Ko‘p beriladigan savollar
Ekologiya
Karantin ostidagi mahsulotda o‘simliklar karantini obyektlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xalqaro namunadagi hujjat.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022-yildagi 464-son qarori.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq, Butash deb daraxtlar va butalarning shoxlariga kerakli shakl berish, asosiy shoxning balandligini tekislash, skelet hosil qiluvchi shoxlarning bir tekisda joylashishini taʼminlash maqsadida quriyotgan, shikastlangan, asosiy shoxga qarab ichkariga yoki bir-biriga juda yaqin o‘sayotgan shoxlarni balzamik qismigacha kesib olib tashlash tushuniladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022-yildagi 464-son qarori.
“Yashil makon” platformasi — hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, mavjud daraxtlar soni, turi va joylashuvi, shaharlarning ko‘kalamzorlashtirilganlik darajasi, daraxtlarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun berilgan ruxsatnomalar, aniqlangan qonun buzilishi holatlari va ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan elektron maʼlumotlar bazasi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022 yildagi 464-son qarori.
Quyidagilar davlat o‘rmon fondiga kirmaydi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtzor va butazorlar;
temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, tabiiy va sun’iy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;
shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;
tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022 yildagi 464-son qarori.
Daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash hamda ularni ekish:
aholi punktlarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari;
tashkilotlarga tegishli hududlarda — yer egalari;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga biriktirilgan yo‘l va ko‘chalar bo‘ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi) tashkilotlari;
tabiiy va sun’iy suv oqimlari, suv havzalari hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda suv xo‘jaligi organlari;
fermer xo‘jaligi yerlarida hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;
zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga va boshqa o‘simliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday obyektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Yuridik shaxslar, ularning loyiha tashkilotlari, bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlari jahon standartlariga mos va zarur madaniy ko‘ngilochar infratuzilmalariga ega golf majmualarini barpo etish loyihasini amalga oshirish doirasida:
foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan;
loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondi qismi bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovdan;
loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tovarlarni, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod etiladi.
Asos (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5781-son Farmoni, 9-band, «b» kichik bandi)
- Ko'p beriladigan savollar
- Tadbirkorlik
- Rasmiy tushuntirish
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Mehnat munosabatlari
- Transport
- Sug‘urta
- Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Yoshlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- UZIMEI
- Elektron ishtirok
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID