Ko‘p beriladigan savollar
Fuqarolik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6065-son Farmoniga muvofiq identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6065-son Farmoniga muvofiq identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
pasport;
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);
davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).
"O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 129-sonli Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston fuqarosiga, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi beriladi.
ID-karta shaxsni, fuqarolikni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanib, O‘zbekiston hududida foydalaniladi. ID-karta 10 yil muddatga beriladi.
ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89% tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
So‘nggi 5 yil O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari orqali O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risida ariza beradi.
Arizada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olishi, uning talablarini bajarishi to‘g‘risidagi va xorijiy fuqarolikdan voz kechganligi to‘g‘risidagi majburiyat ko‘rsatiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
ariza-so‘rovnoma;
xorijiy fuqarolikdan chiqqanlik to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjat (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan tashqari);
tarjimayi hol;
kun kechirishning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan maʼlumotnoma yoki ish haqi, pensiya, nafaqa, dividendlar va kun kechirishning boshqa manbalari ko‘rsatilgan boshqa hujjat);
fotosurat;
davlat boji to‘langanligi yoki uni to‘lashdan ozod qilinganligi haqidagi hujjat.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasiz yoxud haqiqiy bo‘lmagan identifikatsiyalovchi ID-karta bilan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini, qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning haqiqiy bo‘lmagan identifikatsiyalovchi ID-kartasi qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi MJtKning 223-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 1/2 dan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi Qonuni 6-moddasiga binoan, murojaatlarga quyidagicha talablar qo‘yilgan:
Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin.
Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.
Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Javob: Fuqarolik qonunchiligi hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʼllaniladi.
Qonun u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qonunda toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi.
Fuqarolik qonunchiligi hujjati amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar boʻyicha bu qonunchilik hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy boʻlgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan boʻlsa, tuzilgan shartnomaning shartlari oʻz kuchini saqlab qoladi, bundan qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiquvchi munosabatlarga tatbiq etilishi koʻrsatilgan hollar mustasno.
Bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan taqdirda, sud uni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qarorni bekor qiladi. Sudning qarori asosida fuqaroning mol-mulkini boshqarish bekor qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotilishi mumkin:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan uning chet el davlati armiyasiga harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek politsiyasiga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlariga ishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud boshqa ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.
b) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa.
v) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa.
g) agar shaxs chet el davlati foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa.
d) agar shaxs chet el davlati fuqaroligini olgan bo‘lsa.
e) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.
Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi uning erining (xotinining) va farzandining (bolalarining) fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
Mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi.
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi.
Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud uni muomalaga layoqatli deb topadi va unga belgilangan vasiylikni bekor qiladi.
Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida maʼlumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin.
Yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi maʼlumotlar olingan kunni aniqlash mumkin bo‘lmasa, bedarak yo‘qolgan deb hisoblash muddati yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi maʼlumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin bo‘lmagan taqdirda esa — keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi.
Agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida maʼlumot bo‘lmasa, basharti u o‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan bo‘lib, uning qayerdaligi haqida olti oy mobaynida maʼlumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb eʼlon qilishi mumkin.
Harbiy harakatlar munosabati bilan bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqaro harbiy harakatlar tamom bo‘lgan kundan eʼtiboran kamida ikki yil o‘tgandan keyin sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi mumkin.
Sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kun vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaroning o‘lgan kuni deb hisoblanadi. O‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan fuqaro vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda, sud uning taxmin qilingan halokat kunini ushbu fuqaroning o‘lgan kuni deb topishi mumkin.
Fuqarolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq doimiy yashash va (yoki) vaqtincha turgan joylari bo‘yicha roʼyxatdan oʼtishlari shart.
Аgar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqaroning doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmaganligi unga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan eʼtiboran o‘n besh kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Tug‘ilgan bolaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirilayotganda, u otasi yoki onasining doimiy ro‘yxatga olingan manzilida idoralararo avtomatlashtirilgan tizim orqali maʼlumotlarni kiritish yo‘li bilan doimiy ro‘yxatga olinadi.
16 yoshga to‘lmagan fuqaro uning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʼyxatga olingan manzilda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olinishi shart.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat boji «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Аsos: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2019 yildagi “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʼyicha roʼyxatga olish tartibi toʼgʼrisida”gi 1049-sonli qarori.
Uy-joy mulkdor(lar)ining arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy roʼyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
harbiy hisob hujjatlari.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʼyxatga olingan fuqarolarning qarindoshlari Roʼyxatning 2 va 5-bandlari asosida doimiy roʼyxatga olinadi.
Qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajarasi boʼyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining yashash joyi bo‘yicha doimiy roʼyxatga olingan yoki xususiy mulki boʼlgan uy-joy maydoniga Roʼyxatning 2-bandiga muvofiq doimiy roʼyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy roʼyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy roʼyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
doimiy roʼyxatga olinayotgan fuqaroning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi
Аsos: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2019 yildagi “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʼyicha roʼyxatga olish tartibi toʼgʼrisida”gi 1049-sonli qarori.
Voyaga yetmagan shaxsning xususiy mulki bo‘lgan uy-joy maydoniga uning qarindoshlarini doimiy roʼyxatga olish ota-onasining yoki vasiyning (homiyning) roziligi asosida hal etiladi.
Roʼyxatning 3-bandiga muvofiq vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (homiy), tutingan ota yoki ona doimiy roʼyxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy roʼyxatga olinadi.
Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaxslar koʼrsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joyga Roʼyxatning
3-bandiga binoan doimiy roʼyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy roʼyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxsning pasporti yoki ID-kartasi yoxud tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlar hamda oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʼyxatga olingan vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʼyxatga olinmaydi.
Vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida istiqomat qiladigan fuqarolar bilan qonuniy nikohdan o‘tgan hollarda, ushbu fuqarolar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Roʼyxatning 5-bandiga muvofiq doimiy roʼyxatga olinadi.
Аsos: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2019 yildagi “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʼyicha roʼyxatga olish tartibi toʼgʼrisida”gi 1049-sonli qarori.
Roʼyxatning 4-bandiga muvofiq ota-onasi bo‘lmagan voyaga yetmagan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan hamda o‘z oilasi (eri (xotini) va farzandlari) bo‘lmagan voyaga yetgan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar — o‘zlarining tug‘ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy roʼyxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy roʼyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy roʼyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy roʼyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi maʼlumotnomasi (mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar uchun).
Аsos: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2019 yildagi “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʼyicha roʼyxatga olish tartibi toʼgʼrisida”gi 1049-sonli qarori.
Roʼyxatning 5-bandiga muvofiq er (xotin) — xotini (eri) doimiy roʼyxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy roʼyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʼrsatilgan fuqarolarni doimiy roʼyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy roʼyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun).
Roʼyxatning 5-bandiga muvofiq doimiy roʼyxatga olinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tugʼilgan farzandlari (o‘z oilasiga ega bo‘lmagan) Roʼyxatning 2-bandi bo‘yicha doimiy roʼyxatga olinadi.
Nikohi xorijiy davlatda qayd etilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining konsullik legallashtirish qonunchilik hujjatlari talablari asosida rasmiylashtirilgan yoki Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konventsiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) talablariga muvofiq apostil belgisi qo‘yilgan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etadi.
«Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida»gi Konventsiyaga (1993 yil 22 yanvarь, Minsk) hamda «Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida»gi Konventsiyaga (Kishinev, 2002 yil 7 oktyabr) aʼzo davlatlarda nikohi qayd etilgan fuqarolar tomonidan ushbu davlatlar qonunchilik hujjatlari talablari asosida tasdiqlangan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida nikohi qayd etilgan fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga konsullik qonunlashtirilishi yoki apostil belgisini qo‘yish talab etilmaydi.
Аsos: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2019 yildagi “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʼyicha roʼyxatga olish tartibi toʼgʼrisida”gi 1049-sonli qarori.
Davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga bevosita murojaat etish yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi.
Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda (bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi) davlat bojini to‘laydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, boj summasining 90 foizi undiriladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qarori.
So‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning 1 dona 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi rasmi, chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi;
taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan birga taklif etilayotgan voyaga yetmagan shaxs(lar)ning chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi (agar birga kelayotgan bo‘lsa);
ariza beruvchi taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan qarindosh bo‘lsa, u holda qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi).
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma berishda davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi jismoniy shaxslar xisoblanib, ular tomonidan rasmiylashtirilgan arizalarni doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organi yoki xorijda doimiy yashayotgan shaxs uchun esa konsullik muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona” ma’muriy reglamenti.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar quyidagilar:
1.So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
voyaga yetmagan farzandlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan vaqti va joyi, qarindoshlik darajasi;
O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashagan manzili va qaysi hujjatga asosan chiqib ketganligi (hujjat seriyasi va raqami);
qaysi davlat fuqarosi yoki qaysi chet davlat fuqaroligini qabul qilish istagida ekanligi.
2. Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
ma’lumotnomada ariza beruvchining voyaga yetmagan farzandlari ham ko‘rsatilganda, ularning nomidan qonuniy vakillari tomonidan imzolangan arizasi;
notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona” ma’muriy reglamenti.
Sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumotnoma berishda davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi jismoniy va yuridik shaxslar xisoblanib, ular tomonidan rasmiylashtirilgan arizalarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona” ma’muriy reglamenti.
1) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasportini berganlik uchun;
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini:
yaqin qarindoshlari vafot etganda yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;
fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarga (bitimlarga) muvofiq ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilganda;
voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;
voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, ta’lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda berganlik uchun;
3) yetim bolaga yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun;
4) to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan shaxsga xorijga chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarga biron-bir o‘zgartishlar kiritilgan taqdirda ham davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
- Ko'p beriladigan savollar
- Tadbirkorlik
- Rasmiy tushuntirish
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Mehnat munosabatlari
- Transport
- Sug‘urta
- Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Yoshlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- UZIMEI
- Elektron ishtirok
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID