- Nikoh qanday rasmiylashtiriladi?
- Xorij fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bilan nikoh tuzmoqchiman.
- Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish uchun javobgarlik bormi?
- Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish uchun javobgarlik bormi?
- Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish uchun javobgarlik bormi?
- Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida oʻtkaziladigan tanlovda qatnashishning talablari va shartlari qanday?
- Nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzmoqchiman
- Nikohni xorijda rasmiylashtirmoqchiman, buning uchun nima qilishim kerak?
- Nikoh shartnomasi nima va u qanday tuziladi?
- Nikoh qanday bekor qilinadi (tugatiladi)?
- Men mahallamda yashovchi Ikrom ismli yigit bilan unashtirilgan edim biroq taqdir taqazosi bilan boʻlajak turmush oʻrtogʻim sud hukmiga asosan ozodlikdan 2 yilga mahrum boʻldi. Men ular bilan endi qayerda nikohimni rasmiylashtiraman?
- Nikoh tuzilganligini qayd etish uchun FHDY organiga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
- Bobom FHDY boʻlimi mudiri, nikohimni oʻzlari qayd etishini xohlagandim. Lekin mumkin emasligini aytishdi. Buning sababi nimada?
- Turmush oʻrtogʻim bilan nikoh qurganimizga 10 yildan oshdi, turmush oʻrtogʻim bilan nikoh shartnomasi tuzish istagi paydo boʻldi qayerga murojaat qilishimiz mumkin?
- FHDYga nikohni qayd etish uchun ariza bermoqchimiz, boʻlajak kuyov Toshkent shahrida doimiy isteʼqomat qiladi men esa Xorazmda, buning uchun kuyovni doimiy yashash joyidagi FDHYOga ariza beriladimi yoki mening yashash joyimdagigami, shuningdek xozirgi vaqtda Toshkent shahrida boʻlganim sababli tibbiy koʻrikdan shu yerdagi tibbiyot muassasalaridan oʻtsam boʻladimi?
- Singlim chet el fuqarosiga turmushga chiqmoqchi nikoh tuzish tartibi haqida maʼlumot bersangiz?
Nikoh qanday rasmiylashtiriladi?
O'zbekistonda nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 (o'n sakkiz) yosh etib belgilanadi. 
;Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to'g'rida ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o'tgach ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.
Uzrli sabablar bo'lganda arizachilarning iltimoslariga ko'ra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin. Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tug'ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi haqidagi ma'lumotnomasi, xizmat safari to'g'risidagi guvohnoma va shu kabi hujjatlar ko'rsatiladi.
FHDYo organlari tomonidan arizani qabul qilishda tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yo'llanma beriladi. Nikohlanuvchilar o'zlari doimiy yoki vaqtincha yashaydigan hududdagi poliklinikada tibbiy ko'rikdan o'tib, uning hulosalarini FXDYoga taqdim etishlari kerak. 50 yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infektsiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o'tishi kerak.
Nikohlanuvchi shaxslarning iltimosi va otasi yoki onasining yozma arizasiga ko'ra nikoh ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organida ham qayd etilishi mumkin.
Nikohni qayd etganlik uchun nikohlanuvchilarning biridan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (01.12.2023 yil holatiga 68 000 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi.
Nikoh tuzilgandan keyin bu haqida yagona nusxada guvohnoma beriladi va er va xotinning pasportlariga shtamp qo'yiladi unga tegishli yozuvlar yozib qo'yiladi.
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o'tayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDYo organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDYo organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati tomonidan ajratilgan binoda nikohga kiruvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. Mahkum bilan nikohga kiruvchi shaxsga FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma beriladi.
Xorij fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bilan nikoh tuzmoqchiman.
O'zbekiston Respublikasi FHDYo organlarida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o'rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
O'zbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning O'zbekiston Respublikasida bo'lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo'lsagina amalga oshiriladi.
Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo'yilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.
O'zbekiston fuqarosi bilan nikohga kirgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikoh qayd etilganligi to'g'risida belgi qo'yiladi, agar shaxsini tasdiqlovchi hujjatda bunday belgi qo'yish uchun joy mavjud bo'lsa.
FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etilgandan keyin O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohga kirgan shaxs fuqarosi bo'lgan xorijiy davlatning tegishli organiga nikoh tuzilganligi to'g'risidagi xabarnoma yuboriladi.
Nikohni qayd etganlik uchun nikohlanuvchilarning biridan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (01.12.2019 yil holatiga 44 600 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi.
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish uchun javobgarlik bormi?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 473-moddasiga muvofiq, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish - bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish uchun javobgarlik bormi?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 473-moddasiga muvofiq, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish - bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish uchun javobgarlik bormi?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 473-moddasiga muvofiq, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, - bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida oʻtkaziladigan tanlovda qatnashishning talablari va shartlari qanday?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.01.2024-yildagi 11-son qarori.
Qarorga muvofiq, tanlovda qatnashishning talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
talaba bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan boʻlishi
;talabaning taʼlim yoʻnalishi (yoki mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yoʻnalishiga mos boʻlishi
;talaba Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlishi.
Nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzmoqchiman
Nikoh yoshi (18 yosh)ga etmaganlar ham nikoh tuzishi mumkin. Uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda, ya'ni ayolning homiladorligi, bola tug'ilishi, voyaga etmagan shaxsning to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi, nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko'ra nikoh davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
Nikohni xorijda rasmiylashtirmoqchiman, buning uchun nima qilishim kerak?
Chet elda doimiy yashovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarosining nikohini qayd etish o'sha davlat qonunchiligiga asosan uning vakolatli organlari tomonidan yoki O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida O'zbekistonda amal qiladigan qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi hududida joylashgan o'sha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek imzolashda o'sha davlat va O'zbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu xalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqa davlatda yashovchi O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bilan mazkur davlatning tegishli organlarida nikohni qayd ettirmoqchi bo'lgan o'sha davlat fuqarosining iltimosiga ko'ra, konsul nikohni qayd etuvchi o'sha davlat organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi nikohda turmasligi haqida ma'lumotnoma berishi mumkin.
Bunday ma'lumotnomalar konsullik muassasalarida mavjud bo'lgan ma'lumotlar asosida beriladi.
Agar konsullik muassasasida nikohlanuvchi shaxsning oilaviy ahvoli to'g'risida ma'lumotlar bo'lmasa konsul bu ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan oladi.
Nikoh shartnomasi nima va u qanday tuziladi?
Er va xotinning nikohda bo'lgan davrida hamda er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilash maqsadida nikoh shartnomasi tuzilishi mumkin. Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro'yxatiga olingunga kadar bo'lajak er va xotinlar o'rtasida, shuningdek, er-xotin o'rtasida nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.
Bo'lajak er va xotinlar o'rtasida tuzilgan nikoh shartnomasi kayd etilgan kundan e'tiboran kuchga kiradi. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilib, albatta, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Nikoh shartnomasi nikoh tuzilgan kunda mavjud bo'lgan mol-mulkka nisbatan ham, kelgusida orttiriladigan mol-mulkka nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Bundan tashqari, nikoh shartnomasida er va xotin o'zaro moddiy ta'minot berish, oila xarajatlarini birgalikda ko'tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish bo'yicha o'z huquq va majburiyatlarini belgilab olish, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olish, shuningdek, mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalarni kiritishga haqli.
Nikoh shartnomasida belgilab qo'yilgan er va xotinning huquq va majburiyatlari muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog'liq qilib ham qo'yilishi mumkin. Nikoh shartnomasida oila qonun hujjatlari normalariga zid keluvchi, er yoki xotindan birining huquqlarini cheklovchi, bolalarga nisbatan bo'lgan er va xotinning huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, er va xotin o'rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solishni, er va xotindan birini o'ta noqulay holatga solib ko'yuvchi boshqa shartlarni nazarda tutish mumkin emas. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo'l qo'yilmaydi. Er-xotindan birining talabi bilan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda va asoslarda sudning hal qiluv qarori bilan o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Nikoh shartnomasining amal qilinishi nikoh tugatilgan paytdan e'tiboran tugaydi, ammo nikoh shartnomasida nikoh tugatilgandan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar o'z kuchini yo'qotmaydi. Nikoh shartnomasi qonunda belgilangan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda sud tomonidan er-xotindan birining talabi bo'yicha to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Er-xotin nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni o'zgartirayotgani yoki bekor qilayotgani to'g'risida o'z kreditorini xabardor qilishlari shart. Kreditor sharoit jiddiy o'zgargani tufayli nikoh shartnomasining shartlari qonunda belgilangan tartibda o'zgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.
Nikoh qanday bekor qilinadi (tugatiladi)?
Umumiy qoidaga ko'ra nikoh FXDYo organlari va sud orqali bekor qilinishi mumkin.
Nikohni FXDYo organlarida bekor qilish:
Farzandi bo'lmagan yoki voyaga etmagan bolalari bo'lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o'zaro rozi bo'lsalar, ular nikohdan FHDYo orqali ajratilishi mumkin.
Agar er-xotindan biri:
sud tomonidan bedarak yo'qolgan deb topilgan bo'lsa
;sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'lsa
;jinoyat sodir qilib uch yildan kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo'lsa, o'rtada voyaga etmagan bolalari borligidan qat'i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko'ra ular FHDYo bo'limida nikohdan ajratiladi.
Nikoh voyaga etmagan bolalari bo'lmagan er-xotinlarning o'zaro roziligi bo'yicha FHDYo bo'limida bekor qilinsa er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan bazaviy hisoblash miqdorining 150 foizi (01.12.2019 yil holatiga 334 500 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi.
Er-xotin o'rtasida mulkiy yoki boshqa nizo bo'lgan taqdirda nikoh taraflardan birining arizasi bilan sud orqali ajratiladi.
Da'vogar (er yoki xotin) nikohni bekor qilish haqidagi da'vo ariza bilan javob (er yoki xotin) doimiy yashaydigan hudud bo'yicha fuqarolik sudiga da'vo ariza kiritadi.
Sudda ish yuritish uchun da'vogardan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (01.12.2019 yil holatiga 446 000 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi.
Sud ishning ko'rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashi mumkin.
Sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo'q deb topsagina, ularni nikohdan ajratadi.
Men mahallamda yashovchi Ikrom ismli yigit bilan unashtirilgan edim biroq taqdir taqazosi bilan boʻlajak turmush oʻrtogʻim sud hukmiga asosan ozodlikdan 2 yilga mahrum boʻldi. Men ular bilan endi qayerda nikohimni rasmiylashtiraman?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 100-bandiga asosan jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDY organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab berilgan.
Nikoh tuzilganligini qayd etish uchun FHDY organiga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi ariza
;Nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari – pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlari
;Ilgari nikohda boʻlgan shaxslar uchun nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki sud qarori, erning (xotinning) oʻlimi hakidagi guvohnoma yoxud sudning nikohning haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi hal qiluv qarori
;Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsining nikohga kirish haqidagi arizasiga shaxsining nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.
Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu toʻgʻrida belgilangan namunadagi ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy oʻtgach FHDY organi tomonidan qayd etiladi.
Bobom FHDY boʻlimi mudiri, nikohimni oʻzlari qayd etishini xohlagandim. Lekin mumkin emasligini aytishdi. Buning sababi nimada?
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq, FHDY organlari xodimlari, oʻzi, eri yoki xotini oʻzining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tugʻishgan aka-uka, opa-singillari) toʻgʻrisida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishga haqli emaslar.
Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻysunish tartibida yuqori organning yozma koʻrsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvlarining “Belgilar uchun” ustuniga bu toʻgʻrida tegishli yozuv kiritiladi.
Turmush oʻrtogʻim bilan nikoh qurganimizga 10 yildan oshdi, turmush oʻrtogʻim bilan nikoh shartnomasi tuzish istagi paydo boʻldi qayerga murojaat qilishimiz mumkin?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 30-moddasiga asosan nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda boʻlgan davrida yoki er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.
Nikoh shartnomasi nikoh davlat roʻyxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh davlat roʻyhatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi, nikoh davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi qonunchilikda belgilanib berilgan.
FHDYga nikohni qayd etish uchun ariza bermoqchimiz, boʻlajak kuyov Toshkent shahrida doimiy isteʼqomat qiladi men esa Xorazmda, buning uchun kuyovni doimiy yashash joyidagi FDHYOga ariza beriladimi yoki mening yashash joyimdagigami, shuningdek xozirgi vaqtda Toshkent shahrida boʻlganim sababli tibbiy koʻrikdan shu yerdagi tibbiyot muassasalaridan oʻtsam boʻladimi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”ni 6191-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.
Singlim chet el fuqarosiga turmushga chiqmoqchi nikoh tuzish tartibi haqida maʼlumot bersangiz?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 95-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi FHDY organlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari oʻrtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshirilishi koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy boʻlsagina amalga oshiriladi.
Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsining nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsining nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi belgilangan.
101
Yong'in xavfsizligi xizmati
102
(turistlar uchun - 1173) - Ichki ishlar organlari
103
Tez tibbiy yordam
104
Gaz avariya dispetcherlik xizmati
1050
Qutqaruv xizmati
Nikoh qanday rasmiylashtiriladi?
O'zbekistonda nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 (o'n sakkiz) yosh etib belgilanadi. 
;Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to'g'rida ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o'tgach ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.
Uzrli sabablar bo'lganda arizachilarning iltimoslariga ko'ra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin. Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tug'ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi haqidagi ma'lumotnomasi, xizmat safari to'g'risidagi guvohnoma va shu kabi hujjatlar ko'rsatiladi.
FHDYo organlari tomonidan arizani qabul qilishda tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yo'llanma beriladi. Nikohlanuvchilar o'zlari doimiy yoki vaqtincha yashaydigan hududdagi poliklinikada tibbiy ko'rikdan o'tib, uning hulosalarini FXDYoga taqdim etishlari kerak. 50 yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infektsiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o'tishi kerak.
Nikohlanuvchi shaxslarning iltimosi va otasi yoki onasining yozma arizasiga ko'ra nikoh ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organida ham qayd etilishi mumkin.
Nikohni qayd etganlik uchun nikohlanuvchilarning biridan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (01.12.2023 yil holatiga 68 000 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi.
Nikoh tuzilgandan keyin bu haqida yagona nusxada guvohnoma beriladi va er va xotinning pasportlariga shtamp qo'yiladi unga tegishli yozuvlar yozib qo'yiladi.
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o'tayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDYo organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDYo organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati tomonidan ajratilgan binoda nikohga kiruvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. Mahkum bilan nikohga kiruvchi shaxsga FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma beriladi.
Murojaat yuborishXorij fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bilan nikoh tuzmoqchiman.
O'zbekiston Respublikasi FHDYo organlarida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o'rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
O'zbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning O'zbekiston Respublikasida bo'lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo'lsagina amalga oshiriladi.
Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo'yilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.
O'zbekiston fuqarosi bilan nikohga kirgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikoh qayd etilganligi to'g'risida belgi qo'yiladi, agar shaxsini tasdiqlovchi hujjatda bunday belgi qo'yish uchun joy mavjud bo'lsa.
FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etilgandan keyin O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohga kirgan shaxs fuqarosi bo'lgan xorijiy davlatning tegishli organiga nikoh tuzilganligi to'g'risidagi xabarnoma yuboriladi.
Nikohni qayd etganlik uchun nikohlanuvchilarning biridan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (01.12.2019 yil holatiga 44 600 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi.
Murojaat yuborishNikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish uchun javobgarlik bormi?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 473-moddasiga muvofiq, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish - bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Murojaat yuborishOta-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish uchun javobgarlik bormi?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 473-moddasiga muvofiq, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish - bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Murojaat yuborishNikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish uchun javobgarlik bormi?
Asos:. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 473-moddasiga muvofiq, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, - bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Murojaat yuborishHaq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida oʻtkaziladigan tanlovda qatnashishning talablari va shartlari qanday?
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.01.2024-yildagi 11-son qarori.
Qarorga muvofiq, tanlovda qatnashishning talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
talaba bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan boʻlishi
;talabaning taʼlim yoʻnalishi (yoki mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yoʻnalishiga mos boʻlishi
;talaba Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlishi.
Murojaat yuborishNikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzmoqchiman
Nikoh yoshi (18 yosh)ga etmaganlar ham nikoh tuzishi mumkin. Uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda, ya'ni ayolning homiladorligi, bola tug'ilishi, voyaga etmagan shaxsning to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi, nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko'ra nikoh davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
Murojaat yuborishNikohni xorijda rasmiylashtirmoqchiman, buning uchun nima qilishim kerak?
Chet elda doimiy yashovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarosining nikohini qayd etish o'sha davlat qonunchiligiga asosan uning vakolatli organlari tomonidan yoki O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida O'zbekistonda amal qiladigan qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi hududida joylashgan o'sha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek imzolashda o'sha davlat va O'zbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu xalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqa davlatda yashovchi O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bilan mazkur davlatning tegishli organlarida nikohni qayd ettirmoqchi bo'lgan o'sha davlat fuqarosining iltimosiga ko'ra, konsul nikohni qayd etuvchi o'sha davlat organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi nikohda turmasligi haqida ma'lumotnoma berishi mumkin.
Bunday ma'lumotnomalar konsullik muassasalarida mavjud bo'lgan ma'lumotlar asosida beriladi.
Agar konsullik muassasasida nikohlanuvchi shaxsning oilaviy ahvoli to'g'risida ma'lumotlar bo'lmasa konsul bu ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan oladi.
Murojaat yuborishNikoh shartnomasi nima va u qanday tuziladi?
Er va xotinning nikohda bo'lgan davrida hamda er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilash maqsadida nikoh shartnomasi tuzilishi mumkin. Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro'yxatiga olingunga kadar bo'lajak er va xotinlar o'rtasida, shuningdek, er-xotin o'rtasida nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.
Bo'lajak er va xotinlar o'rtasida tuzilgan nikoh shartnomasi kayd etilgan kundan e'tiboran kuchga kiradi. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilib, albatta, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Nikoh shartnomasi nikoh tuzilgan kunda mavjud bo'lgan mol-mulkka nisbatan ham, kelgusida orttiriladigan mol-mulkka nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Bundan tashqari, nikoh shartnomasida er va xotin o'zaro moddiy ta'minot berish, oila xarajatlarini birgalikda ko'tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish bo'yicha o'z huquq va majburiyatlarini belgilab olish, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olish, shuningdek, mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalarni kiritishga haqli.
Nikoh shartnomasida belgilab qo'yilgan er va xotinning huquq va majburiyatlari muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog'liq qilib ham qo'yilishi mumkin. Nikoh shartnomasida oila qonun hujjatlari normalariga zid keluvchi, er yoki xotindan birining huquqlarini cheklovchi, bolalarga nisbatan bo'lgan er va xotinning huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, er va xotin o'rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solishni, er va xotindan birini o'ta noqulay holatga solib ko'yuvchi boshqa shartlarni nazarda tutish mumkin emas. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo'l qo'yilmaydi. Er-xotindan birining talabi bilan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda va asoslarda sudning hal qiluv qarori bilan o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Nikoh shartnomasining amal qilinishi nikoh tugatilgan paytdan e'tiboran tugaydi, ammo nikoh shartnomasida nikoh tugatilgandan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar o'z kuchini yo'qotmaydi. Nikoh shartnomasi qonunda belgilangan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda sud tomonidan er-xotindan birining talabi bo'yicha to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Er-xotin nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni o'zgartirayotgani yoki bekor qilayotgani to'g'risida o'z kreditorini xabardor qilishlari shart. Kreditor sharoit jiddiy o'zgargani tufayli nikoh shartnomasining shartlari qonunda belgilangan tartibda o'zgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.
Murojaat yuborishNikoh qanday bekor qilinadi (tugatiladi)?
Umumiy qoidaga ko'ra nikoh FXDYo organlari va sud orqali bekor qilinishi mumkin.
Nikohni FXDYo organlarida bekor qilish:
Farzandi bo'lmagan yoki voyaga etmagan bolalari bo'lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o'zaro rozi bo'lsalar, ular nikohdan FHDYo orqali ajratilishi mumkin.
Agar er-xotindan biri:
sud tomonidan bedarak yo'qolgan deb topilgan bo'lsa
;sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'lsa
;jinoyat sodir qilib uch yildan kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo'lsa, o'rtada voyaga etmagan bolalari borligidan qat'i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko'ra ular FHDYo bo'limida nikohdan ajratiladi.
Nikoh voyaga etmagan bolalari bo'lmagan er-xotinlarning o'zaro roziligi bo'yicha FHDYo bo'limida bekor qilinsa er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan bazaviy hisoblash miqdorining 150 foizi (01.12.2019 yil holatiga 334 500 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi.
Er-xotin o'rtasida mulkiy yoki boshqa nizo bo'lgan taqdirda nikoh taraflardan birining arizasi bilan sud orqali ajratiladi.
Da'vogar (er yoki xotin) nikohni bekor qilish haqidagi da'vo ariza bilan javob (er yoki xotin) doimiy yashaydigan hudud bo'yicha fuqarolik sudiga da'vo ariza kiritadi.
Sudda ish yuritish uchun da'vogardan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (01.12.2019 yil holatiga 446 000 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi.
Sud ishning ko'rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashi mumkin.
Sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo'q deb topsagina, ularni nikohdan ajratadi.
Murojaat yuborishMen mahallamda yashovchi Ikrom ismli yigit bilan unashtirilgan edim biroq taqdir taqazosi bilan boʻlajak turmush oʻrtogʻim sud hukmiga asosan ozodlikdan 2 yilga mahrum boʻldi. Men ular bilan endi qayerda nikohimni rasmiylashtiraman?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 100-bandiga asosan jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDY organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab berilgan.
Murojaat yuborishNikoh tuzilganligini qayd etish uchun FHDY organiga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi ariza
;Nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari – pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlari
;Ilgari nikohda boʻlgan shaxslar uchun nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki sud qarori, erning (xotinning) oʻlimi hakidagi guvohnoma yoxud sudning nikohning haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi hal qiluv qarori
;Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsining nikohga kirish haqidagi arizasiga shaxsining nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.
Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu toʻgʻrida belgilangan namunadagi ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy oʻtgach FHDY organi tomonidan qayd etiladi.
Murojaat yuborishBobom FHDY boʻlimi mudiri, nikohimni oʻzlari qayd etishini xohlagandim. Lekin mumkin emasligini aytishdi. Buning sababi nimada?
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq, FHDY organlari xodimlari, oʻzi, eri yoki xotini oʻzining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tugʻishgan aka-uka, opa-singillari) toʻgʻrisida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishga haqli emaslar.
Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻysunish tartibida yuqori organning yozma koʻrsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvlarining “Belgilar uchun” ustuniga bu toʻgʻrida tegishli yozuv kiritiladi.
Murojaat yuborishTurmush oʻrtogʻim bilan nikoh qurganimizga 10 yildan oshdi, turmush oʻrtogʻim bilan nikoh shartnomasi tuzish istagi paydo boʻldi qayerga murojaat qilishimiz mumkin?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 30-moddasiga asosan nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda boʻlgan davrida yoki er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.
Nikoh shartnomasi nikoh davlat roʻyxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh davlat roʻyhatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi, nikoh davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi qonunchilikda belgilanib berilgan.
Murojaat yuborishFHDYga nikohni qayd etish uchun ariza bermoqchimiz, boʻlajak kuyov Toshkent shahrida doimiy isteʼqomat qiladi men esa Xorazmda, buning uchun kuyovni doimiy yashash joyidagi FDHYOga ariza beriladimi yoki mening yashash joyimdagigami, shuningdek xozirgi vaqtda Toshkent shahrida boʻlganim sababli tibbiy koʻrikdan shu yerdagi tibbiyot muassasalaridan oʻtsam boʻladimi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”ni 6191-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.
Murojaat yuborishSinglim chet el fuqarosiga turmushga chiqmoqchi nikoh tuzish tartibi haqida maʼlumot bersangiz?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 95-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi FHDY organlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari oʻrtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshirilishi koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy boʻlsagina amalga oshiriladi.
Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsining nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsining nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi belgilangan.
Murojaat yuborish