Ko‘p beriladigan savollar

Yoshlar

Vazirlar Mahkamasi 312-son qarori bilan tasdiqlangan "Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi "Yoshlar daftari" jamg‘armalari to‘g‘risida" gi nizomning 90-bandiga ko‘ra, yoshlar quyidagi hollarda "Yoshlar daftari" dan chiqariladi:

▪️Belgilangan tegishli toifa bo‘yicha amaliy yordamlar (https://t.me/yuridikkonsalting/308)to‘liq ko‘rsatilganda; (bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilganligi bundan mustasno)

▪️bandligi to‘liq ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;

▪️to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;

▪️o‘z arizasiga ko‘ra;

▪️"Yoshlar daftari"ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;

▪️boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

▪️sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

▪️vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.

️"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarning "Yoshlar dasturi" ga kiritilgan masalalari to‘liq hal etilguniga qadar ularni "Yoshlar daftari" dan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga asosan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini olish uchun Siz yoki sizning yaqin qarindoshlaringiz (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)  orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Davlat xizmatini koʻrsatish bepul asosda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentyabrdagi PQ-3276-son qarori  4.a-bandida Maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o‘qishga qabul qilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-sonli qaroriga asosan “OLIY, O‘RTA MAXSUS VA PROFESSIONAL TA’LIM TASHKILOTLARIDA TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA O‘QISH UCHUN TA’LIM KREDITLARI AJRATISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi qarorida talabalarning ta'lim kreditini olish tartibi, asoslari va shartlari belgilangan. 

Ta'lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta'lim tashkilotlarining kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari ta'lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

Oliy ta'lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta'lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kredit oluvchi ta'lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ta'lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;

b) talaba va oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

d) bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

e) “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun;

f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PQ-113-son qaroriga muvofiq quyidagi abituriyentlar to'lovdan ozod etiladi.

- test sinovi o‘tkaziladigan yilda ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlar;

− nogironligi bo‘lgan shaxslar;

- davlat tomonidan to‘liq ta’minlangan shaxslar (“Mehribonlik” uyi va bolalar shaharchasi bitiruvchilari);

- “Yagona ijtimoiy himoya reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

- “yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar;

− to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalarga imtiyozli asosda tavsiya etilgan abituriyentlar.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-sonli qarorga asosan, Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza beriladi.

a) o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

agar ariza o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi (“pdf” yoki “jpg” formatda).

Shartnomada nodavlat ta’lim tashkilotining nomi, STIRi, bank hisobvarag‘i, joylashgan manzili, ariza beruvchi o‘qishni istagan kasb-hunar turi yoki ta’lim yo‘nalishi, o‘qish muddati, o‘qishning bir oylik va umumiy to‘lov miqdori ko‘rsatilishi lozim;

b) yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

transport xarajatlarini qoplash so‘ralganda — yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda);

yashash xarajatlarini qoplash so‘ralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda).

Arizalarni ko‘rib chiqish muddati 15 ish kuni.

Chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikati bilim va malakani baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash testidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga taqdim etiladigan sertifikat bo‘lib, muayyan chet tilini qay darajada bilishni ko‘rsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan Siz nodavlat maktabgacha taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatish uchun nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olishingiz zarur.

Buning uchun Siz Davlat xizmatlari markazlari, Litsenziya axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya olish boʻyicha murojaat qilishingiz mumkin.