Ko‘p beriladigan savollar

Ma'lumotnomalar

O’qish joyidan ma’lumotnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishingiz mumkin.

https://my.gov.uz/oz/service/323

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha maʼlumot” xizmatidan foydalanib, Siz fuqaroning doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risida maʼlumot olishingiz mumkin. Buning uchun JSHSHIR, pasport seriyasi va raqami (agar bo‘lsa, ID kartanikini), tug‘ilgan sanangizni kiritishingiz kerak. Maʼlumotlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlar bazasidan olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktyabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, roʻyxatdan chiqqanligi, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, shuningdeq, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlar taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktyabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan. Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 18–son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish bo’yicha davlat xizmati ko’rsatishning maʼmuriy reglamenti bilan tartibga solinadi.

Maʼmuriy reglamentlarning 5–bandlarida ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-martdagi PF–6191-son Farmoniga asosan (https://lex.uz/docs/5339616) 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi faktini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish bekor qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan “Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” 6-bandiga asosan, ushbu davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilishlari yoki YIDXP orqali mustaqil ravishda belgilangan shakldagi electron so‘rovnomani to‘ldirishlari mumkin.

Bundan tashqari, mazkur davlat xizmatidan uchinchi shaxslar manfaati uchun foydalanish mumkin bo‘lib, bunda uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.

Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda esa notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5816-sonli Farmoni 11-bandida 2020-yil 1-yanvardan ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqidagi maʼlumotlarni faqat kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi o‘rnatilgan holda, tegishli kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish talabi bekor qilingan.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yilning 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona MA’MURIY REGLAMENTIning 17-ilovasiga asosan, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari tomonidan 5 ish kuni ichida beriladi.

Yaqin-yaqingacha fuqaroning doimiy va vaqtincha ro‘yxatda turish manzili pasportida qayd etilar edi. Bugungi kunda ushbu tartib bekor qilindi.

Shu o‘rinda ko‘pchilikda so‘ralgan joyga ro‘yxatda turish manzilini qayerdan olib taqdim etish mumkin, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Buning yechimi oson. Endi bu haqdagi to‘liq maʼlumotni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) dan olishingiz mumkin.