Ko‘p beriladigan savollar
Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qaroriga ko‘ra, oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022 y.) qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari” ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida” gi Nizomning 68-bandi va mazkur nizomning 17-ilovasidagi sxemaga koʻra quyidagilar:

▪️Eri (yoki xotini) “Temir daftar” ga kiritilgan yosh oila;

▪️“Ayollar daftari” ga kiritilgan ayollarning turmush qurgan farzandi yosh fuqaro;

▪️Eri (yoki xotini) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kiritilgan yosh oila;

▪️Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilaga

12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiya har oyda BHM ning 3 baravari dan oshmagan miqdorda 17-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.

️Mahalladagi yoshlar yetakchisi ijaraga olingan turar joyda haqiqatda yashayotganligini har oyda kamida bir marta monitoring asosida oʻrganadi.

️Oʻrganish jarayonida ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan turar joyda yashamayotganligi aniqlansa, turar joy ijarasi toʻlovi uchun subsidiya berish toʻxtatiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish, o‘z qobiliyatini rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.

Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirish, ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan, malaka oshirishdan o‘tishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta ta'lim olishi va o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim olishi ta'minlanadi.

Nogironligi bo‘lgan bolalarni ta'lim muassasalarida o‘qitishning vaqtincha imkoni bo‘lmasa, shifokorlar tavsiyalari asosida va ota-onasining, qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o‘qitilishi ta'minlanadi, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarning bepul umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, o‘rta maxsus va professional ta'lim olishini kafolatlaydi.

Maxsus o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar, surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta'lim berish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish turli shakllarda, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibda o‘qitish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Imo-ishora tili O‘zbekiston Respublikasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxslararo muomala vositasi sifatida e'tirof etiladi.