Ko‘p beriladigan savollar

Litsenziyalash

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subʼektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida IOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli bo‘lgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari bo‘yicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomning 29-ilovasi bilan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasporti tasdiqlangan. Ushbu xizmatning pasporti bilan tanishish uchun havoladan (https://lex.uz/ru/docs/5870213) foydalanishingiz mumkin.

 

«Litsenziya» axborot tizimi va DXMlar orqali turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish mumkin.

Ariza beruvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar.

Mazkur litsenziyani olish uchun quyidagi to‘lovlar undiriladi:

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari miqdorida.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

«Ichki turizm»yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;

«chiqish turizmi» yoki «kirish turizmi» yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati yoxud bittadan ortiq yo‘nalish turi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 kun.

Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom. (5-ilova).

Litsenziyalash tartibi yoki ruxsat berish tartib-taomili bekor qilinganda;

Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugaganda;

Bajarilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan bir martalik harakat bajarilganda;

Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga ega bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etganda;

Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan vakolatli organga litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan ilgari murojaat etilgan bo‘lib, mazkur muddat ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida vakolatli organga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda.

Yuridik shaxslarning manzili o‘zgarganligi sababli qayta litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi 701-sonli "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonuni bilan tartibga solinadi.

Mazkur qonunning 30-moddasiga binoan Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari bo‘yicha o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga, ko‘rsatib o‘tilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.

Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilgunga qadar, tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi asosida unda ko‘rsatilgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiradi.

Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilayotganda vakolatli organ litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish hamda berish litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish hamda berish litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tartibga solinadi.

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʼlgan shaxslar elektron raqamli imzosidan (keyingi oʼrinlarda — ERI) foydalangan holda Davlat oʼrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olish uchun «Litsenziya» АT yoki YIDXP orqali ariza yuboradi.

Аrizada quyidagilar koʼrsatiladi:

  • yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʼlsa), xizmat koʼrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʼi, telefon raqami;
  • jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʼlsa), telefon raqami;
  • kesiladigan daraxtlar va butalarning turi va soni;
  • daraxtlar va butalar joylashgan joy (tuman, koʼcha, uy);
  • kesishdan maqsad.

Аrizani koʼrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʼim undiriladi.

Vakolatli organ Davlat oʼrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʼgʼrisidagi qarorni «Litsenziya» АT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega boʼlgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlagan holda 5 ish kuni ichida talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan, qonun bilan belgilanadigan faoliyat turlari litsenziyalanadigan faoliyat turlari deyiladi. 2021-yil 14-iyulda eʼlon qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq ularning soni O‘zbekiston Respublikasida 49 ta.

Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yoki berish majburiyatini oladi, yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoki ozod qilish majburiyatini oladi.

Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun tegishli ruxsatnoma olish talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish respublika davlat inspeksiyasi.

Murojaat etish usuli:

- bevosita tashrif buyurish orqali (Toshkent, Yashnobod tumani, Toʻytepa, 2A uy);

- pochta orqali (100047, Toshkent, Yashnobod tumani, Toʻytepa, 2A uy);

- elektron shaklda.

Talab etiladigan hujjatlar:

- ariza;

- hayvonlarni, ularning qismlarini yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi, agar ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida eksport qilinishi nazarda tutilgan boʻlsa, tijorat maqsadlarida hayvonlarni ishlab chiqarish uchun ilova qilinadi. Shartnoma bir marta, agar u bir necha marta vakolat berilgan boʻlsa, taqdim etiladi. Bunday holda, arizada shartnoma haqida maʼlumotnoma koʻrsatiladi.

Undiriladigan toʻlovlar:

- arizani koʻrib chiqish uchun:

har safar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqiga 0,1 nisbatan koeffitsiyent miqdorida;

tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslardan 0,2 koeffitsiyent miqdorida;

xorijiy fuqarolardan — 10 AQSH dollari miqdorida.

- ruxsatnoma berganlik uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqiga nisbatan 0,1 koeffitsiyent miqdorida;

tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqiga nisbatan 0,2 koeffitsiyent miqdorida;

xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomasi uchun 50 AQSH dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSH dollari miqdorida.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 15 ish kuni.

Ruxsatnomani amal qilish muddati: joriy yilning 31-dekabr kuniga qadar.

Normativ hujjatlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizom.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi.

Ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– Davlat xizmatlari markazlariga borish orqali;

– Yagona interaktiv davlat xizmtlari portali orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

– ariza;

– ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi yoki eksporti uchun bitim (shartnomalar, invoyslar va h.k.);

– ozonni buzuvchi moddalarning utilizatsiyasi yoki tiklanishini amalga oshirgan ixtisoslashtirilgan tashkilotning yetkazib berilgan hajmlar koʻrsatilgan holdagi maʼlumotnomasi;

– import qilinayotgan ozonni buzuvchi moddalarning tarkibi, shuningdek eksportni amalga oshirayotgan mamlakat tomonidan berilgan litsenziyadan nusxa (zaruratga koʻra).

Ruxsatnomani olish uchun talab:

– ruxsat etilgan ozonni buzuvchi moddalarning importi va eksportini ushbu mahsulotlar roʻyxatiga muvofiq amalga oshirish;

– ozonni buzuvchi yoki ularga bogʻliq boʻlgan moddalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan sovutish jihozlari va havoni konditsionerlash uskunalarining:

ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatining A roʻyxatidagi I guruhga va S roʻyxatidagi I guruhga mansub boʻlmagan;

Oʻzbekiston Respublikasiga importi taqiqlangan ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatiga mansub boʻlmaganlarining importini amalga oshirish;

– importni belgilangan kvotaga muvofiq amalga oshirish;

– eksportchi eksport qiluvchi mamlakatda ozonni buzuvchi modda bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega tashkilot boʻlishi;

– ozonni buzuvchi moddaning importini import qiluvchi mamlakat qonun hujjatlari, shuningdek Monreal protokoli talablarini buzmagan holda amalga oshirish;

– ozonni buzuvchi yangi moddali mahsulotlarning import yoki eksport qilinadigan konteynerlarini berilgan ruxsatnoma asosida markirovkalash;

– import qilingan va sotilgan, eksport qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlari hisobini yuritish;

– Davlat ekologiya qoʻmitasiga import qilingan, sotilgan va eksport qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili taqdim etish.

Arizani koʻrib chiqqanlik undiriladigan yigʻim:

– Davlat xizmatlari markaziga borilganda 1 BHM;

– YIDXP orqali yuborilganda BHMning 90%.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 7 ish kunidan 20 ish kunigacha.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: kalendar yilning 31-dekabridan oshmagan muddatga.

Normativ hujjatlar

•Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori

Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarishga Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining qarori talab etiladi.

Vakolatli organ: Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi.

Qaror yuridik shaxslarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– yozma shaklda yoki pochta orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

•          tushuntirish xati;

•          sanoat ahamiyatini yoʻqotgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarishda, — tegishli texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;

•          qazib olinayotgan kon toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlar (qazib olish tizimi, foydali qazilmalarni kavlab olishda nobud boʻlish va yaroqsiz holga kelish koʻrsatkichlari, neft, gaz, kondensat va boshqalarni qazib olish koeffitsiyentlari);

•          chizmalar;

•          foydali qazilmalar zaxiralari ular boʻyicha hisobdan chiqariladigan uchastkalar, ruda jismlari (hisoblangan bloklar) joylashishi sxemasi, proyeksiyalar, gorizont boʻyicha natijalar, qidiruv va ishlatib sinab koʻrish maʼlumotlari;

•          kon ajratmasi nusxasi.

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlov ariza beruvchi bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan undiriladi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 3 oy.

Qarorning amal qilish muddati: cheklanmagan muddatga beriladi.

Normativ hujjatlar

•    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya olish talab etiladi.

Vakolatli organ: Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi.

Qaror yuridik shaxslarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

•          auksionda qatnashish;

•          muzokaralar asosida.

Auksionda qatnashish tartibi:

•          auksion boʻyicha xabar joylashtirilgan kundan boshlab 8 kun ichida havolaga muvofiq elektron ariza beriladi;

•          arizani qabul qilish auksionni oʻtkazish kunidan 2 kun oldin soat 13-00 da yakunlanadi;

•          auksion obyekti boshlangʻich narxining (BHM 36 baravari)ning 5 foizi miqdorida zakalat puli toʻlanadi;

•          auksion 2 va undan ortiq ishtirokchi qatnashganda oʻtkaziladi.

Auksion natijalarini rasmiylashtirish:

1. Eng yuqori narxni taklif etgan ishtirokchi auksion gʻolib deb topiladi.

2. Gʻolib 5 kun ichida yer qaʼri uchastkasining qiymatini toʻliq toʻlashi lozim, shundan soʻng 1 ish kuni ichida auksion gʻolibiga bayonnoma rasmiylashtiriladi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

3. Auksion gʻolibi 3 kunlik (koʻpi bilan 30 kun) muddatda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

4. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2 kun ichida litsenziyani rasmiylashtiradi.

5. Auksion g‘olibi 4 oy ichida Davlat geologiya qoʻmitasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:

•          yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (litsenziya yer qaʼri uchastkasini geologik oʻrganish uchun berilganda);

•          texnik-iqtisodiy asoslar (litsenziya noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda);

•          loyihaga berilgan atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ijobiy ekologik ekspertiza xulosasi.

 

Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida litsenziya olish tartibi:

1. Ariza beruvchi Davlat geologiya qoʻmitasidan soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplamini oladi (maʼlumotlar uchun haq undiriladi).

2. Davlat geologiya qoʻmitasiga ariza berish va quyidagi hujjatlarni ilova qilish lozim:

•          ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalarining aloqa va pochta maʼlumotlari;

•          soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasining nomi va yer qaʼridan foydalanishning nazarda tutilgan turi;

•          texnik va texnologik imkoniyatlar, belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilinadigan texnika va asbob-uskunalar mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;

•          Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan tuzilgan uch tomonlama kelishuv nusxasi;

•          yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (yer qaʼri geologik oʻrganish uchun berilganda);

•          texnik-iqtisodiy asoslar (yer qaʼri noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda);

•          atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisida loyihasiga berilgan ijobiy ekologik ekspertiza xulosasi;

•          yer uchastkasi ajratilganligi toʻgʻrisidagi hujjat.

3. Arizani koʻrib chiqish (BHMning) 4 baravari miqdorida yigʻim toʻlanadi.

4. Davlat geologiya qoʻmitasi arizani 16 kunda koʻrib chiqadi va ariza beruvchiga yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolash toʻgʻrisida xabar yuboradi.

5. Ariza beruvchi 3 kunlik (koʻpi bilan 30 kun) muddatda foydalanish shartlarini imzolashi lozim.

6. Foydalanish shartlari imzolangandan soʻng litsenziya 1 ish kuni ichida rasmiylashtirib beriladi.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

•          geologik oʻrganish uchun 5 yilgacha;

•          foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun – qazib olish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslar bilan belgilangan muddatga.

Normativ hujjatlar

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-iyuldagi 546-sonli qarori

Strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

•          geologik jihatdan oʻrganish;

•          foydali qazilmalarni kavlab olish;

•          texnogen mineral hosilalardan foydalanish;

•          foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;

•          muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish;

•          nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash.

Vakolatli organ: Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi.

Qaror yuridik shaxslarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

•          auksionda qatnashish;

•          muzokaralar asosida.

Auksionda qatnashish tartibi:

•          auksion boʻyicha xabar joylashtirilgan kundan boshlab 2 oy ichida havolaga muvofiq elektron ariza beriladi;

•          arizani qabul qilish auksionni oʻtkazish kunidan 2 kun oldin soat 13-00 da yakunlanadi;

•          auksion obyekti boshlangʻich narxining 5 foizi miqdorida zakalat puli toʻlanadi;

•          auksion 2 va undan ortiq ishtirokchi qatnashganda oʻtkaziladi.

Auksionda qatnashish tartibi:

Auksion obyekti boshlangʻich narxi:

1) geologik qidiruv ishlari uchun:

•          neft, gaz, kondensatiga (BHMning) 5000 baravari;

•          oltinga (BHMning) 1000 baravari;

•          qimmatbaho (oltindan tashqari) noyob va asl metallar konlariga (BHMning) 500 baravari;

•          rudali foydali qazilmalar konlariga (oltin, qimmatbaho, noyob va asl metallar konlaridan tashqari) (BHMning) 250 baravari;

2) qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanganlik uchun:

•          strategik turdagi foydali qazilmalar (TT: oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, uran, platina va platinoidlar, nodir metallar va nodir elementlar, temir, marganes, neft, gaz, kondensat, koʻmir, yonuvchi slaneslar) hajmining bahosiga nisbatan 0,1 foiz miqdorida belgilanadi.

Auksion natijalarini rasmiylashtirish:

1. Eng yuqori narxni taklif etgan ishtirokchi auksion gʻolib deb topiladi.

2. Gʻolib 10 kun ichida yer qaʼri uchastkasining qiymatini toʻliq toʻlashi lozim, shundan soʻng 1 ish kuni ichida auksion gʻolibiga bayonnoma rasmiylashtiriladi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

3. Auksion gʻolibi 10 kunlik (koʻpi bilan 30 kun) muddatda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

4. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2 kun ichida litsenziyani rasmiylashtiradi.

5. Auksion g‘olibi 6 oy ichida Davlat geologiya qoʻmitasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:

•          yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (litsenziya yer qaʼri uchastkasini geologik oʻrganish uchun berilganda);

•          texnik-iqtisodiy asoslar (strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda);

•          loyihaga berilgan atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ijobiy ekologik ekspertiza xulosasi.

 

Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida litsenziya olish tartibi:

1. Ariza beruvchi Davlat geologiya qoʻmitasidan soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplamini oladi (maʼlumotlar uchun haq undiriladi).

2. Davlat geologiya qoʻmitasiga ariza berish va quyidagi hujjatlarni ilova qilish lozim:

•          ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalarining aloqa va pochta maʼlumotlari;

•          soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasining nomi va yer qaʼridan foydalanishning nazarda tutilgan turi;

•          mavjud xodimlar (geologlar, konchilar, marksheyderlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

•          texnik va texnologik imkoniyatlar, belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilinadigan texnika va asbob-uskunalar mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;

•          soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorlishi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumot;

•          yer qaʼri uchastkasini oʻzlashtirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun zarur miqdordagi mablagʻlarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot;

•          yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (yer qaʼri geologik oʻrganish uchun berilganda);

•          texnik-iqtisodiy asoslar (yer qaʼri noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda);

•          atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisida loyihasiga berilgan ijobiy ekologik ekspertiza xulosasi;

•          yer qaʼri uchastkasidan foydalanishni taʼminlash uchun texnik, texnologik va moliyaviy imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot.

3. Arizani koʻrib chiqish (BHMning) 4 baravari miqdorida yigʻim toʻlanadi.

4. Davlat geologiya qoʻmitasi arizani 15 kunda koʻrib chiqadi va ariza beruvchiga yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolash toʻgʻrisida xabar yuboradi.

5. Ariza beruvchi 3 kunlik (koʻpi bilan 30 kun) muddatda foydalanish shartlarini imzolashi lozim.

6. Foydalanish shartlari imzolangandan soʻng litsenziya 1 ish kuni ichida rasmiylashtirib beriladi.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

•          geologik oʻrganish uchun 5 yilgacha;

•          kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun – foydali qazilma konini yoki texnogen mineral hosilalarni ishga solishning texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan muddatiga;

•          nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun — 2 yilgacha muddatga;

•          foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, neft, gaz, gaz kondensati, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun – muddatsiz foydalanishga;

•          muhofaza etiladigan geologiya obyektlarini barpo etish uchun – muddatsiz foydalanishga beriladi.

Normativ hujjatlar

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 403-son qarori

Yer qaʼridan foydalanish litsenziyasi asosida konlarni qazib olish kon ajratish dalolatnomasi asosida olib borilishi mumkin.

Vakolatli organ: Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi.

Kon ajratish dalolatnomasi yuridik shaxslarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– yozma shaklda yoki pochta orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

1) buyurtmanoma;

2) 2 nusxada quyidagilarni oʻz ichiga olgan kon ajratish loyihasi:

•          tushuntirish xati;

•          chizma materiallar (topografik (gipsometrik) rejasi, geologik (tarkibiy) xaritalar va qirqimlar nusxalari);

•          foydali qazilmalar konini berish-qabul qilib olish dalolatnoma nusxasi (neft va gaz konlari uchun qoʻshimcha ravishda qazish loyihasi tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalari);

•          foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonani qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish loyihasi;

•          yer ajratilgan holda yerdan foydalanuvchining yozma roziligi;

•          boʻysunishiga koʻra yuqori turuvchi tashkilotning kon ajratish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 10 kun.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati:

– litsenziyaning amal qilish muddatiga;

– neft va gaz konlari uchun 5 yilgacha.

Normativ hujjatlar

•         Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom

Yer osti boyliklari yoki uning qismlarini qazib oluvchi korxonani tugatish va konservatsiya qilishga maxsus loyihalar vakolatli organlar bilan kelishilishi talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (aloqa uchun).

Murojaat etish usuli:

- bevosita tashrif buyurish orqali (100070, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur prospekti, 15);

- pochta orqali;

- elektron shaklda.

Talab etiladigan hujjatlar:

- ariza;

- foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha korxonani tugatish va asrash boʻyicha loyiha yoki uning bir qismi.

Undiriladigan toʻlovlar:

- arizani koʻrib chiqish uchun: undirilmaydi.

- xulosa berganlik uchun: undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 20 kun.

Ruxsatnomani amal qilish muddati: bir martalik.

Normativ hujjatlar

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (hujjat rus tilida berilgan)

Togʻ-kon ishlarini yuritish uchun ruxsatnoma olish talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (aloqa uchun).

Murojaat etish usuli:

- bevosita tashrif buyurish orqali (100070, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur prospekti, 15);

- pochta orqali;

- elektron shaklda.

Talab etiladigan hujjatlar:

- ariza;

- kavlab olish uchun ishlatiladigan texnik qurilmalar roʻyxati;

- muhandis-texnik xodimlarning kon ishlari boʻyicha masʼul malaka sertifikati, ularning maʼlumoti (mutaxassisligi, diplom va diplom raqami koʻrsatilgan);

- togʻ-kon ishlari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning malaka sertifikati;

- karyer (kesik, shaxta) qabul qilish yoki uni ishga tushirish boʻyicha Davlat komissiyasining dalolatnomasi nusxasi.

Undiriladigan toʻlovlar:

- arizani koʻrib chiqish uchun: undirilmaydi.

- xulosa berganlik uchun: undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 20 kun.

Ruxsatnomani amal qilish muddati: bir martalik.

Normativ hujjatlar

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (hujjat rus tilida berilgan)

Kon ishlarini olib borish va foydali qazilma konlarini mineral xom ashyolarni qayta ishlash bilan birga ishga tushirishda Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishish lozim boʻladi.

Kelishuvchi organ: Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (aloqa uchun).

Murojaat etish usuli:

- bevosita tashrif buyurish orqali (100070, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur prospekti, 15);

- pochta orqali;

- elektron shaklda.

Talab etiladigan hujjatlar:

- ariza;

- konchilik ishlari kalendar rejasi;

- grafik materiallar.

Undiriladigan toʻlovlar:

- arizani koʻrib chiqish uchun: undirilmaydi.

- xulosa berganlik uchun: undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 20 kun.

Kelishuv muddati: bir martalik.

Normativ hujjatlar

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (hujjat rus tilida berilgan)

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma olish talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Davlat geologiya qoʻmitasi.

Murojaat etish usuli:

- Davlat xizmatlari markazlari orqali;

- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

- ariza;

- yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki kelishuv nusxasi;

- gidrogeologik xulosa;

- davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;

- yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun loyiha hujjatlari;

- ariza beruvchining texnik imkoniyatlari haqida maʼlumot, mavjud uskunalarning texnik pasportlari nusxalari yoki zarur texnika va uskunalarni ijaraga olish boʻyicha shartnoma nusxasi;

- ariza beruvchi tegishli mutaxassisining (gidrogeolog) diplom nusxasi.

Undiriladigan toʻlovlar:

- arizani koʻrib chiqish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 30%.

- xulosa berganlik uchun:

     - gidrogeologik xulosani olish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;

     - ekologik ekspertiza xulosasini olish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 7,5 baravari.

Soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati: 6 ish kuni.

Ruxsatnomani amal qilish muddati: 1 yilgacha.

Normativ hujjatlar

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat etuvchi hujjatlarni berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 9-son qarori

Jismoniy va yuridik shaxslar suvdan maxsus foydalanishi yoki suvni maxsus isteʼmol qilishi, shu jumladan, suvni olishi va oqova suvlarni oqizib yuborishi uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organlar:

- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (tabiiy suv manbalaridan);

- Suv xoʻjaligi vazirligi (sunʼiy suv obyektlari suvlaridan foydalanilganida yoki isteʼmol qilinganida);

- Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (yer osti suvlaridan foydalanilganida yoki isteʼmol qilinganida) va ularning hududuiy boshqarmalari.

Murojaat etish usuli:

- Davlat xizmatlari markazlari orqali;

- Elektron shaklda.

Talab etiladigan hujjatlar:

- Soʻrovnoma;

- ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati.

Undiriladigan toʻlovlar:

- arizani koʻrib chiqish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 30%;

- ruxsatnoma berganlik uchun: undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 13 kun.

Sertifikatni amal qilish muddati: bir martalik hujjat.

Normativ hujjatlar

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti

Havo orqali tashish va aviatsiya ishlari bajarish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.

Murojaat etish usuli:

- bevosita tashrif buyurish orqali (Toshkent shahar, Nukus koʻchasi, 73-B uy);

- pochta orqali (Toshkent shahar, Nukus koʻchasi, 73-B uy);

- elektron shaklda.

Talab etiladigan hujjatlar:

- ariza;

- mazkur havolada koʻrsatilgan hujjatlar, yaʼni:

Yuridik shaxslar uchun:

1. Samolyotning joylashuvi, taklif etilayotgan parvozlar va faoliyat turlari, geografik zonalar (hududlar) haqida maʼlumot;

2. Talabgorni tashkil etish va boshqarishning tasdiqlangan tarkibiy sxemasi;

3. Samolyot egaligini tasdiqlovchi hujjatlar;

4. Unvoni koʻrsatilgan, ularni egallagan shaxslar nomlari, ularning malakasi va fuqarolik aviatsiyasi tegishli boshqaruv tajribasi;

5. Parvoz ekipaji va muhandislik xodimlarining malakasi haqida maʼlumot berildi;

6. Samolyotning turi, modeli, seriyalari, markalari, havoga ishlov berish holati koʻrsatilgan holda boshqariladigan samolyotlar roʻyxati;

7. Samolyot uy aeroportida parvoz qoʻllab-quvvatlash turlari uchun shartnomalar nusxalari;

8. Majburiy sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta polislari nusxalari;

9. RPP, RERTO, SUBP qoʻllanma, samolyot zamin muomala qoʻllanma, oʻquv qoʻllanma va xavfli tovarlar tashish uchun tartib, samolyot vazn nazorat qilish qoʻllanma, zamin va parvoz ekipaj oʻquv dasturi, ekspluatant aviatsiya xavfsizligi dasturi;

10. (Samolyot har bir turi uchun) samolyot ekspluatant qoʻllanma, samolyot parvoz ekspluatatsiyasi qoʻllanma (samolyot har bir turi uchun), texnik dastur (samolyot har bir turi uchun), minimal uskunalar roʻyxati (samolyot har bir turi uchun), asosiy minimal uskunalar roʻyxati (samolyot har bir turi uchun), konfiguratsiya chetga roʻyxati (samolyot har bir turi uchun).

Jismoniy shaxslar uchun:

1. Samolyotning joylashishi, taklif etilayotgan qatnov turlari, qatnov geografik zonalari (hududlari) haqida maʼlumot;

2. Barchaning egaligini tasdiqlovchi hujjat;

3. Samolyotda parvozlarni amalga oshirish uchun talabgorning malakasi va qabul qilinishi haqida maʼlumot.

4. Samolyotning turi, modeli, seriyasi, belgilari, havodagi ishchanlik holatini koʻrsatuvchi samolyot haqida maʼlumot;

5. Samolyotga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxalari;

6. Samolyot uy aeroportida parvoz qoʻllab-quvvatlash turlari uchun shartnomalar nusxalari;

7. Majburiy sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta polislarining nusxalari;

8. RPP, samolyot ekspulatatsiyasi qoʻllanma, samolyot parvoz operatsiya qoʻllanma, samolyot texnik dastur, ekspluatatsiya aviatsiya xavfsizligi dasturi.

Undiriladigan toʻlovlar:

- arizani koʻrib chiqish uchun: undirilmaydi;

- ruxsatnoma berganlik uchun: undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 30 kun.

Ruxsatnoma berish talablari va shartlari mazkur havolada koʻrsatilgan.

Ruxsatnomani amal qilish muddati: 3 yilgacha.

Normativ hujjatlar

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 1-martdagi 58-son "Tadbirkorlik subyektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qarori (hujjat rus tilida berilgan)

Jismoniy va yuridik shaxslar bankning ustav kapitalidagi:

•          5 va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan 20 foizni;

•          20 va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan 50 foizni;

•          50 va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushni sotib olishdan oldin Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Markaziy bank.

Ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– yozma shaklda yoki pochta orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

•          havolaga muvofiq shaklda ariza;

•          jismoniy shaxs uchun:

1) pasportning nusxasi;

2) mablagʻlarning kelib chiqish manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

3) havolaga muvofiq maʼlumotlar;

4) monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi (agar bunday rozilik talab etilsa);

•          yuridik shaxs uchun:

1) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va taʼsis hujjatlari (ustav va taʼsis shartnomasi);

2) barcha ishtirokchilar (aksiyadorlar) toʻgʻrisida havolaga muvofiq maʼlumotlar;

3) oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisida havolaga muvofiq maʼlumotlar;

4) potensial oluvchi toʻgʻrisida mazkur havolaga muvofiq maʼlumotlar;

5) bankda hal qiluvchi egalikni olish toʻgʻrisidagi vakolatli organning qarori;

6) auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan oxirgi 3 yil uchun yillik moliyaviy hisobotlar;

7) mablagʻlarning kelib chiqish manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

8) havolaga muvofiq anketa;

9) kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organ aʼzolari toʻgʻrisida maʼlumotlar;

10) monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi (agar bunday rozilik talab etilsa);

•          banklar uchun:

1) yuridik shaxslar taqdim etadigan hujjatlar;

2) banklar guruhi tuzilmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

3) banklar guruhi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

4) banklar guruhining tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat boʻyicha siyosati;

5) banklar guruhida nazoratni amalga oshiruvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

6) oxirgi 3 moliyaviy yil uchun auditdan oʻtkazilgan konsolidatsiyalashgan hisoboti, oxirgi konsolidatsiyalashgan balans hisoboti hamda foyda va zararlar toʻgʻrisidagi konsolidatsiyalashgan hisoboti.

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 2 oy.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: bir martaga beriladi, 6 oy davomida yuridik kuchini saqlab qoladi.

Normativ hujjatlar

•          “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-24-moddalari

•          Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom

Banklar tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Markaziy bank.

Ruxsatnoma banklarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– yozma shaklda yoki pochta orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

– bankning kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolangan, havolaga muvofiq ariza;

– bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qarori.

Ruxsatnomani olish uchun talab: bank tomonidan sotib olinadigan oʻz aksiyalarining summasi bank ustav kapitalining 10 foizidan oshishi mumkin emas.

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 30 ish kuni.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: bir martaga beriladi.

Normativ hujjatlar

•          “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-moddasi

•          Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom

Banklarni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Markaziy bank.

Ruxsatnoma banklarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– yozma shaklda yoki pochta orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

•          havolaga muvofiq ariza;

•          bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori;

•          qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligining asoslanganligi va oqibatlarining moliyaviy taxminlari, shu jumladan, qayta tashkil etilgandan soʻng yangidan vujudga keladigan va qoladigan har bir bankning taxminiy balansi;

•          qayta tashkil etishda ishtirok etayotgan va ushbu jarayon natijasida yuzaga kelayotgan banklarning qayta tashkil etish natijasida hosil boʻladigan taxminiy balanslari asosida hisoblangan prudensial normativlar koʻrsatkichlari;

•          bankning aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan bankning yangi tahrirdagi ustavi.

Ruxsatnomani olish uchun talab:

•          bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etgan aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismining ovozi bilan qabul qilishi kerak;

•          qayta tashkil etish natijasida omonatchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi;

•          qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan va (yoki) qoladigan banklar tomonidan banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun xujjatlarida oʻrnatilgan prudensial normativlar va boshqa talablarga rioya etilishi;

•          qayta tashkil etish jarayonida raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi;

•          qayta tashkil etilayotgan bankning topshirish hujjati yoki taqsimlash balansida huquqiy vorisning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi qoidalarning mavjudligi.

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 30 ish kuni.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: bir martaga beriladi, qayta tashkil etish jarayoni ruxsatnoma olingan kundan eʼtiboran 6 oy ichida tamomlashi shart.

Normativ hujjatlar

•          “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-moddasi

•          Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom

Banklarni ixtiyoriy tugatish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Markaziy bank.

Ruxsatnoma banklarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– yozma shaklda yoki pochta orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

– havolaga muvofiq ariza;

– bankni tugatish toʻgʻrisida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tugatish sabablari koʻrsatilgan holda qabul qilingan qaror;

– aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan tugatish rejasi;

– talablarni qanoatlantirish uchun mablagʻlar yetarli ekanligini tasdiqlovchi balans hisoboti;

– tugatish komissiyasining tarkibi toʻgʻrisidagi axborot va boshqa zarur maʼlumotlar.

Ruxsatnomani olish uchun talab:

– bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etgan aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismi ovozi bilan qabul qilinishi;

– bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilingan boʻlishi;

– bank toʻlovga layoqatli boʻlishi;

– bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda toʻliq va yetarli maʼlumotlar mavjudligi;

– taqdim etilgan tugatish rejasi kreditorlar va omonatchilarning talablari toʻliq qanoatlantirilishi uchun imkoniyatlar boʻlishini taʼminlashi;

– bank Markaziy bankning soʻrovnomasiga koʻra bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish shartlari bajarilganligini aniqlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etishi.

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 60 ish kuni.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: bir martaga beriladi.

Normativ hujjatlar

•          “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 79-moddasi

•          Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom

Banklar tomonidan naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani olib chiqish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Markaziy bank.

Ruxsatnoma banklarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– yozma shaklda yoki pochta orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

– ariza (unda olib chiqishga moʻljallangan valyutaning turi, uning summasi, valyuta mablagʻlari qaysi davlatga olib chiqilishi, xorijiy bankning nomi, naqd valyuta mablagʻlarini olib chiqish maqsadlari koʻrsatiladi).

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 3 bank ish kuni.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: bir martaga beriladi.

Normativ hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari  47-49-bandlari

Sugʻurta kompaniyalarini (sugʻurtalovchilarni) qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi.

Ruxsatnoma sugʻurta kompaniyalariga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– yozma shaklda yoki pochta orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

Ruxsatnomani olish uchun talab:

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 15 kuni.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: bir martaga beriladi.

Normativ hujjatlar

“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizom

Sugʻurta kompaniyalarini ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxati Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi bilan kelishilishi lozim.

Vakolatli organ: Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi.

Kelishish sugʻurta kompaniyalariga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– yozma shaklda yoki pochta orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

– havolaga muvofiq ariza;

– 2 nusxada sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlangan ogohlantirish tadbirlari roʻyxati.

Ruxsatnomani olish uchun talab:

•          sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;

•          kelishilgan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatiga muvofiq ogohlantirish tadbirlari zaxirasi mablagʻlaridan faqat baxtsiz hodisalar, sugʻurtalangan mol-mulkni yoʻqotish yoki ziyon yetishining oldini olishga, shuningdek boshqa sugʻurta hodisalarining oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalanish.

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 15 kuni.

Kelishishning amal qilish muddati: cheklanmagan muddatga beriladi.

Normativ hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizom

Banklar tomonidan chet eldagi shoʻba banklar, filiallar va vakolatxonalar ochish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnomani beruvchi organ: Markaziy bank.

Ruxsatnoma banklarga beriladi.

Murojaat etish usuli:

– yozma shaklda yoki pochta aloqasi orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

•          ariza;

•          bank kuzatuv kengashining chet elda shoʻba bankini ochish, filialni tashkil etish, banklarning kapitalida ishtirok etish, chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etish toʻgʻrisidagi qarori;

•          chet elda shoʻba bankini ochish, filialni tashkil etish, banklarning kapitalida ishtirok etish, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etishning iqtisodiy asoslanishi;

•          rahbarlik lavozimiga tayinlanayotgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlar;

•          qabul qilayotgan davlatda nazorat rejimi boʻyicha maʼlumotlar.

Ruxsatnomani olish uchun talab:

•          Markaziy bank va qabul qiluvchi mamlakatning bank nazorati organi bilan axborot ayirboshlash toʻgʻrisida kelishuv mavjud boʻllishi;

•          qabul qiluvchi mamlakatning qonun hujjatlari va uning qoʻllanilish uslubiyoti Markaziy bank tomonidan shoʻba bank, filial ustidan nazorat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi;

•          bankning boshqaruvi va moliyaviy holati shoʻba bank, filial orqali amalga oshiriladigan, rejalashtirilayotgan faoliyat uchun yetarli boʻlishi;

•          prudensial normativlar koʻrsatkichlariga rioya etilganda va ular oʻsib borganda hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunning boshqa talablariga muvofiq boʻlishi.

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 1 oy.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: bir martaga beriladi.

Normativ hujjatlar

Temir yoʻl shaxobcha yoʻllarini, shuningdek yuklash, tushirish, vagon va konteynerlarni tozalash uchun moʻljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnoma beruvchi organ: Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (Toshkent shahri, Zulfiyaxonim koʻchasi, 3 uy).

Murojaat etish usuli: bevosita tashrif buyurish orqali.

Talab etiladigan hujjatlar:

- ariza;

- loyiha hujjatlari nusxasi;

- lokomotiv deposi instruktori haydovchining yozma xulosasi.

Undiriladigan toʻlovlar:

- arizani koʻrib chiqish uchun: undirilmaydi;

- ruxsatnoma berganlik uchun: undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 20 ish kuni.

Ruxsatnoma berish talablari va shartlari:

- Davlat temir yoʻllarida tadbirkorlik subyektlarining prokatga chiqishida qonun hujjatlariga majburiy rioya etilishi;

- tadbirkorlik subyektlari tomonidan vakolatli organning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yetti ish kuni mobaynida xabarnoma);

- vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarga, shuningdek temir yoʻl transporti sohasidagi ekologik, sanitariya va boshqa qoidalarga majburiy rioya qilish;

- ruxsat beruvchi xarakterdagi hujjatda koʻrsatilgan chegaralarda harakatlarni bajarish;

- tadbirkorlik subyekti xodimlarini (prokatlash operatorlari, yordamchi muhandis prokatlash stanlari, haydovchilar, kompilyatorlar poyezdlari va asosiy oʻtkazgichlarni) temir yoʻllar sohasidagi qonun hujjatlarini tekshirish.

Ruxsatnomani amal qilish muddati: 3 yilgacha.

Normativ hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizom

Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 15-ilova talablariga asosan yuridik va jismoniy shaxlar ariza bera oladi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 15-ilova talablariga asosan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

kesiladigan daraxtlar va butalarning turi va soni;

daraxtlar va butalar joylashgan joy (tuman, ko‘cha, uy);

kesishdan maqsad.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 15-ilova talablarida 5 ish kuni etib belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 15-ilova talablari bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 15-ilovada ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati ruxsatnoma berilgan yilning 31-dekabriga qadar etib belgilangan.

Notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati – 5 ish kuni; Notarial harakatlarni roʼyxatga olish reestr kitobidan koʼchirma – 2 ish kuni; Аrxiv hujjatlaridan nusxalar, shuningdek mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida maʼlumotnomalar – 2 ish kuni; Аrxiv maʼlumotnomalari – 1 ish kuni.

Litsenziya berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobari miqdorida yillik litsenziya to‘lovi undiriladi.

Litsenziya berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobari miqdorida yillik litsenziya to‘lovi undiriladi.

Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT — license.gov.uz;

– YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar:

  • Yuridik shaxs (ish beruvchi)
  • Jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)

 Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

340 000 soʻm (BHMning 1 baravari);

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yigʻim Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori asosida belgilanadi.

Arizani koʻrib chiqish muddati: 15 ish kuni

Maʼlumot uchun: Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar oʻttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 martdagi "Xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 727-son qaroriga asosan ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilishligi mumkin.

Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirishda davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanib, ular tomonidan rasmiylashtirilgan arizalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan ko‘rib chiqiladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti.

Transport vositalarida tashqi reklama va axborotni o‘rnatish uchun reklama joyining pasporti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda bir yil muddatga beriladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti.

XYT daftarchasi — jo‘natish joyidan manzildagi joygacha yuklarni kuzatib boradigan, Konvensiyaga asosan davlat bojxona xizmati organlari va XYT daftarchasidan foydalanuvchilar tomonidan qo‘llaniladigan muvofiq shakldagi xalqaro bojxona hujjati.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi (ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangilash bundan mustasno). Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti.

Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.

Litsenziat — jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)ning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgargan taqdirda litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.

Ariza beruvchi avtotransport vositalarida reklama va axborotni o‘rnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi. (Xizmatlar ro'yxati, Litsenziyalash, Avtotransport vositalarida reklama joyining pasportini rasmiylashtirish)

Quyidagu hujjatlar talab eriladi:

1. Avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami

2. Avtotransport vositasida joylashtirilishi nazarda tutilgan reklama va axborotning (transport vositasining to‘rt tarafdan ko‘rinish) eskizi.

Litsenziyalar litsenziatning arizasiga asosan litsenziyalovchi organ tomonidan quyidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin:

litsenziya asosida amalga oshirayotgan faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirishda;

litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar va vakolatxonalarning ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishida;

yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyektining faoliyatni amalga oshirish joyi o‘zgarganda.

Litsenziat litsenziya asosida amalga oshirayotgan faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirish huquqiga ega, bunda litsenziat litsenziyani o‘zgartirish haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ariza taqdim etishi lozim.

Litsenziat ma’lum bir sohada litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘la turib, xuddi shu sohadagi alohida faoliyatning kichik turiga litsenziya berish to‘g‘risida murojaat qilsa, u tomonidan litsenziyalovchi organga faqat qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan ma’lumotlar taqdim etiladi. Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan faqat qo‘shimcha qilinayotgan faoliyatning kichik turi uchun litsenziya talab va shartlariga litsenziatning muvofiqligi o‘rganiladi.

Litsenziat tomonidan faoliyatning kichik turi bo‘yicha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilganda, litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatning avvalgi litsenziyasiga litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turiga oid ma’lumotlar kiritilgan holda o‘zgartirishlar kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.02.2022 yildagi 86-son qaroriga asosan ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilishligi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.02.2022 yildagi 86-son qaroriga asosan vakolatli tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan arizalar ko’rib chiqilib ruxsatnoma beriladi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imi bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi deb belgilangan.

Ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilar tomonidan ijtimoiy axborot belgilangan talablar asosida joylashtirilmaganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima qo‘llanadi.

Ariza beruvchi avtotransport vositalarida reklama va axborotni o‘rnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi. So‘rovnomani to‘ldiradi. To‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik ravishda «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimiga yuboriladi va ushbu tizim orqali vakolatli davlat organlariga yuboriladi. Vakolatli davlat organlari arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqib, belgilangan tartibda qonun hujjatlariga muvofiq o‘z xulosalarini beradi. Arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha kamchiliklar aniqlanmaganda QR-kodli reklama joyining pasporti uni tegishli vakolati organining ERIsi bilan tasdiqlanib talabgorga YIDXP orqali yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.09.2023 yildagi 477-son qaroriga asosan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari har besh yilda bir marta malaka toifasini berish bo‘yicha navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi (“Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari bundan mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.09.2023 yildagi 477-son qaroriga asosan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uchinchi, ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalariga bo‘linadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.09.2023 yildagi 477-son qaroriga asosan ­­­malaka toifasini olish uchun murojaat qilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassislik bo‘yicha ish staji qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha ish staji ham hisobga olinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yilning 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona MA’MURIY REGLAMENTI 7-ilovasiga asosan:

Ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

a) yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

b) jismoniy shaxs uchun — F.I.Sh., JShShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

v) ko‘rsatilgan hududning aniq joyi;

g) loyihalanayotgan quduqning geografik joylashish koordinatalari:

shimoliy kenglik;

sharqiy uzunlik;

d) yer osti suvini olishdan maqsad:

xo‘jalik-ichimlik;

ishlab chiqarish-texnik (sanoat);

qishloq xo‘jaligi (sug‘orish);

zax qochirish (drenaj);

davolash-balneologik;

e) yer osti suviga bo‘lgan talab hajmi (m3/kun).

Vazirlar Mahkamasining 2024-yilning 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona MA’MURIY REGLAMENTI 7-ilovasiga asosan:

Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yilning 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona MA’MURIY REGLAMENTI 7-ilovasiga asosan 8 ish kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

Umumiy ovqatlanish korxonalarining soat 23.00 dan 06.00 gacha faoliyat yuritishi, ko'ngilochar ob'ektlarning soat 23.00 dan 06.00 gacha faoliyat yuritishi mumkin

Veterinariya laboratoriya - diagnostika ishlari, veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun ozuqa qo’shimchalarini realizatsiya qilish, veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun zoogigena vositalarini realizatsiya qilish, veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun biologik preparatlar ishlab chiqarish va tayyorlash, veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun biologik preparatlarni realizatsiya qilish, veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar ishlab chiqarish va tayyorlash, veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun ozuqa qo’shimchalari ishlab chiqarish va tayyorlash, veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun zoogigiena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash, veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar realizatsiya qilish

Tamaki mahsulotlari (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar)ni sanoat asosida ishlab chiqarish