Ko‘p beriladigan savollar
Transport
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 321-son qaroriga muvofiq, 2023-yilning 1-dekabridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomototransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati joriy etiladi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Ichki ishlar vazirligining “Call-markazi”, rasmiy veb-sayt hamda mobil ilovadan foydalangan holda murojaat etishligi mumkin.
Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:
- guvohnoma uchun BHMning 70%;
- Ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 20% to‘lov undiriladi.
Onlayn transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati bir kunda ko‘rsatilganda — qo‘shimcha to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, uch kunda ko‘rsatilganda — 3 baravari, besh kunda ko‘rsatilganda — 2 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.
Shuningdek, Davlat raqam belgisi hamda ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomani yetkazib berish xizmati uchun alohida to‘lov undiriladi (birinchi 10 km bepul, keyingi har bir km uchun BHMning 5% miqdorida to‘lov undiriladi).
MJtKning 291-moddasiga ko‘ra, jarima solish haqida qaror chiqqan kundan boshlab 60 kun ichida jarima to‘lanmasa, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.
Demak, mashina jarima maydonchasiga qo‘yish uchun 2 ta asos bo‘lishi kerak:
Jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 60 kun ichida jarimani to‘lamagan bo‘lishingiz;
Transport vositasiga jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan organ rahbarining yozma ko‘rsatmasi.
❗️E'tibor bering! YPX xodimi qo‘lida sizga jarima solgan organ rahbarining yozma buyrug‘isiz, shunchaki elektron bazadan tekshirib, jarimangiz bor, deb mashinani jarima maydonchasiga olib ketishga haqli emas.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi.
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunasiga almashtirishni Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tuman Davlat xizmatlari markazi, Andijon viloyatida Andijon tumani, Buxoro viloyatida Buxoro shahar, Qorako‘l tumani, Farg‘ona viloyatida Farg‘ona shahar, Marg‘ilon shahar, Qo‘qon shahar, Jizzax viloyatida Jizzax shahar, Navoiy viloyatida Navoiy shahar, Namangan viloyatida Namangan shahar, Samarqand viloyatida Samarqand shahar, Surxondaryo viloyatida Termiz shahar, Xorazm viloyatida Xiva shahar, Qashqadaryo viloyatida Qarshi shahar va Shahrisabz tumani Davlat xizmatlari markazida amalga oshiriladi.
Eski haydovchilik guvohnomasi, taloni va shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport talab etiladi.
Guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati:
-2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
-2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
-2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
-2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Quyidagi hollarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish rad qilinadi:
ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligi aniqlanganda;
ariza beruvchining milliy haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha amaliy hamda nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlik fakti tasdiqlanmaganda;
ariza beruvchi tomonidan tegishli yig‘im to‘lanmaganda.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.
Ariza beruvchi nazariy imtihonni topshirganidan so‘ng ikki oy muddat ichida amaliy imtihonni topshirishi lozim. Bunda, imtihonlarni qabul qilish tizimi avtomatik tarzda amaliy imtihonni takroran topshirish vaqtini yetti kalendar kundan keyingi kunlarga belgilaydi. Agar ariza beruvchi ikki oy muddatda amaliy imtihonni topshira olmasa, imtihonlarni qabul qilish tizimi avtomatik tarzda uni yana nazariy imtihon topshirishga qaytaradi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5816-sonli Farmoni.
2019-yil 1-oktyabrdan transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) oʻrtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish toʻgʻrisidagi ishonchnomalarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5816-sonli Farmoniga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrdan transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) oʻrtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish toʻgʻrisidagi ishonchnomalarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilingan.
2019-yil 9-sentyabrdagi PF-5816-son
Yo'qolgan milliy xaydovchilik guvoxnomasinini o'rniga yangisini berish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi “Yo'l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko'rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 271-son qarori bilan tartibga solinadi.
Yo'qolgan milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topshirilganidan hamda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari ma'lumotlar bazasidan tekshirilganidan so'ng beriladi.
O'g'irlangan, yong'in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa shu kabi sabablarga ko'ra yo'qolgan hamda daxldor vakolatli idoralarning hujjatlari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.
Yo'qolgan (o'g'irlangan, yong'in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati haydovchining arizasi, imtihon varaqasi, tegishli toifalardagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnoma, imtihon varaqasi mavjud bo'lmagan hollarda hududiy YHXBning R va IOBlarining tasdiqnomasi asosida beriladi.
Ariza beruvchi yo'qolgan milliy haydovchilik guvohnomasini o'rniga yangisini olish uchun Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatining barcha ro'yxatdan o'tkazish va imtihon olish bo'lim (bo'linma)lariga murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza rasmiylashtiradi va tegishli hujjatlarni ilova qiladi.
DYHXX organi yoki tadbirkorlik sub'ekti 1 kun ichida tushgan so'rovnoma va ilova qilingan hujjatlarning to'g'ri va to'liq to'ldirilganligi hamda to'lovlarning to'langanligini tekshiradi, murojaatni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha xabarnomani shakllantiradi va YaIDXPga ERI bilan tasdiqlangan shaklda jo'natadi. Xabarnomada belgilangan sana va vaqtda haydovchilikka nomzoddan nazariy va amaliy imtihonlarni qabul qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomada ko'rsatilgan joyga belgilangan sana va vaqtda borib milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun hujjatlarni taqdim etadi va fotosuratga tushadi.
Shundan so'ng, DYHXX organi 1 kun ichida milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi.
Davlat xizmati ko'rsatilishi uchun bazaviy xisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig'im belgilangan bo'lib, ariza YaIDXP orqali rasmiylashtirilganda undiriladigan yig'im summasining 90 foizi undiriladi.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
pasport (nusxasi olinib asli qaytariladi);
eski shakldagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni;
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun BHMning 70% miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2017-yildagi 116-son qarori.
Qarorga muvofiq, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi berilgan kundan boshlab 10 yil muddatga beriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi 465-sonli qarori.
Bo`ladi. Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatiladi. Siz o`zingizga tegishli bo`lgan avtotransport vositangiz oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnomani my.gov.uz saytidan ro`yxatdan o`tib olishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-dekabrdagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuniga ko‘ra, endilikda davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi: Ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun: agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa, BHMning 1 baravari (ilgari ko‘chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha); agar ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa, BHMning 50 foizi (ilgari ko‘chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 50 foizidan 1,5 baravarigacha). Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartishlar kiritganlik uchun: mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga – BHMning 10 foizi (ilgari BHMning 25 foizi); jismoniy shaxslar uchun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi); yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa – BHMning 50 foizi (ilgari BHMning 1 baravari). Mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi). Garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun: jismoniy shaxslar uchun – BHMning 1 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha); yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa – BHMning 2 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha). Qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHMning 25 foizi (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 25 foizidan 1 baravarigacha). Avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi: avtomototransport vositalari uchun – BHMning 3 baravari (ilgari transport vositasi dvigatelining quvvati, ya’ni ot kuchiga va ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 2 baravaridan 10 baravarigacha); bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun – BHMning 25 foizi (ilgari ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 10 foizidan 50 foizigacha). Avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, shuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun: mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa- singillariga, jiyanlariga – BHMning 50 foizi; boshqa shaxslarga – BHMning 2 baravari (ilgari BHMning 3 baravari). Qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summalarini undirish to‘g‘risidagi ijro varaqalarini berganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan DYHXX organida imtihon topshirish nazarda tutilganda imtihonlarda qatnashish uchun quyidagi miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi:
nazariy imtihon topshirish uchun — BHMning 10 foizi miqdorida;
har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun — BHMning 15 foizi miqdorida;
avtomototransport vositalarini, shu jumladan, transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHMning 10 foizi miqdorida;
har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHMning 15 foizi miqdorida.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.
Pochta xizmati xodimi tayyor bo‘lgan milliy haydovchilik guvohnomasini olgandan so‘ng, ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga (Toshkent shahri va viloyatlar markazida bir ish kuni, qolgan hududlarda ikki ish kuni ichida) milliy haydovchilik guvohnomasini yetkazib beradi.
Ariza beruvchi bilan telefon orqali kelishilgan vaqtda ariza beruvchi ushbu manzilda bo‘lmasa, ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini ushbu hududdagi pochta aloqasi bo‘limidan o‘n ish kuni davomida olishi mumkin.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.
Ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini berish rad etilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kuni mobaynida davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lamasdan ko‘rsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.
Yo’q noto’g’ri. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi 07.07.2022 yildagi PQ-311-son qarorining “v” bandiga muvofiq, elektron ishonchnoma mavjudligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan mobil qurilmalar orqali tekshirilib olishi kerakligi belgilangan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi 07.07.2022 yildagi PQ-311-son qarori.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2017-yildagi 116-son qarori.
Qarorga muvofiq, 2010-yilgacha olingan milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish oxirgi muddati — 31-mart.
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:
• 2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
• 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
• 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
• 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi 465-sonli qarori.
Bo’ladi. Qarorga muvofiq, “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati uchun yig‘imlar davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilganda, Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida ko‘rsatilgan miqdorlarning 90 foizi to‘lanishi belgilangan.
Shunga muvofiq agar siz O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Avtotransport vositasi oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish xizmatidan foydalanadigan bo`lsangiz sizga 10 foizlik chegirma asosida ruxsatnoma beriladi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan Temir yo'l transporti orqali tashiladigan neft va neft mahsulotlarining qurolli qo`riqlovi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Prezident Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 9-sentiyabrdagi PF-5816-sonli farmoniga ko‘ra, transport vositasi egasining quyidagi qarindoshlari transport vositasini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin:
🔹 ota-onasi;
🔹 eri (xotini);
🔹 bolalari;
🔹 aka-ukalari;
🔹 opa-singillari.
❗️Eslatma: ushbu yaqin qarindoshlar haqida ma’lumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, qarindoshlik darajasi) transport vositasi egasining sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Demak, tog‘a yoki jiyan yaqin qarindoshlar hisoblanmaydi. Shuning uchun jiyan tog‘aning avtotransport vositasini boshqarishi uchun ishonchnoma rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentiyabrdagi PF-5816-sonli farmoni.
Avtomobil to'xtash joylari hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:
🔹 avtomototransportni ta'mirlash, yuvish, unga yonilg'i-moylash materiallari quyish, buning uchun maxsus ajratilgan joydan tashqari;
🔹 dvigatel va agregatlar uchun ochiq holdagi olovdan foydalanish;
🔹 avtomototransportni soatiga 5 km dan ortiq tezlikda boshqarish;
🔹 tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish;
🔹 yonilg'i-moylash materiallarini saqlash uchun joylar barpo etish.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
MJtKning 291-moddasiga ko‘ra, jarima solish haqida qaror chiqqan kundan boshlab 60 kun ichida jarima to‘lanmasa, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.
Demak, mashina jarima maydonchasiga qo‘yish uchun 2 ta asos bo‘lishi kerak:
Jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 60 kun ichida jarimani to‘lamagan bo‘lishingiz;
Transport vositasiga jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan organ rahbarining yozma ko‘rsatmasi.
❗️E'tibor bering! YPX xodimi qo‘lida sizga jarima solgan organ rahbarining yozma buyrug‘isiz, shunchaki elektron bazadan tekshirib, jarimangiz bor, deb mashinani jarima maydonchasiga olib ketishga haqli emas.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi.
- Ko'p beriladigan savollar
- Tadbirkorlik
- Rasmiy tushuntirish
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Mehnat munosabatlari
- Transport
- Sug‘urta
- Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Yoshlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- UZIMEI
- Elektron ishtirok
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID