Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maxfiylik siyosati

1. Jismoniy yoki yuridik shaxs (Ariza beruvchi), O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun so‘rov yuborish vaqtida, mazkur shaxsga doir ma’lumotlarni maxfiylik siyosatini (keyingi o‘rinlarda - Maxfiylik siyosati) qabul qiladi va shaxsga doir ma’lumotlarini ishlov berishga o‘z roziligini beradi;

2. Mazkur maxfiylik siyosatining barcha bandlari bilan my.gov.uz saytida Arizachi tanishishi va kerakli belgini qo‘yishi, mazkur maxfiylik siyosatiga uning to‘liq va e’tirozsiz kelishuvini (Kelishuv) bildirishi va ularni qabul qilishi hisoblanadi;

3. Arizachi maxfiylik siyosatini qabul qilib, my.gov.uz sayti tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi DUKga va davlat xizmatlarini ma’muriy reglamentlar bo‘yicha ko‘rsatishga mas’ul tashkilotar tomonidan shaxsiy ma’lumotlarini ishlov berishga o‘z roziligini beradi;

4. Arizachi quyidagi shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga o‘z roziligini beradi:
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
b) pasport seriyasi va raqami;
v) yashash joyi manzili;
g) elektron pochta manzil (lar)i; d) telefon raqami;
ye) Ariza beruvchi tomonidan taqdim qilayotgan boshqa ma’lumotlar.

5. Shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berishning maqsadi:
a) Yagona portaldan foydalanayotgan Arizachini identifikatsiyalash;
b) Ariza beruvchining Yagona portal orqali davlat organlari tomonidan ma’muriy reglamentlariga muvofiq ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlaridan ruxsat olib foydalana olishini ta’minlash.

6. Ariza beruvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish mobaynida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) yig‘ish;
b) tizimlashtirish;
v) saqlash;
g) o‘zgartirish;
d) to‘ldirish;
ye) ulardan foydalanish;
j) ularni berish;
z) tarqatish;
i) uzatish;
k) egasizlantirish;
l) yo‘q qilish.

7. O‘zbekiston Respublikasi «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunning 12 moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi Nizomning 9 bandiga muvofiq, Ariza beruvchiga shaxsga doir ma’lumotlarini uning ruxsatisiz foydalanish muxofaza qilinishi ta’minlanadi;

8. Ariza beruvchi, u tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlar shaxsan unga tegishliligini tasdiqlaydi;

9. Ariza beruvchining shaxsga doir ma’lumotlari ularni ishlov berish maqsadiga erishgunga yohud mazkur Maxfiylik siyosatining 13 bandiga muvofiq Kelishuv tugaguniga qadar saqlanadi va ishlov beriladi;

10. Kelishuv, Ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra xat shaklida operatorga murojaat qilib bekor qilinishi mumkin;

11. Ariza beruvchi davlat xizmatlarni ko‘rsatish reglamentlariga muvofiq Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan davlat organlaridan axborot xabarlarini qabul qiladi;

12. Arizachining Kelishuvi uni bekor qilinguniga qadar amalda bo‘ladi;

13. Mazkur maxfiylik siyosati my.gov.uz saytida joylashtirilgan vaqtidan boshlab amalda bo‘ladi va operator tomonidan Ariza beruvchini ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.