Call-center

1242
my.gov.uz umumiy savollar (24/7)
1148
taklif va shikoyatlar

Hayotiy vaziyatlar

Nogironlik pensiyasini olish qanday rasmiylashtiriladi?

Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj boʼlgan shaxs nogiron hisoblanadi.

Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning oʼz-oʼziga xizmat qilish, yurish, yoʼlni topa olish, muloqot qilish, oʼz hatti- harakatini nazorat etish, shuningdek mehnat faoliyati bilan shugʼullanish qobiliyati yoki imkoniyatini toʼla yohud qisman yoʼqotganligida ifodalanadi.

Shaxsni nogiron deb topish tibbiy - mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) amalga oshiriladi. Nogironlik yoshdan qatʼi nazar belgilanadi.

Аgarda bemor 6 oydan ortiq   bemor boʼlib, kasalligi tuzalmayotgan bulsa va bu kasallik  sababli  ish qobiliyati cheklanib  qolgan boʼlsa, unda bemor oʼzi istiqomat qiladigan manzildagi poliklinikadagi VKK komissiyasiga nogironlik guruxini belgilab berish xaqida murojaat qilish xuquqiga ega.  VKK komissiyasi  bemor xujjatlarini oʼrganib, bemorni tibbiy koʼrikdan oʼtkazadi.Bemorni tashxizini tasdiqlash maqsadida 2-oygacha kasal turiga qarab maxsus kasalxonaga yotiishiga yoʼllanma beradi. Аgarda tuzalish extimoli kam boʼlgan  kasal turi mavjud xollarda kasalxonaga tashxizni tasdiqlash uchun bemor yuborilmaydi.  Bemorning tashxizini kasalxona tasdiqlab bersa unda VKK komissiyasi bemorni nogironlik guruxini olish uchun TMEK komissiyasiga yoʼllanmaa beradi.  TMEK komissiya 1 oy muddatda nogironlik guruxini belgilab beradi yoki rad javobini beradi.

Nogironlik qanday mezonlar asosida belgilanadi?

Nogironlikni belgilash toʼgʼrisidagi qaror klinik, psixologik, ijtimoiy-maishiy va kasbiy omillar majmuini baholashda asoslanadi. Bu holda quyidagilar hisobga olinadi: kasallanishning xarakteri, funktsiyaning buzilish darajasi, davolashning, reabilita-tsiya tadbirlarining samaradorligi, kompensatsiyalab turuvchi mexanizmlarning hola-ti, klinik va mehnat prognozi, ijtimoiy moslashuv imkoniyati, turli ijtimoiy yordam turlariga muhtojlik, shaxsiyat aniqlanishilari, mehnatning aniq sharoitlari va uning mazmuni, kasb tayyorgarligi va boshqalar. Nogironlik yoshdan qatʼi nazar belgilanadi.

Shaxs nogiron deb eʼtirof etilganida, mehnatga layoqatlilikning buzilishi darajasidan kelib chiqqan holda nogironlikning birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhlari belgilanadi.

I - guruh nogironligi - mehnat qilish qobiliyatini butunlay yoʼqotgan va oʼzgalarning yordamiga, parvarishiga muhtoj boʼlgan shahslarga belgilanadi;
II - guruh nogironligi – mehnat qilish qobiliyatini butunlay yoʼqotgan, lekin oʼzgalar yordamiga, parvarishiga muhtoj boʼlmagan shahslarga belgilanadi;
III – guruh nogironligi – mehnat qilish qobiliyatini qisman yoʼqotgan shaxslarga belgilanadi.

Nogironligi bor shaxslar qancha muddatda tibbiy koʼrikdan oʼtib turishi kerak?

Nogironlarni qayta koʼrikdan oʼtkazish, shu jumladan kasb boʼyicha mehnatga layoqatni yoʼqotganlik foizlar darajasini aniqlash uchun qayta tibbiy tekshirish olti oyda, bir yoki ikki yil muddatida bir marta oʼtkaziladi.

Nogironlik guruhi quyidagi xolatlarda muddatsiz belgilanadi:

60 yoshdan katta nogiron erkaklarga va 55 yoshdan katta nogiron ayollarga.
Keyingi 5 yil va undan ortiq yil mobaynida nogironlikning I yoki II guruhi belgilangan, 5 yil mobaynida Davolash profilaktika muassasasi-poliklinikada toʼliq dispanser koʼrigidan oʼtgan, reabilitatsiya dasturlari bajarilgan, shuningdek reabilitatsiyaning barcha turlari istiqbolsiz boʼlgan, tiklab boʼlmaydigan anatomik-funktsional buzilishlar yoki zoʼrayuvchi kasalliklarga duchor boʼlgan nogironlarga.

Nogironlik darajasini oʼzgartirish mumkinmi?

Nogironlik guruxini olgan shaxsni sogligi keskin yemonlashsa, yeki yaxshilanib ketsa unda TMEK tomonidan nogironlik guruxi uzgartirishi mumkun.

Аgar fuqaro TMEK tomonidan unga berilgan nogironlik guruxidan norozi boʼlsa, unda ushbu TMEK xulosasini yuqori turuvchi TMEK komissiyasi yoki Sud orqali oʼzgartirish uchun ariza berish xuquqiga ega.

Nogironligi bor shaxslar soliqlardan ozod etilganmi?

Bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar, daromadlar qaysi oyda olingan boʼlsa, oʼsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar boʼyicha soliq solishdan ozod etiladi:

I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslarning mulkida boʼlgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:

I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar yer soligʼidan ozod qilinadi:

Аvtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) Oʼzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʼimni toʼlashdan quyidagilar ozod qilinadi:

a)ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qoʼl bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani sotib oluvchi barcha guruhlardagi nogironligi boʼlgan shaxslar;

b) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar;

Faoliyat koʼrsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun — bir oyda eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʼrnatilgan.

Nogironlarga ijtimoiy yordamning qanday turlari koʼrsatiladi?

Nogironlarga quyidagicha ijtimoiy yordam koʼrsatiladi:

pul toʼlovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yoʼla beriladigan toʼlovlar) shaklida;

texnika vositalari hamda boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, oʼrindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus xarfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan taʼminlash ;

tibbiy, ijtimoiy va kasb jihatidan tiklash hamda maishiy xizmat, transport xizmati koʼrsatish yoʼli bilan beriladi.

Nogironlik pensiyasi qanday tayinlanadi?

Har oylik nafaqalarni olish huquqiga tibbiy  -mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I yoki II guruh nogironlari deb tan olingan ish stajiga ega boʼlmagan 16 yoshdan katta boʼlgan shaxslar, shuningdek, 16 yoshgacha boʼlgan nogiron bolalar nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy maʼlumotlar mavjud boʼlgan taqdirda ega boʼladilar.

 I yoki II guruh bolalikdan nogironlarga hamda 16 yoshgacha boʼlgan nogiron bolalarga nafaqalar eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida tayinlanadi.

Nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi ariza bolalikdan I yoki II guruh nogironi tomonidan yashash joyidagi tuman (shahar) Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi boʼlimiga beriladi.

Mehnatga layoqatsiz deb topilgan I va II guruh bolalikdan nogironga, shuningdek, nogiron bolaga nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi ariza ota-onalardan biri, vasiy tomonidan yashash joyi boʼyicha beriladi.

Nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi arizaga I va II guruh bolalikdan nogiron yoxud nogiron bolaning yoshi va turar joyi toʼgʼrisidagi hujjatlar, shuningdek, ariza bergan ota-onalar, vasiylarning yashash joyi toʼgʼrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.

Vasiy ariza bilan murojaat qilgan hollarda vasiylik organining vasiy qilib tayinlash toʼgʼrisidagi qarorining bir nusxasi ilova qilinadi.

Ijtimoiy taʼminot boʼlimi I va II guruh bolalikdan nogironning arizasiga ular tomonidan tibbiy mehnat-ekspert komissiyasidan olingan tekshirish dalolatnomasidan koʼchirmani ilova qiladi.

Nogiron bolaga nafaqa tayinlash chogʼida sogʼliqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa taqdim etiladi.

Nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi arizani qabul qilib olgan Ijtimoiy taʼminot boʼlimi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana koʼrsatilgan holda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligi haqida tilxat beriladi.

Аriza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash toʼgʼrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi. 

Аgar nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi ariza pochta orqali yuborilsa hamda barcha zarur hujjatlar taqdim etilsa, ariza joʼnatilgan joyning pochta shtempelida koʼrsatilgan sana nafaqa tayinlash toʼgʼrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.

Аrizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda qanday hujjatlarni qoʼshimcha ravishda taqdim etish kerakligi ariza beruvchiga maʼlum qilinadi. Аgar bu hujjatlar qoʼshimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi toʼgʼrisida bildirish olingan kundan boshlab 3 oydan kechikmay taqdim etilsa, nafaqa tayinlash toʼgʼrisida ariza qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash toʼgʼrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.

Nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay koʼrib chiqiladi.

Nafaqa tayinlash toʼgʼrisida murojaat qiluvchi nafaqa tayinlash haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish organiga shikoyat qilishi mumkin. Аriza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.

Nafaqa nafaqa tayinlash toʼgʼrisida murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. I va II guruh bolalikdan nogironlarga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolalarga nafaqa tibbiy xulosada belgilangan muddatga tayinlanadi.

Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi ariza va nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi qaror nafaqa oluvchining alohida shaxsiy hujjatlar yigʼma jildida saqlanadi.

Nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogironning, yoxud nafaqa tayinlangan nogiron bolalarning ota-onalari yashaydigan joy boʼyicha tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʼlimi tomonidan tayinlanadi va toʼlanadi. Vasiylarga nafaqa ularning yashash joylari boʼyicha toʼlanadi.

Nafaqalarni toʼlash har oyda Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi boʼlimlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq nafaqa toʼlanadigan oydan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay amalga oshiriladi

Nogironlik pensiyasini tayinlash uchun qanday hujjatlar kerak?

Nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi ariza ariza beruvchi yashaydigan joydagi tuman (shaxar) ijtimoiy taʼminot boʼlimiga beriladi.

Nogironlik yoki yosh boʼyicha nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

yosh boʼyicha nafaqa tayinlashda — ariza beruvchining yoshini tasdiqlovchi hujjat (pasportdan koʼchirma yoki tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma nusxasi);

yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma, unda barcha oila aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʼilgan yillari, qarindoshlik darajasi, nafaqa 

soʼrab murojaat etgan shaxs oilasi har bir aʼzosining turmush kechirish manbalari koʼrsatilgan boʼlishi kerak;

ariza beruvchi oilasining umumiy  daromadi toʼgʼrisida maʼlumotnoma;

nogironlik boʼyicha nafaqa tayinlashda — TMEKning nogironlikni tasdiqlovchi xulosasi;

boquvchisini yoʼqotganlik boʼyicha nafaqa tayinlashda — boquvchisining vafot etganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma va bolalarning tugʼilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomalar nusxalari.

Nogironlik pensiyasi qancha muddatga tayinlanadi?

Bolalikdan, nogironlik va boquvchisini yoʼqotganlik boʼyicha nafaqalar Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi boʼlimlari tomonidan tayinlanadi. Nafaqalar barcha zarur hujjatlar mavjud boʼlgan taqdirda murojaat etilgan kundan boshlab tayinlanadi.

Nafaqa tayinlash toʼgʼrisidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay koʼrib chiqiladi.

Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda ijtimoiy taʼminot boʼlimi tegishli qaror chiqarilgandan soʼng 10 kundan kechikmay rad etilganlik toʼgʼrisidagi bildirishni ariza beruvchining qoʼliga beradi yoki pochta orqali yuboradi hamda bir vaqtning oʼzida barcha hujjatlarni qaytaradi.

Tuman (shaxar) ijtimoiy taʼminot boʼlimining qarori ustidan ariza beruvchi yuqori tashkilotga shikoyat qilishi mumkin. Аriza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal qilinadi.

Nogironlik pensiyasining miqdori qancha?

2020 yil 1 fevraldan boshlab:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so‘m;
eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga 
yeriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so‘m;

Nogironligi bor shaxslar uchun qanday imtiyozlar bor?

I va II guruh nogironlariga oliy ta'lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratilgan.
 Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo‘lgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi.
Ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo‘llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart.
TMEKning nogironlarga to‘liqsiz ish vaqti rejimi o‘rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir.
I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to‘lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
I va II guruh nogironlariga o‘ttiz kalendar' kundan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta'til beriladi.
Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitasiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan bepul ta'minlanish huquqiga ega bo‘lgan imtiyozli shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan.
Muhtoj nogironlar reabilitasiya texnik vositalarini o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olgan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensasiya to‘lanadi.
1 va 2 gurux nogironlari uy joy olinishida imtiyozlarga yega.