murojaat yuborishHaq to‘lanadigan jamoat ishlari nima?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, haq to‘lanadigan jamoat ishlari deb buyurtmachilar-ish beruvchilar — mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan, qoida tariqasida, dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan, ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega bo‘lgan hamda ish qidirayotgan shaxslarning va ishsiz shaxslarning vaqtincha bandligini ta’minlash uchun mahalliy mehnat organlari tomonidan beriladigan ishga joylashtirishga doir yo‘llanmalar bo‘yicha bajariladigan vaqtinchalik mehnat faoliyati turlariga aytiladi.
Murojaat yuborishAutstaffing xizmati nima?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
Autstaffing ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga ushbu xodimlar tomonidan ish beruvchi va uning xodimi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida, shuningdek jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtinchalik yuborish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar turidir.
Murojaat yuborishMaqbul keladigan ish nima?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
Dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa birinchi marta ish qidirayotgan, kasbga (mutaxassislikka) ega bo‘lmagan shaxslarning yoshga doir va boshqa xususiyatlari hisobga olingan holda haq to‘lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan ish ushbu shaxslar uchun maqbul keladigan ish hisoblanadi.
Murojaat yuborishShaxslarni ishsiz deb e’tirof etish shartlari haqida ma’lumot bering.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘n olti yoshdan to pensiya ta’minoti huquqini olish yoshigacha bo‘lgan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb e’tirof etiladi.
Murojaat yuborishHaq to‘lanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari haqida ma’lumot bering.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son qonuni.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari quyidagilardan iborat:
shaharlarning, tumanlarning, aholi punktlarining, mahallalarning hududlarini va boshqa hududlarni obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, yig‘ishtirish, oqlash, ariqlarni, qabristonlarni, ziyoratgohlarni, madaniy obyektlarni tozalash va boshqalar)
;uy-joy-kommunal obyektlar va boshqa infratuzilma obyektlari hududlariga tutash uy-joy fondining obyektlarini ta’mirlash hamda ularning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash
;ko‘chalarni, yo‘llarni va yo‘lkalarni ta’mirlash
;qishloq xo‘jaligi ishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosilini yig‘ib-terib olish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash
;nogironligi bo‘lgan shaxslarni, keksalarni, bemorlarni va boshqa shaxslarni parvarishlash
;sanoat tarmoqlari tashkilotlaridagi va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi ishlar
;obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarorlariga muvofiq haq to‘lanadigan jamoat ishlarining boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining taklif etilayotgan turlari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning kasbiy ko‘nikmalarini, ish tajribasini, yoshini, jinsini va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini, ish rejimini va mehnatni muhofaza qilishga oid zarur shart-sharoitlarni hisobga olishi kerak.
Murojaat yuborishMen oʻzimga tegishli korxonaga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilmoqchiman. Buning uchun menga imtiyoz bormi?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2023-yildagi 450-son qarori.
Ha bor. Qarorga koʻra, 2023-yil 1-oktyabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng BHMning 3 baravari (990 ming soʻm) miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Murojaat yuborishMen davlat tashkilotiga ishga kirmoqchiman. Davlat xizmatiga kirishda hamma teng huquqlimi? Konstitutsiyada bu haqida nima deyilgan?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egaligi, davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishi keltirib o’tilgan.
Murojaat yuborishMen yaqinda universitetni tugatdim. Endi ishga kirmoqchiman. Konstitutsiyada adolatli mehnat qilish kafolatlanganmi?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Ha kafolatlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida, Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egaligi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanishi, Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi belgilangan.
Murojaat yuborishMajburiy mehnat yuzasidan normalar Konstitutsiyada keltirilganmi?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Ha keltirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida, sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanishi belgilangan.
Murojaat yuborishIsh joyimda ish beruvchi dam olishlarsiz ishlashga majburlaydi. Dam olish huquqi Konstitutsiyada mustahkamlanganmi?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Ha mustahkamlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasida, Har kim dam olish huquqiga egaligi, yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali ta’minlanishi belgilangan.
Murojaat yuborishMenga mehnat shartnomasi qancha muddatga tuzilishi haqida maʼlumot bersangiz.
Mehnat kodeksining 110-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi:
nomuayyan muddatga
;uch yildan koʻp boʻlmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Murojaat yuborishMenga qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishi cheklanishi haqida maʼlumot bering.
Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq, oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlsa taqiqlanadi. Ushbu qoidadan istisnolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.
Murojaat yuborishIshsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish va toʻxtatib turish asoslari qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 55-moddasiga asosan, ishsizlik nafaqasini toʻlash quyidagi hollarda tugatiladi:
ishsiz shaxs ishga joylashganda
;ishsiz shaxs maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etganda
;ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini aldov yoʻli bilan olganda
;ishsiz shaxslar tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga va shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan subsidiyalarni olganda
;ishsiz shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mikrokreditlar olganda
;ishsiz shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganda
;ishsiz shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganda
;ishsiz shaxs qonun hujjatlariga muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlganda (pensiya turidan qatʼi nazar)
;ishsiz shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganda
;ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrida vaqtincha bajariladigan ishga mahalliy mehnat organini bu haqda xabardor qilmay joylashganda
;ishsiz shaxs vafot etganda.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash yuqorida koʻrsatilgan hollardan biri yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran tugatiladi.
Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga muntazam ravishda uzrli sabablarsiz kelmagan yoki belgilangan muddatlarda kelishdan boʻyin tovlagan yoxud ishga joylashtirishga doir yoʻllanma yoxud ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma olish uchun uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda ham ishsizlik nafaqasini toʻlash muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash davri tugaganligi yoki nafaqani toʻlash tugatilganligi ishsiz shaxslarni mahalliy mehnat organlarida hisobdan chiqarish uchun asos boʻlmaydi.
Ishsiz shaxsning kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan oʻtish taklifini rad etishiga maqbul ishni rad etish sifatida qaralmaydi va ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatishga sabab boʻlmaydi.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
ishsiz shaxs kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilganda — stipendiya toʻlangan holda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida
;ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursidan oʻtganda — bunday muassasada boʻlish davrida
;ishsiz shaxs haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotganda — bunday ishlarda ishtirok etish davrida.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash ishsiz shaxs belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra mahalliy mehnat organiga kelmagan taqdirda uch oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Murojaat yuborishShaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish shartlari qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 44-moddasiga asosan, oʻn olti yoshdan to pensiya taʼminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan, haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb eʼtirof etiladi.
Agar ish qidirayotgan shaxsga u roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran dastlabki oʻn kun ichida maqbul keladigan ish taklif etilmagan boʻlsa yoki mahalliy mehnat organi mazkur shaxs ishga joylashtirish uchun yuborilgan tashkilotdan rad javobini olgan boʻlsa, shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn birinchi kundan kechiktirmay mahalliy mehnat organi tomonidan qabul qilinadi.
Shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror mahalliy mehnat organining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, ushbu buyruq bir vaqtning oʻzida ishsizlik nafaqasi tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq hisoblanadi. Buyruqda ishsizlik nafaqasining miqdori va uni hisoblash sanasi koʻrsatiladi.
Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxs qabul qilingan qaror toʻgʻrisida mazkur qaror qabul qilinganidan keyin ikki kunlik muddatdan kechiktirmay yozma ravishda yoki telefon, elektron pochta orqali xabardor qilinadi. Bunda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsga uning huquq va majburiyatlari, mahalliy mehnat organiga yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish boʻyicha sektorga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga biriktirilgan xodim huzuriga qayta roʻyxatdan oʻtish uchun majburiy kelish sanasi, ishsizlik nafaqasini olish shartlari va joyi, shuningdek ishsiz shaxs uchun zarur boʻlgan boshqa axborot xabar qilinadi.
Shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish chogʻida mehnat daftarchasiga yozuv qayd etilmaydi.
Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar bepul maslahat olish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish xizmatlarini olish, shuningdek mahalliy mehnat organlari koʻmagida ishga joylashish huquqiga ega.
Murojaat yuborishIsh qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga olish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 29-moddasiga asosan, ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olish:
qishloq joylarda — mahalliy mehnat organining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor hududiga, ish qidirayotgan shaxsning yashash joyidagi fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga biriktirilgan xodimi tomonidan
;agar ish qidirayotgan shaxs mahalliy mehnat organi joylashgan aholi punkti hududida yashayotgan boʻlsa — ishsiz shaxslarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash sektori xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ish qidirayotgan shaxslar mahalliy mehnat organi xodimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
pasportini yoki uning oʻrnini bosuvchi va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni
;mehnat daftarchasini yoki mehnat stajini tasdiqlovchi boshqa hujjatni, bundan birinchi marta ish qidirayotgan shaxslar mustasno
;maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning aslini yoki uning koʻchirma nusxasini (maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda)
;kasbi yoki kasbiy malakasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni yoki uning koʻchirma nusxasini (kasbi yoki kasbiy malakasi mavjud boʻlgan taqdirda)
;ish joyidan oxirgi oʻn ikki oy uchun ish haqi (mehnat daromadi, pul taʼminoti) toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani — ilgari ishlagan shaxslar, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun.
Zarur boʻlganda, mahalliy mehnat organi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda soʻrovnoma yuborishi, shu jumladan elektron hujjat aylanishidan foydalangan holda yuborishi mumkin:
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga — tavsiya etilayotgan mehnatning xususiyati va sharoitlari toʻgʻrisida xulosa olish uchun (nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan)
;sogʻliqni saqlash muassasalariga — tibbiy xulosalar va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni olish uchun (sogʻligʻining holatiga koʻra mehnat faoliyatida cheklovlar mavjud boʻlgan shaxslarga nisbatan)
;jazoni ijro etish muassasalariga — shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun (jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan)
;fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga — bolalarining tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning koʻchirma nusxalarini olish uchun (qaramogʻida bolalari boʻlgan shaxslarga nisbatan)
;Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga — boqimandalar mavjudligi hamda qonun hujjatlarida belgilangan nafaqa va pensiyalarni olmayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun (bolalaridan tashqari boshqa boqimandalari boʻlgan shaxslarga nisbatan).
Zarur boʻlganda, mahalliy mehnat organi murojaat etgan shaxs haqiqatan fermer (dehqon) xoʻjaligi aʼzosi ekanligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashidan axborot soʻrab olishi mumkin.
Murojaat yuborishOʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moliyaviy koʻmak koʻrinishidagi subsidiyalar kislarga beriladi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 19-moddasiga asosan, subsidiya bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moliyaviy koʻmakdir.
Subsidiyalar:
ish beruvchilarga mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirishga doir xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun
;tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shu jumladan shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish, tadbirkorlikka oʻqish xarajatlarini toʻlash va kreditni olish chogʻida sugʻurta polisi haqini toʻlash uchun
;aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslarni ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga
;jismoniy shaxslarga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, urugʻliklar, koʻchatlar, sugʻorish vositalari olish uchun ajratiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-maydagi PQ-4716-sonli qarori (https://lex.uz/docs/4815416)
2-bandiga asosan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:
a) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha
;sugʻorish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha
;urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha
;b) qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha. Bunda:
qishloq xoʻjaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda tashkil etiladi
;qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yoʻnalishi boʻyicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi.
Murojaat yuborishAholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 38-moddasiga asosan, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz otaga yoki onaga, shuningdek koʻp bolali oilalarning ota-onalariga
;umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar
;“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari
;Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar
;nogironligi boʻlgan shaxslar
;pensiyaoldi yoshidagi shaxslar
;jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar
;odam savdosidan jabrlanganlar
;qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar.
Ish beruvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan, zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan ish beruvchi va u vakolat bergan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Qoʻshimcha kafolatlar qoʻshimcha ish oʻrinlarini, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanish asosidagi tashkilotlarni tashkil etish, oʻqitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish, tashkilotlarga ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar orqali taʼminlanadi.
Murojaat yuborishMehnat daftarchasi kimdan olinadi va qanday yuritiladi?
Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
Ish beruvchi o'rindoshlik asosida ishlovchilardan tashqari, korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart.
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o'tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi ma'lumotlarni yozishi shart.
Xodimning iltimosiga ko'ra mehnat daftarchasiga o'rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o'tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
Agar birinchi marta ishga kirayotgan bo'lsangiz mehnat daftarchasini Sizga ish beruvchi o'z hisobidan olib beradi. Sizga beriladigan mehnat daftarchasi Siz ishlayotgan korxona tomonidan hududiy bandlikka ko'maklashish markazidan oldi-sotdi shartnomasi asosida sotib olinadi.
Mehnat daftarchalarini boshqa birovga sotish, fuqarolar tomonidan sotib olish taqiqlanadi. Savdo va xizmat ko'rsatish shahobchalaridan sotib olingan mehnat daftarchalari haqiqiy bo'lmaydi.
Murojaat yuborishMahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlariga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 25-moddasiga asosan, Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ularning xohishiga koʻra xizmatlarning quyidagi turlari taklif etiladi:
aholi bandligi masalalari boʻyicha maslahatlar berish
;murojaat etgan shaxsning kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga va mehnat stajiga, yoshiga, sogʻligʻining holatiga muvofiq maqbul keladigan ishni taklif etish (mavjud boʻlgan taqdirda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida maqbul keladigan ishni izlash
;zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish
;Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborish
;tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish
;kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuborish
;kasbiy malakani baholash
;aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga mikrokreditlar olish uchun tavsiyalar berish.
Aholiga, tashkilotlarga va boshqa ish beruvchilarga mehnat organlari tomonidan koʻrsatiladigan, shu jumladan mehnat bozori holati haqida xabardor qilish boʻyicha xizmatlar bepul taqdim etiladi.
Murojaat yuborishShaxslarni ishsiz deb eʼtirof etishni rad qilish uchun asoslar?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 45-moddasiga asosan, quyidagilar ishsiz deb eʼtirof etilmaydi:
taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaxslar
;mahalliy mehnat organiga yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish boʻyicha sektorga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga biriktirilgan mahalliy mehnat organi xodimi huzuriga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz kelmagan shaxslar
;taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan shaxslar, bundan taʼlimning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar mustasno
;qonun hujjatlariga muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlgan shaxslar (pensiya turidan qatʼi nazar)
;bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayollar
;ishini oʻzgartirmoqchi boʻlgan, lekin mahalliy mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtish paytida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda ishlovchi yoki ularning shtatida hisobda turuvchi shaxslar
;sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganlar
;fermer xoʻjaliklarining rahbarlari va xodimlari, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va aʼzolari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar
;oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.
Murojaat yuborishOʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 35-moddasiga asosan, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganidan keyin oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini oladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olinmagan va shaxsiy mehnatga doir ishtirokiga asoslangan, ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatida nazarda tutilgan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiradigan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinishi mumkin.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxatga olish oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganlik faktini tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) berilgan holda, maxsus mobil ilova yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabar qilish tartibida amalga oshiriladi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar oʻz faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga, shuningdek ish beruvchiga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu talablarga rioya etilmagan taqdirda, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar maqomini yoʻqotadi.
Internet tarmogʻi orqali xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlar bajaruvchi) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (frilansing) quyidagi huquqlarga ega:
xorijdagi norezidentlar boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun xorijiy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli axborot kiritmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlarga xorijiy valyutada toʻlov qabul qilish
;bitim (oferta) toʻgʻrisida ommaviy taklif qabul qilish yoki elektron xabarlar almashish yoxud hisobvaraq-fakturalar (invoys) qoʻyish, shu jumladan elektron shaklda qoʻyish orqali kontrakt tuzmasdan, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish).
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishsiz shaxslarga toʻlanadigan ishsizlik nafaqasi hamda tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan oʻtish davrida ushbu mablagʻlar hisobidan stipendiya olishi mumkin emas.
Murojaat yuborishG'ayriqonuniy ishdan bo'shatilganda ishga tiklash uchun kimga murojaat qilish kerak?
Mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilingan hollarda korxona joylashgan hududdagi aholi bandligiga ko'maklashish markazi, prokuratura, yoki fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudga murojaat qilish lozim bo'ladi.
Xodim g'ayriqonuniy ravishda ishdan bo'shatilganligi aniqlansa, ish beruvchiga aholi bandligiga ko'maklashish markazi davlat mehnat huquq inspektori Yozma ko'rsatma, prokuratura esa protest kiritishi mumkin. Ammo unutmaslik lozimki, yozma ko'rsatma yoki protest kiritilishi ishga tiklashni kafolatlamaydi. Chunki bular bajarilishi majburiy bo'lgan hujjatlar emas. Ish beruvchi yozma ko'rsatma yoki protest bilan kelishmasa uni rad etishi mumkin.
Ishdan bo'shatilgan xodim ishdan bo'shatish to'g'risidagi buyruqni olgan kunidan boshlab bir oydan kechiktirmay tegishli fuqarolik sudiga da'vo ariza kiritishi lozim bo'ladi. Chunki Mehnat kodeksining 270-moddasida shunday talab belgilangan. Bir oydan kechiktirib berilgan da'vo arizalar da'vo muddati o'tkazib yuborilganligi vaji bilan rad etilishi mumkin. Arizaning prokuratura yoki mehnat organlarida o'rganilganligi da'vo muddatini tiklashga sabab bo'la olmaydi.
Xodimlar mehnat huquqiga oid masalalarda sudga da'vo ariza kiritganda davlat boji to'lashdan ozod etiladi.
Murojaat yuborishOʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibi va beriladigan imtiyozlar qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 36-moddasiga asosan, Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlar jismoniy shaxsning yalpi daromadi tarkibiga kiritilmaydi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida amalda ishlab berilgan vaqtdan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdori summasining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy soliq toʻlaydi, ushbu soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻliq yoʻnaltiriladi va shundan kelib chiqqan holda, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqi miqdori aniqlanadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 37-moddasiga binoan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirish davri pensiya olish huquqiga ega boʻlingan paytdan eʼtiboran yoshga doir pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olish davri, mehnat faoliyati bu davrda oʻzini oʻzi band qilish tartibida amalda bajarilganligi yoki bajarilmaganligidan qatʼi nazar, pensiyani tayinlash uchun mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Mahalliy mehnat organlari oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga imtiyozli mikrokreditlar ajratish uchun tijorat banklariga tavsiyalar beradi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan kasbga oʻqitish markazlarida (kasb-hunar taʼlimi muassasalarida) qisqa muddatli kasbga oʻqishni, shuningdek tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqishni bepul oʻtashi mumkin.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni kasbga oʻqitishni tashkil etish va oʻqitish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Mahalliy mehnat organlari oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga mehnat asbob-anjomlarini (motokultivatorlar, oʻt oʻroq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik va qurilish uskunalari hamda boshqalarni), shaxsiy himoya vositalarini va ish kiyimini imtiyozli ijaraga berish punktlarini tashkil etadi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga imtiyozli ijaraga berish uchun mehnat asbob-anjomlari, shaxsiy himoya vositalari va ish kiyimi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan olinadi.
Murojaat yuborishOʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ajratiladigan grantlar qatoriga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 20-moddasiga asosan, grant ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslardir.
Grantlar kasbga oʻqitish markazlariga (kasb-hunar taʼlimi muassasalariga) quyidagilarni moliyalashtirish uchun ajratiladi:
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash xarajatlarini
;kasbga oʻqitish markazlarida (kasb-hunar taʼlimi muassasalarida) fermer xoʻjaliklarining rahbarlari va xodimlarini, dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va aʼzolarini, tomorqa yer uchastkalari egalarini agrotexnologiyalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohasida kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni.
Grantlar fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari, xorijiy tillar va kasbga oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun kasbga oʻqitish markazlariga (kasb-hunar taʼlimi muassasalariga), shuningdek ishlab chiqarishning oʻzida oʻqitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga ham ajratiladi.
Grant ajratilishi uchun talabnoma mehnat bozorining ehtiyojlari hisobga olingan holda, mahalliy mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi va hududiy mehnat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Talabnomaga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan oʻtishni xohlovchi shaxslarning roʻyxati ilova qilinadi.
Grant asosida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) amalga oshirishi mumkin.
Kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va malaka oshirishni moliyalashtirish hududiy mehnat organlari hamda kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Murojaat yuborishVoyaga etmagan shaxslarni ishga joylashish tartibi qanday?
Ishga qabul qilishga o'n olti yoshdan yo'l qo'yiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta'lim maktablari, o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlarining o'quvchilarini ularning sog'lig'iga hamda ma'naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta'lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o'qishdan bo'sh vaqtida bajarishi uchun - ular o'n besh yoshga to'lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi.
18 yoshga to'lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog'lig'i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin bo'lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, er osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi.
18 yoshga to'lmagan shaxslarning belgilab qo'yilgan normadan ortiq og'ir yuk ko'tarishlari va tashishlariga yo'l qo'yilmaydi.
18 yoshga to'lmagan shaxslar dastlabki tibbiy ko'rikdan o'tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o'n sakkiz yoshga to'lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko'rikdan o'tkazib turilishi kerak.
Ish vaqtining muddati o'n oltidan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlarga haftasiga o'ttiz olti soatdan, o'n beshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to'rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
Murojaat yuborishIshsiz shaxslarning mahalliy mehnat organlari tomonidan hisobga olinish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 46-moddasiga asosan, ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasini olish davrida bir oyda kamida ikki marta mahalliy mehnat organlariga kelishi shart. Kelish jadvali, sanasi va vaqti ish qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi mahalliy mehnat organi xodimi tomonidan ishsiz shaxsning mahalliy mehnat organiga kelishi qulayligi hisobga olingan holda belgilanadi.
Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga kelganda mahalliy mehnat organining xodimi:
ishsiz shaxs bilan mazkur shaxsning ishsiz shaxs sifatida maqomini belgilashga va uni ishga joylashtirishga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlarda yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisida suhbat oʻtkazadi
;ishsiz shaxsni mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisida, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtish yoki malakasini oshirish imkoniyatlari haqida, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlari toʻgʻrisida xabardor qiladi
;maqbul keladigan ish mavjud boʻlganda ishga joylashtirishga doir yoʻllanma yoki ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma beradi.
Mahalliy mehnat organi ishsiz shaxslarning oʻz vaqtida mahalliy mehnat organiga kelib turishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Ishsiz shaxslarning mahalliy mehnat organlariga kelishini hisobga olish ularning ish qidirish va ishga joylashishdagi faolligini oshirish, ularga mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi joriy axborotni taqdim etish, shuningdek ularning ishga joylashishiga va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarning ular tomonidan oʻz vaqtida olinishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Murojaat yuborish. Ishsiz shaxs deb eʼtirof etish rad qilingan shaxs yana qancha muddatdan soʻng qayta ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 45-moddasining ikkinchi qismiga asosan, ishsiz shaxs deb eʼtirof etish rad qilingan shaxs taklif etilgan ishni rad etgan paytdan yoki maqbul keladigan ish boʻyicha taklif olish uchun mahalliy mehnat organiga uzrli sababsiz kelmagan paytdan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun oʻtganidan keyingina ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega.
Murojaat yuborishDavlatning ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanishiga oid kafolatlariga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 47-moddasiga asosan, Davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:
ishsizlik nafaqasi toʻlanishini
;mehnat organlarining yoʻllanmasi boʻyicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya toʻlanishini va shu davr umumiy mehnat stajiga qoʻshilishini
;mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasiga koʻra bepul, shu jumladan grantlar hisobidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni
;haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish imkoniyatini
;tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan, ushbu Qonun 19-moddasi ikkinchi qismining uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan subsidiyalarni olish imkoniyatini
;mahalliy mehnat organlarining taklifiga koʻra ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa yerga koʻchib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar kompensatsiya qilinishini.
Murojaat yuborishXorijda ishlamoqchiman, buning uchun nimalar qilishim kerak?
Har kim xorijiy davlatdagi ish beruvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish yo'li bilan yoki O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vositachiligi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida xorijda ishga joylashish huquqiga ega.
Biror bir xorijiy davlatdagi korxonada ma'lumotingiz, malaka va mutaxassisligingizga mos bo'sh ish o'rni mavjudligi haqida xabar topsangiz shu lavozimga ishga qabul qilishni so'rab ish beruvchiga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin. Bu odatda shu korxonaning rasmiy veb-saytida e'lon qilingan ma'lumotlarga asosan talab qilingan tilda to'ldirilgan rez'yumeni yuborish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Xorijda ishga joylashishda O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vositachiligidan foydalanish mumkin. Buning uchun agentlikning rasmiy veb-saytida ro'yxatdan o'tishi yoki to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish lozim bo'ladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslar ishga joylashishni xususiy bandlik agentliklari orqali pullik asosda amalga oshirishlari mumkin.
Biror bir xususiy bandlik agentligining xizmatlaridan foydalanishdan avval uning mazkur faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beruvchi maxsus litsenziyaga ega ekanligini tekshirib olish zarur. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining veb-saytida xususiy bandlik agentliklarining reestri yuritiladi.
Xususiy bandlik agentliklari xizmatlari pullik bo'lib va bu narxlar mazkur agentlikning o'zi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi, moddiy qo'llab-quvvatlanadi.
Murojaat yuborishAholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 38-moddasiga asosan, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz otaga yoki onaga, shuningdek koʻp bolali oilalarning ota-onalariga
;umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar
;“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari
;Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar
;nogironligi boʻlgan shaxslar
;pensiyaoldi yoshidagi shaxslar
;jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar
;odam savdosidan jabrlanganlar
;qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar.
Ish beruvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan, zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan ish beruvchi va u vakolat bergan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Qoʻshimcha kafolatlar qoʻshimcha ish oʻrinlarini, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanish asosidagi tashkilotlarni tashkil etish, oʻqitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish, tashkilotlarga ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar orqali taʼminlanadi.
Murojaat yuborish