Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maxfiylik siyosati

1. Jismoniy yoki yuridik shaxs (Ariza beruvchi), O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun so‘rov yuborish vaqtida, mazkur shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiylik siyosatini (Maxfiylik siyosati) qabul qiladi va shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilishiga o‘z roziligini beradi.

2. Arizachining Yagona portalda mazkur maxfiylik siyosatining barcha bandlari bilan tanishishi va kerakli belgini qo‘yishi – ushbu maxfiylik siyosatiga uning to‘liq va e’tirozlarsiz kelishuvini (Kelishuv) bildirishi va ularni qabul qilishini anglatadi.

3. Arizachi maxfiylik siyosatini qabul qilish orqali Yagona portal tegishli bo‘lgan “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM (Operator) va davlat xizmatlarini tegishli ma’muriy reglamentlar bo‘yicha ko‘rsatishga mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga o‘z roziligini beradi.
Bunda ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari davlat xizmatini ko‘rsatishga mas’ul tashkilotga o‘zaro elektron hamkorlik yo‘li orqali yuboriladi va qayta ishlanadi.

4. Arizachi quyidagi shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga o‘z roziligini beradi:
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
b) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
d) pasport seriyasi va raqami;
e) yashash joyi manzili;
f) oilaviy munosabatlar;
g) elektron pochta manzil(lar)i;
g‘) telefon raqami;
h) ariza beruvchi taqdim qilayotgan boshqa ma’lumotlar.

Voyaga yetmagan subyektlarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish uchun ularning ota-onalari (vasiylari, homiylari), ular yo‘qligida esa vasiylik va homiylik organlari yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.

5. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning maqsadi:
a) Yagona portaldan foydalanayotgan Arizachining shaxsini identifikatsiyalash;
b) ariza beruvchining Yagona portal orqali davlat organlari tomonidan ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlaridan foydalana olishini ta’minlash.

6. Ariza beruvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish mobaynida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) yig‘ish;
b) tizimlashtirish;
d) saqlash;
e) o‘zgartirish;
f) to‘ldirish;
g) ulardan foydalanish;
g‘) ularni berish;
h) tarqatish;
i) uzatish;
j) egasizlantirish;
k) yo‘q qilish.

7.O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandiga muvofiq, ariza beruvchining shaxsga doir ma’lumotlari muxofaza qilinishi ta’minlanadi.

8. Ariza beruvchi, u tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlar shaxsan o‘ziga tegishliligini tasdiqlaydi.

9. Ariza beruvchining shaxsga doir ma’lumotlari – ularga ishlov berish yakunlanguncha yohud mazkur Maxfiylik siyosatining 12-bandiga muvofiq Kelishuv tugaguniga qadar saqlanadi va ishlov beriladi.

10. Kelishuv, ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra xat shaklida operatorga murojaat qilish orqali bekor qilinishi mumkin.

11. Ariza beruvchi davlat xizmatlarini ko‘rsatish reglamentlariga muvofiq Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan davlat organlaridan axborot xabarlarini qabul qiladi.

12. Arizachining Kelishuvi uni bekor qilinguniga qadar amalda bo‘ladi.

13. Mazkur maxfiylik siyosati Yagona portalda joylashtirilgan vaqtidan boshlab amalda bo‘ladi va operator tomonidan ariza beruvchini ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting