Jismoniy va yuridik shaxslarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha, shu jumladan olis joylarga chiqqan holda davlat xizmatlari koʻrsatish;
davlat xizmatlari servisining yuqori sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini taʼminlash, mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olishni taʼminlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish;
davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlarini taqdim etish;
vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishda qonun hujjatlari va maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya etilishini taʼminlash.
Mobile-ID tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanib, shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga muvofiq quyidagilar Vazirlik tizimiga kiradi:
Vazirlik markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari;
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti;
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi;
"Adolat milliy huquqiy axborot markazi" davlat muassasasi;
"Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi;
"Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi;
"Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi;
davlat notarial idoralari va arxivlari;
Yuristlar malakasini oshirish markazi;
Toshkent davlat yuridik universiteti;
yuridik texnikumlar;
Akademik litsey.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)dan Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo olish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun qo‘llanma
Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 129-sonli Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston fuqarosiga, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi beriladi.
ID-karta shaxsni, fuqarolikni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanib, O‘zbekiston hududida foydalaniladi. ID-karta 10 yil muddatga beriladi.
ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2018-yildagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan “Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish bo‘yicha" davlat xizmati ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentining 5-bandiga muvofiq, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Shuningdek, ushbu reglamentning 6-bandiga muvofiq ariza beruvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) ham ariza berishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Mobile-ID tizimidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);
Mobile-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);
elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;
foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʻlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Raqamli hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;
foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʻlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2020-yildagi "O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF–6065-son Farmoniga muvofiq identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
pasport;
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);
davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).
Bugungi kunda Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti binosida situatsion markaz oʻrnatilgan. Bu orqali, barcha hududlarimizda mavjud davlat xizmatlari markazlarini onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratilgan. Bu esa oʻz navbatida davlat xizmatlarini oʻz vaqtida tezkor va shaffof koʻrsatilishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, doimiy ravishda vazirlik xodimlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini monitoring qilish maqsadida “Sirli mijoz” va reyd tadbirlari oʻtkazib boriladi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda maxsus texnik qurilmalar (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) yordamida ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish tartibi belgilandi.
Vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari markazlari;
ariza beruvchi — davlat xizmati joyiga chiqish orqali ko‘rsatilishi istagini bildirgan jismoniy va yuridik shaxslar.
Davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Aloqa markaziga yoki uning rasmiy veb-saytiga («Call-markaz» yoki rasmiy veb-sayt) murojaat qilish orqali ko‘rsatiladi.
Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.
O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Ushbu Reglament milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun «Call-markaz» yoki rasmiy veb-sayt orqali murojaat qiladi.
«Call-markaz» orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ish vaqti davomida qabul qilinadi.
Rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qilinishi mumkin.
Ariza beruvchi «Call-markaz»ga murojaat qilgan taqdirda, «Call-markaz» xodimi ariza beruvchi nomidan, rasmiy veb-sayt orqali murojaat etganda esa, so‘rovnomani mustaqil ravishda to‘ldiradi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti vakolatli organning ish vaqti doirasida belgilanadi.
«Call-markaz»ning mas'ul xodimi ariza beruvchiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan davlat xizmatidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar (ma'lumotlar) to‘g‘risida ma'lumot beradi.
Ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini ko‘rsatishda talab etiladigan barcha hujjatlarni (ma'lumotlarni) tayyorlab qo‘yishi lozim.
So‘rovnoma shakllantirilib, so‘rovnomadagi tegishli ma'lumotlar ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng uning mobil telefon raqamiga belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirish uchun invoys avtomatik ravishda yuboriladi.
Ariza beruvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilgan vaqtning o‘zida so‘rovnoma vakolatli organga avtomatik ravishda yuboriladi.
Vakolatli organning mas'ul xodimi tomonidan davlat xizmatlari quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:
- davlat xizmatlarini to‘liq ko‘rsatish (davlat xizmatlari markazi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga mas'ul bo‘lganda);
- davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini ko‘rsatishga mas'ul bo‘lgan vakolatli organlarga ariza yuborish.
Vakolatli organning mas'ul xodimi ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini ko‘rsatishga mas'ul bo‘lgan vakolatli organlarga ariza yuboradi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi va to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi.
Agar vakolatli organning mas'ul xodimi so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga yetib kelgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan vaqtda va manzilda bo‘lmasa, davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar (ma'lumotlar)ni taqdim etmasa, davlat xizmatlarini ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish rad etiladi.
Bunda vakolatli organning mas'ul xodimi tomonidan ariza beruvchiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish rad etilganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuboriladi (rad etish sabablari batafsil ko‘rsatiladi).
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish rad etilgan taqdirda, to‘langan to‘lovlar qaytarilmaydi.
Vakolatli organ mas'ul xodimining aybi (kechikishi yoki kelmasligi, axborot tizimi yoki maxsus texnik qurilmalardagi nosozliklar) bilan davlat xizmatlari belgilangan muddatlarda va tartibda ko‘rsatilmagan holatlarda davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishda undiriladigan to‘lov miqdorlari ariza beruvchining murojaatiga asosan unga qaytariladi.
Ariza beruvchi mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan holatlarda davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovni qaytarib olishi yoki davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovni takroran amalga oshirmasdan davlat xizmatlaridan boshqa vaqtda foydalanishi mumkin. Bunda ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mazkur bobda belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Ariza beruvchi xohishiga ko‘ra, davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijasini Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yoki pochta aloqasi orqali olishi mumkin. Bunda pochta xarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.
Pochta aloqasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov miqdori pochta xizmati tomonidan belgilanadi.
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti:
- davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
- davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni belgilaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi.
Xizmat guvohnomasida davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining to‘liq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Xizmat guvohnomasi davlat fuqarolik xizmatchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydigan identifikatsiyalovchi karta ko‘rinishida ham berilishi mumkin.
Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas.
Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda xizmat guvohnomasi uni bergan davlat organiga qaytariladi.
Davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshmasligi kerak.
Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari bo‘lgan ota-onasidan biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasi davlat fuqarolik xizmatchisining mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydigan hujjatdir.
Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasi davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi yoki qonunchilikda belgilanadi. Davlat fuqarolik xizmatchisi mehnat shartnomasini imzolashdan oldin davlat fuqarolik xizmatchisi lavozim yo‘riqnomasi bilan imzo qo‘ydirib tanishtirilishi kerak.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:
- lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar;
- pul mukofoti;
- navbatdan tashqari malaka darajasini berish;
- minnatdorchilik e’lon qilish;
- qimmatbaho sovg‘a, esdalik yoki ko‘krak nishoni yoxud yorliq bilan mukofotlash.
Davlat fuqarolik xizmatchisi alohida xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
- Rasmiy tushuntirishlar
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Tadbirkorlik
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Transport
- Sug‘urta
- Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Yoshlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- Elektron ishtirok
- UZIMEI
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID