Ko‘p beriladigan savollar
Kadastr
Bir kun ichida.
Yo‘qolgan kadastr pasporti qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
so‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 535-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi" 200-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” maʼmuriy reglamentiga muvofiq bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.
Ko‘chmas mulk obʼektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obʼektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Vakolatli organ – Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmalari hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni hujjatlar kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni davomida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Arizaga ko‘chmas mulk obʼektiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ko‘chmas mulk obʼektlarining kadastr pasportini shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan davlat bojlari miqdori Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tartibga solingan.
Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori asosida amalga oshiriladi.
Ariza beruvchilar bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zi kelib murojaat etganda DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda so'rovnomani to'ldiradi.
So‘rovnomaga bino va inshoot fasadining elektron ko‘rinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 30% miqdorida, YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90% undiriladi.
So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi va davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish muddati 5 ish kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash“ to‘g‘risidagi 200-sonli qaror bilan tasdiqlangan ”Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” maʼmuriy reglamentiga muvofiq Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qaroriga binoan, quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi yoki ma’lumotlarni taqdim etadi:
a) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari;
b) oila a’zolarining (jismoniy shaxsning) shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar bor bo‘lgan taqdirda) nusxalari;
d) belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);
e) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
f) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
g) ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Bunda subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali olish mumkin bo‘lgan hujjatlarni (ma’lumotlarni) talab qilish man etiladi.
Bo‘ladi. Bunda kadastr pasportini shakllantirish uchun arizani DXM yoki YIDXP orqali berishingiz mumkin.
Ijara to‘g‘risidagi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va ijara shartnomasida o‘zga shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijarachi ijaraga olingan mol-mulkni, yer va boshqa tabiiy resurslardan tashqari, ijaraga beruvchining ruxsati bilan ikkilamchi ijaraga topshirishga haqlidir.
Bunda ijaraga oluvchi shartnomaga muvofiq ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qolaveradi.
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni to‘lashda nogiron yoki nafaqaxo‘rlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash" to‘g‘risidagi 535-son qarori bilan tartibga solinadi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi).
O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 14-sentyabrdagi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risidagi O‘RQ-296-son Qonuni bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning 5-bandiga asosan shart emas.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ko‘ra jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari undirilishi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537 son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 38 bandining K qismida ko‘rsatilgan oilalarning o‘rtacha oylik daromadi: qishloq joylarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 6,9 baravaridan yuqori; shaharlarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori; Toshkent shahrida — MHTEKMning 3,0 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lmasligi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5984-son Farmoniga asosan bu qoida olib tashlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi" yo‘riqnomaning (04.01.2019-yil, ro‘yxat raqami 3113) 4-bandida notarius notarial harakat amalga oshirishni so‘rab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Shuningdek, notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsa-da (shubha tug‘dirsa-da), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida maʼlumotlar bo‘lmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini tizim orqali tekshiradi.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi 424-son qarori.
Qarorga muvofiq, koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari etib belgilandi.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi 424-son qarori.
Qarorga muvofiq, koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari etib belgilandi.
Yer uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilarning skaner qilingan nusxasi ilova qilinishi kerak:
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan hollarda);
yuridik shaxs tegishli boshqaruv organining yer uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarori (ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa).
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi 424-son qarori.
Qarorga muvofiq, jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha boʻlgan turarjoy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar olish uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari etib belgilandi.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi 424-son qarori.
Qarorga muvofiq, Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 300 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan turarjoy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar olish uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari etib belgilandi.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi 424-son qarori.
Qarorga muvofiq, ipotekani, shuningdek, ijara huquqini (yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi bundan mustasno), yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari etib belgilandi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat ximatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davreestr.uz veb-saytidan
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlat talab etiladi:
qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilishga pudrat tashkilotining qurilish laboratoriyasi mavjudligini tasdiqlovchi yoki shartnoma asosida laboratoriya jalb etilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq yoki shartnoma nusxalari;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislarining sertifikatlari;
qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari.
So‘rovnomada qurilish ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, loyiha hujjatlari kelishilganligi to‘g‘risidagi xulosa va ijobiy yig‘ma ekspertiza xulosasining (sanasi va raqami) ma’lumotlari majburiy ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.04.2022 yildagi 200-son qaroriga asosan bino va inshootning, yakka tartibdagi uy-joyning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish bo‘yicha agar bino va inshoot, yakka tartibdagi uy-joy magistral ko‘chalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘ylab joylashgan hollarda fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismidan qat’i nazar kelishish talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.04.2022 yildagi 200-son qaroriga asosan bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning ma’muriy markazi bo‘lmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish;
munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish;
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ular tasarrufida bo‘lgan uy-joylarning hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirib, o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish tartibini belgilaydi.
“Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish to‘g‘risida”gi Nizom alohida qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan davlat organlarining davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolar — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq boshqalar bilan bir xonada yashashi mumkin bo‘lmagan kasalliklarga chalingan shaxslar;
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal va idoraviy uy-joy fondidan olib mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta'minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanishga berish uchun mo‘ljallangan uy-joy fondi;
davlat uy-joy fondi — tashkilotlarning to‘liq xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvidagi munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondlaridan iborat uy-joy fondi;
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish — fuqarolarga ularning ixtiyoriga ko‘ra davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan kvartiralarini, uylari (uylarining bir qismi)ni sotish, shu jumladan, imtiyozli asosda sotish yoki bepul mulk qilib berish;
idoraviy uy-joy fondi — davlat tashkilotlarining to‘la xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan uy-joy fondi;
munitsipal uy-joy fondi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy byudjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joy fondi;
turar joy — fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar;
xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan, o‘z mehnat munosabatlari xususiyatiga ko‘ra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak bo‘lgan fuqarolar ko‘chib kirishiga mo‘ljallangan turar joylar;
auktsion — «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auktsion ob'ektini sotish bo‘yicha onlayn o‘tkaziladigan savdo shakli.
Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.
Munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar fuqarolarga uy-joy maydoni ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.
Uy-joy maydoni ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga 16 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa 23 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.
Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslarni bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydoni ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.
“Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish to‘g‘risida”gi Nizomning 8-bandi «v» kichik bandida nazarda tutilgan ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, shuningdek, bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko‘paytirilishi mumkin.
Taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi.
- Ko'p beriladigan savollar
- Tadbirkorlik
- Tibbiy xizmatlar
- Reproduktiv salomatlik
- Rasmiy tushuntirish
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Mehnat munosabatlari
- Transport
- Sug‘urta
- Yoshlar
- Ijtimoiy masalalar va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- Elektron ishtirok
- UZIMEI
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID