Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha reglament tasdiqlangan.
Ushbu reglamentga muvofiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz taʼminoti tashkilotlari, suv taʼminoti yoki hududiy issiqlik taʼminoti korxonalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-5-moddasiga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son Qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, So‘rovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi.
a) aholi uchun:
- isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda ariza, xonadon kadastr hujjati nusxasi, pasport nusxasi va o‘zini o‘zi boshqarish organining yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnomasi ilova qilingan holda taqdim etadi;
- berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti korxonasining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan o‘rganiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi hisobiga individual gaz ballonlari, gazdan foydalanuvchi uskuna (turi va miqdori) va shamollatish uchun tuynuklarning joylashuvini o‘z ichiga olgan gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi;
b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:
- isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish to‘g‘risidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, gazdan foydalanuvchi uskunalar soni va ularning joylashuv rejasi nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi, tadbirkorlik subʼekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno;
- berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkiloti mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan o‘rganiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha isteʼmolchi hisobiga ichki gaz quvuriga, gazdan foydalanuvchi uskunalarga (turi va miqdori), individual, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sig‘imlar va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish asbobining joylashuviga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan gazlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi (davomi VMning 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qarori1-ilova, 5-bob).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentlarga asosan, Hisobga olish uskunasi talabgorning aybisiz vaqtinchalik buzilganda yoki qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olinganda, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob hisobga olish buzilishiga yoki qiyoslashdan o‘tkazishga qadar bo‘lgan oldingi uch hisob-kitob oyidagi o‘rtacha sarf bo‘yicha aniqlanadi. Hisob-kitobning bunday tartibi bir oydan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-sonli qarorining 3-ilovasiga ko‘ra, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:
jismoniy shaxslar uchun — 8 yil;
yuridik shaxslar uchun — 4 yilni tashkil etadi.
Taʼminotchi korxona hisobga olish uskunasini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin talabgorni hisobga olish uskunasini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi.
Talabgorlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:
jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Bunda hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha bir vaqtda murojaat qilinganda yig‘im summasi bir marta undiriladi.
Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilarida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentlarga asosan, Hisobga olish uskunasi qabul qilib olinganidan so‘ng 3 ish kuni ichida metrologiya xizmati tomonidan qiyoslashdan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
31-avgustdagi 555-son Qaroriga asosan elektr tarmoqlari ulanish uchun birinchi navbatda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali texnik shart olish bo‘yicha murojaat yo‘llanishi zarur.
Buning uchun “Kommunal xizmatlar” xizmatidan foydalanib, ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar balansi bilan tanishish mumkin. Boshqa uy-joyning kommunal xizmatlar uchun hisoblari holatini ko‘rish uchun shaxsiy kabinetdagi “Ko‘chmas mulk” bo‘limida kadastr raqamini kiritib, “Kommunal xizmatlar”dan foydalanganda “Boshqa uyni tanlash” opsiyasi belgilanadi. Shuningdek, onlayn to‘lov tizimlari orqali ham to‘lash imkoniyati mavjud, buning uchun tegishli kommunal xizmat qatoridagi “To‘lash” tugmasi bosiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son Qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, So‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash ishlarini amalga oshiradi.
- Rasmiy tushuntirishlar
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Tadbirkorlik
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Transport
- Sug‘urta
- Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Yoshlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- Elektron ishtirok
- UZIMEI
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID