Ko‘p beriladigan savollar
Sog‘liq va ijtimoiy himoya

109 turdagi bepul dorilarni shifokor ko‘rsatmasiga asosan olish imkoni mavjud. Ushbu dorilar ro‘yxatiga buyrak yetishmovchiligi va orttirilgan immunitet tanqisligi kasalliklari ham kiradi.

Oilaviy shifoxonalarda 19 turdagi qon tahlil tekshiruvlaridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari yurak-qon tomir va moddalar almashinuvi kasalliklarini erta aniqlash skrining tekshiruvlari mavjud.

Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:

  • urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
  • halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
  • respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
  • yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
  • I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;
  • yoshga doir pensiya oluvchilar.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021-yildagi “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 693-son qarori

Litsenziya olish uchun arizalar litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali taqdim etiladi.

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziyani olish tartibi (umumiy yoki tezlashtirilgan tartib), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) tasdiqlangan eng kam talablarga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi maʼlumot.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “maxsus elektron tizim orqali faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidasidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 18–son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida maʼlumotnoma berish hamda Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida maʼlumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlari bilan tartibga solinadi.

Maʼmuriy reglamentlarning 5–bandlarida ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, ayollar daftari – ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha maʼlumotlar bazasi.

“Ayollar daftari"ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qaroriga ko‘ra, oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etiladi.

Bolalarni nogiron deb topish ularning qonuniy vakillari — ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

TMK tomonidan beriladigan bolalarni nogiron deb topish to‘g‘risida tibbiy xulosa bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos bo‘ladi.

Ayrim hollarda nogiron bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar pasporti bo‘yicha ro‘yxatda turgan joylarda yashamasdan boshqa joylarda ham yashashlari mumkin. Mazkur holatda bolalarning tibbiy hujjatlari yashash joyidagi tibbiy muassasadagi TMKga taqdim etilib, tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi va pasport bo‘yicha ro‘yxatda turgan joyidagi TMK tomonidan ham tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga ko‘ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:

erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi (29-modda).