Ko‘p beriladigan savollar
Sug‘urta
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha to`lovlarni kafolatlash jamg`armasi to`g`risida Nizomga ko`ra (24.06.2008 yilda № 141 O`z.Res VMQ tasdiqlangan)
Jamg`arma qo`yilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
belgilangan tartibda jabrlanuvchilarga kompensatsiya to`lovlari to`laydi, shuningdek regress talablarni amalga oshiradi;
sug`urtalovchilar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ko`rsatib o`tilgan siylovlarni olish huquqiga ega bo`lgan shaxslar toifalariga berilgan sug`urta mukofotlari bo`yicha siylovlarni kompensatsiya qiladi;
Jamg`armaning o`z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo`lgan axborotlarni maxsus vakolatli davlat organi bilan doimiy ravishda ayirboshlaydi;
sug`urtalovchilar bilan majburiy sug`urta qilish, qonun hujjatlarida belgilangan sug`urta siri to`g`risidagi talablar ta`minlanishi to`g`risidagi ma`lumotlarni ayirboshlaydi;
Jamg`arma mablag`lari tushumi va sarfi bo`yicha yillik va choraklik prognozlarni shakllantiradi;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va maxsus vakolatli davlat organiga ko`rib chiqishi uchun kiritadi;
majburiy sug`urta qilish sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy tajribani o`rganadi va undan foydalanadi.
Jamg`arma o`z vazifalari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtasi polisini sotib olish bilan Siz transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, salomatligiga va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash bo`yicha o`z fuqarolik javobgarligizni sug`urtalaysiz.
YTH sodir bo‘lganda iltimosnoma bilan To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri, adjaster bilan shartnoma tuzgan holda, pochta xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar yoki jamag‘armaning veb saytida (tkj.uz) elektron iltimosnomani to‘ldirish orqali qonun hujjatlariga muvofiq jabrlanuvchi yoki uning merosxo‘rlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari tegishli hujjatlarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan iltimosnoma murojaat etgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqib qaror qabul qilinadi hamda o‘z navbatida jabrlanuvchiga belgilangan tartibda yozma ravishda xabar beriladi.
Sug‘urta mukofotini olish huquqiga ega sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti to‘lashda sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi
Transport vositasi egasi majburiy sug‘urta polisiga ega bo‘lganligi hamda transport vositasini boshqarish vaqtida jabrlanuvchilarga zarar yetgani uchun majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha Sug‘urta kompaniyasi tomonidan javobgar shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligi sud yoki boshqa vakolatli organ qarori bilan qayd etilgan taqdirada sug‘urta tovoni to‘lab beriladi.
Birinchi navbatda majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lanadi, yetkazilgan zararning majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qoplanmagan qismi ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qoplanadi.
Agar majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoni to‘lasa, u holda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni to‘langanligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki hafta muddatda to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashi lozim.
Adjaster sug‘urtalovchining (sug‘urta qildiruvchining) topshirig‘i bo‘yicha sug‘urta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Adjaster sug‘urta hodisasini ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil etadi. Ushbu taxlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi. Adjaster xizmati ko‘rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.
Yo‘q, buzmayapti. Buning uchun majburiy sug‘urta shartnomasini tuzayotganda transport vositalarini boshqarishga qo‘yilgan shaxslar soni cheklanmasligi shartini tanlash lozim. Bunda sug‘urta polisida transport vositasidan uni boshqarishga qo‘yilgan haydovchilar ko‘rsatilmaydi.
- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- 1941-1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;
- konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
- harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;
- xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovor harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;
- Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
- pensionerlar;
- nogironlar.
Transport vositasi haydovchisi biror-bir ehtiyoj bilan magazinga, bozorga, restoranga kirish uchun transport vositasini qoldirib ketishi natijasida transport vositasiga zarar yetganda yoki yo‘lda boshqarib ketayotganda zarar yetkazgan transport vositasi haydovchisi voqea joyidan qochib ketganda aybdor shaxsning aniqlash imkoni bo‘lmasa YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv va barcha chora-tadbirlar olib boriladi va aybdor shaxsni qonunda belgilangan holda aniqlashning imkoni bo‘lmasa YHXB xodimlarining qarori asosida jabrlanuvchiga zarar yetkazgan shaxs noma’lum deb topiladi.
O‘z mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida transport vositasi egasi bir necha javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish polisini va/yoki fuqarolik javobgarlikni ixtiyoriy sug‘urta qilish polisini sotib olish mumkin. Yo‘l transport hodisasida etkazilgan zarar miqdoridan kelib chiqib sug‘urta tovoni bitta, bir nechta yoki barcha sug‘urta polislar bo‘yicha to‘lanishi mumkin. Bunda to‘lov avval majburiy sug‘urta bo‘yicha va keyin ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha amalga oshiriladi.
Transport vositasi egasi yo‘l transport hodisasida jabrlangan yoki aybdor shaxs bo‘lishiga qarab o‘z mulkiy manfaatlarini bir necha turdagi sug‘urta polisi bilan himoya qilish mumkin:
1. Yo‘l transport hodisasida jabrlangan shaxs sifatida:
- Ixtiyoriy sug‘urta sharnomasi o‘zining xayoti, sog‘lig‘i va/yoki mol mulkiga etkazilgan zararni sug‘urtalash (baxtsiz xodisadan tibbiy sug‘urtalash, mol-mulkiga etkazilgan zararni baxtsiz xodisadan sug‘urtalash).
2. Yo‘l transport hodisasida aybdor shaxs sifatida:
- Ixtiyoriy sug‘urta sharnomasi (Avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash, boshqa shaxsning xayoti, sog‘lig‘iga va/yoki mol-mulkiga etkazilgan zararni sug‘urtalash).
- Majburiy sug‘urta shartnomasi. (Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish).
Jamg‘armaning rasmiy veb sayti (www.tkj.uz) da yangi interaktiv xizmatlar joriy etilgan. Ushbu interaktiv xizmatlardan biri transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi bo‘yicha yo‘l-transport hodisasida aybdor shaxsning qaysi sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalanganligi to‘g‘risida ma’lumotni onlayn usulda olishdir. Bundan tashqari javobgar shaxsning fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan sug‘urtalanmaganligi YHXB yoki sud qarorida qayd etilgan va sug‘urtalangan bo‘lsa ish xujjatlari to‘plamida mavjud bo‘lishi lozim.
Sug‘urta to‘lovi javobgarlikni sug‘urtalagan sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta polisiga muvofiq amalga oshiriladi, kompensatsiya to‘lovi Jamg‘arma tomonidan amalga oshiriladi va amalga oshirgan to‘lovni javobgar shaxsdar regress tartibida undirib oladi (sug‘urta kompaniyasi faqat ayrim belgilangan xollardagina regress xuquqini amalga oshiradi). Aynan jabrlanuvchining javobgarligi sug‘urta qilingan qilinmaganligi axamiyatsiz.
Mazkur sug‘urta turida “Sug‘urta hodisasi bo‘lib, transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini yuzaga kelishi bo‘lib, bu sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini keltirib chiqaradi.
Qonunning 5-moddasida “Transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta ob’ektidir” deb belgilangan.
Mazkur sug‘urta turida faqat transport vositasidan foydalanish natijasida jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi holatda esa fuqarolar bevosita sug‘urtaning boshqa turlari orqali ixtiyoriy ravishda sug‘urta qilingan hollarda yetkazilgan zarar bo‘yicha sug‘urta qoplamasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Jabrlanuvchi kompensatsiya to‘lovini amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan kundan boshlab, ya’ni jabrlanuvchining xayoti, sog‘liga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan e’tiboran uch yil ichida murojaat etishga xaqli.
- Ko'p beriladigan savollar
- Tadbirkorlik
- Rasmiy tushuntirish
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Mehnat munosabatlari
- Transport
- Sug‘urta
- Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Yoshlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- UZIMEI
- Elektron ishtirok
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID