Ko‘p beriladigan savollar
Subsidiya
Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish to‘lovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin.
Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritadi.
Subsidiya quyidagicha ajratiladi:
a) kvartiralarni sotib olish uchun:
boshlang‘ich badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun boshlang‘ich badal subsidiyasining har yil uchun qat’iy belgilangan miqdorida va birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi;
b) yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining birinchi besh yil davomida foizlarini qoplash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi 537-son qaroriga ko’ra, quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya to’lanishi rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 10-bandida ko’rsatilgan hujjatlar to’liq taqdim etilmaganda;
b) taqdim etilgan hujjatlardagi maъlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
v) taqdim etilgan hujjatlarda noto’g’ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo’lganda;
g) ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda;
d) mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to’plaganda;
e) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila aъzolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
j) joriy yil uchun ajratiladigan subsidiyalar soni tugaganda;
z) ishtirok etuvchi bank tomonidan ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi) ajratiladigan ipoteka krediti bo’yicha to’lovga layoqatsiz deb topilganda;
i) ariza beruvchida kredit tashkilotlaridan oldingi olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik mavjud bo’lganda;
k) oilalarning o’rtacha oylik daromadi:
qishloq joylarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 6,9 baravaridan yuqori;
shaharlarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 3,0 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo’lganda.
Mas’ul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda o‘rganib chiqadi va YIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi ma’lumotlarni:
tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini;
davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi ko‘rsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno) daromadlarini aniqlaydi.
Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi;
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari — ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini;
tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limi — ariza beruvchining olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligini tasdiqlaydi.
Vakolatli organlar tomonidan 7 ish kunida talabgorlarga belgilangan me’yorlar o‘rganiladi hamda bal beriladi.
Komissiya raisi tomonidan tanlov natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan qaror qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga 12 ish kunida yuboradi.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoni.
Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha berilgan subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilandi.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab banklarga rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimini joriy qilishga ruxsat etilishi belgilandi.
Ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma u berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Bunda talabgor foydalanmagan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z xohishiga ko‘ra komissiyaga yozma ariza bilan murojaat etib rad etishi mumkin.
Komissiya talabgorning rad etish to‘g‘risidagi arizasiga asosan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda dasturiy ta’minot tizimiga tegishli tuzatishlar kiritadi (subsidiya olish to‘g‘risidagi topshirilgan ariza bekor qilinishi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga xabar beradi). Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, ushbu hudud uchun belgilangan subsidiyalar ajratishning parametrlarida rad etilgan subsidiyalar soni qayta inobatga olinadi.
Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomasi yoki arizasi rad etilgan talabgor yoki ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda bir yilda qayta (ikki marta) murojaat qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan ariza beruvchining arizasi u ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va subsidiya fuqarolarga ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyi bo‘lgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida ajratiladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlariga ajratilgan subsidiyalar ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman va/yoki shahardan olishi mumkin, agarda qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa.
Kvartiralarni sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini birinchi 5 yil davomida qoplash maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
SM = KS * (AF — BF)
bunda:
SM — ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi;
KS — ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzning qoldiq summasi;
AF — ipoteka krediti shartnomasida tijorat banki hamda ariza beruvchi kelishuviga asosan belgilangan foiz stavkasi;
BF — 10 foizlik punkt.
Bunda yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ushbu yakka tartibdagi uy-joylar qurib bitkazilgandan va/yoki rekonstruksiya qilingandan so‘ng kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi.
Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
a) taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
b) taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
g) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
d) joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
e) ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.
Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga beriladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma berilgan vaqtidan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari)) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolariga (er yoki xotini) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi 537 son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 38 bandining K qismida ko‘rsatilgan oilalarning o‘rtacha oylik daromadi: qishloq joylarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 6,9 baravaridan yuqori; shaharlarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori; Toshkent shahrida — MHTEKMning 3,0 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lmasligi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qaroriga binoan, quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi yoki ma’lumotlarni taqdim etadi:
a) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari;
b) oila a’zolarining (jismoniy shaxsning) shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar bor bo‘lgan taqdirda) nusxalari;
d) belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);
e) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
f) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
g) ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Bunda subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali olish mumkin bo‘lgan hujjatlarni (ma’lumotlarni) talab qilish man etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yilning 25 -mart kunidagi “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 182-son qarorining 38-bandiga asosan quyidagi hollarda rad qilinadi:
a) yuqoridagi Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim yetilmaganda;
b) taqdim yetilgan hujjatlardagi ma'lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
v) taqdim yetilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki soxta ma'lumotlar mavjud bo‘lganda;
g) ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim yetilganda;
d) mas'ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to‘plaganda;
ye) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila a'zolari (yeri, xotini) takroriy murojaat yetganda;
j) joriy yil uchun ajratiladigan subsidiyalar soni tugaganda;
z) ishtirok yetuvchi bank tomonidan ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi) ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovga layoqatsiz deb topilganda;
i) ariza beruvchida kredit tashkilotlaridan oldingi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
k) oilalarning o‘rtacha oylik daromadi:
qishloq joylarda — MHTЕKMning 3,0 baravaridan kam va 6,9 baravaridan yuqori;
shaharlarda — MHTЕKMning 3,0 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTЕKMning 3,0 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoni.
Farmonga muvofiq, 2023-yil uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrga qadar qabul qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoni.
Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoni.
Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Xalqparvar” komissiyalarining axborotiga asosan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy ta’minotdan to‘g‘ridan to‘g‘ri bekor qilish va to‘lovlarni to‘xtatish huquqi beriladi.
Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoni.
Farmonga muvofiq, 2023-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori 2022-yilda belgilangan miqdorda saqlab qolinadi. Mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomaga ega bo‘lgan shaxslarga subsidiyalar 2022-yilda amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi.
• Subsidiya davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga (teatr, sirk, hayvonot bogʻlari, madaniyat saroylari, konsert zallari, madaniyat markazlariga) beriladi.
Subsidiya maqsadi: madaniy xizmatlar boʻyicha xarajatlarni bir qismini qoplash uchun beriladi.
Subsidiyani olish tartibi bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havola orqali tanishing.
Normativ hujjatlar
• Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
Subsidiya quyidagi shartlarning barchasi boʻlgan korxonalarga beriladi:
– Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan;
– yangi mehmonxona va turizm infratuzilmasi obyektlari 2019-yil 5-yanvardan boshlab 2023-yil 31-dekabrga qadar foydalanishga topshirgan;
– taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish boʻyicha franchayzingtoʻgʻrisida shartnoma tuzilgan;
– mehmonxona 3 yulduzli va 50 ta xonadan kam boʻlmasligi yoki 4 yulduzli va 100 ta xonadan kam boʻlmasligi;
– soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi boʻlmagan;
– bankrotlik va tugatish jarayonida boʻlmagan.
Subsidiyalar maqsadi: mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash.
Subsidiya miqdori:
• 3 yulduzli mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million soʻm;
• 4 yulduzli mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million soʻm.
Murojaat qilish tartibi: Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga ariza beriladi, arizaga 3 yoki 4 yulduzli mehmonxona toifasi koʻrsatilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi ilova qilinadi.
Arizani koʻrib chiqish muddati: 10 ish kunidan 21 ish kunigacha.
Tashkilotlarni qisman moliyalashtirish tartibi:
miqdori:
• 3 yulduzli mehmonxonaga – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari;
• 4 yulduzli mehmonxonaga – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari;
Murojaat qilish tartibi: Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga ariza beriladi, arizaga 3 yoki 4 yulduzli mehmonxona toifasi koʻrsatilgan muvofiqlik sertifikati va franchayzing shartnoma nusxasi ilova qilinadi.
Arizani koʻrib chiqish muddati: 10 ish kunidan 21 ish kunigacha.
Normativ hujjatlar
• Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ–4095-son “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 4-5-bandlari
• Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi nizom
Tomorqa yeri boʻlgan ishsiz, kam taʼminlangan va kambagʻal oilalarga quyidagi subsidiyalar joriy etilgan:
Subsidiyalar maqsadi va miqdori:
• (BHMning) 30 baravari miqdorida yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun;
• (BHMning) 10 baravari miqdorida sugʻorish vositalari (nasos agregati) xarid qilish uchun;
• (BHMning) 3 baravari miqdorida urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun;
• (BHMning) 10 baravari miqdorida qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun.
Murojaat qilish tartibi: tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga ariza beriladi, yetkazib beruvchi bilan uch tomonlama shartnoma tuziladi;
Arizani koʻrib chiqish muddati: 3 ish kuni (qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishda 9 ish kuni).
Normativ hujjatlar
• Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ–4716-son “Tomorqa yeregalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi
• Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
• Siz lazertag, basseyn, kvest-animatsiya yoki boshqa shakldagi turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlari qoplanishidan xabardormisiz?
• Kompensatsiya olish tartibi
Kompensatsiya respublika hududlarida turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga beriladi.
Kompensatsiya quyidagi turistik koʻngilochar muassasalar uchun toʻlab beriladi: lazertag, basseyn, kvest-animatsiya, roller-dromlar (rollerda uchuvchilar uchun turli xil qiyaliklar va har xil balandlikdagi devorlarga ega boʻlgan maxsus jihozlangan platforma), velodrom (velosipedda mashq qilish va musobaqa uyushtirishga moʻljallangan inshoot), motokross, karting, sport labirinti, batut markazi, peyntbol, kuzatuv minorasi, djamping, flaybording, parashyutdan sakrash, planetariya, karaoke zallari, myuzik-xoll, raqs klubi va boshqa innovatsion turistik koʻngilochar maskanlar.
• Kompensatsiya olish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga quyidagilar ilova qilingan holda murojaat qilish lozim:
a) talabgorning tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
b) karaoke zallari va turistik koʻngilochar muassasalarning professional asbob-uskunalar bilan jihozlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
• Kompensatsiya miqdori:
- har bir loyiha uchun 10 million soʻm;
- kompensatsiyaning umumiy miqdori 1 milliard soʻm.
• Arizani koʻrib chiqish va kompensatsiya ajratish muddati – 5 ish kuni.
• Kompensatsiya berishni rad etish asoslari:
- talabgorning soliq va boshqa majburiya toʻlovlardan qarzdorligi mavjudligi;
- talabgorning qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida ekanligi;
- arizaga hujjatlar toʻliq ilova qilinmaganligi.
DIQQAT!!! Turistik koʻngilochar muassasalarni Toshkent shahrida tashkil etish xarajatlari qoplab berilmaydi.
Normativ hujjatlar
• Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkorlari - nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi nizom
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.10.2021 yildagi 617-son qaroriga asosan ariza beruvchining murojaatiga asosan uning nomidan davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YIDXP orqali murojaat qilishligi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.10.2021 yildagi 617-son qaroriga asosan vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Eshlar ishlari agentligi hisoblanadi.
Kompyuter xarid qilish uchun banklar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmagan miqdorda iste’mol krediti ajratiladi hamda kompyuterning qiymati ajratilgan kredit summasidan oshganda, ortiqcha qismi ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi
Sertifikat va ma’lumotnoma olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratadigan AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATB banklar tomonidan ajratiladi.
Hujjatlar “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bandiga muvofiq to‘liq taqdim etilmagani yoki jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi «YAMMT» IDAK da ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi hamda unga kamida uch oy mobaynida ish haqi to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumot Soliq qo‘mitasining axborot tizimlarida mavjudligi emasligi aniqlansa, mahalliy mehnat organi subsidiya ajratishni rad etadi va murojaatchiga rad etishning sabablari asoslangan xabarnomani yuboradi.
Ish beruvchi mahalliy mehnat organining subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi buyrug‘idan norozi bo‘lsa, yuqori turuvchi organga yoki sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.
Mahalliy mehnat organining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan besh ish kuni ichida ish beruvchiga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan har bir shaxsni ishga qabul qilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Ushbu Nizomda ajratilishi belgilangan subsidiyani olayotgan ish beruvchilar bir vaqtning o‘zida qonunchilik hujjatlarida belgilangan, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar bandligiga ko‘maklashishga qaratilgan boshqa turdagi subsidiyalarni ham belgilangan tartibda olishga haqli.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2024 yildagi PF-70-son Farmoniga muvofiq, 2024 yil 1 iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʼallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʼlgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2024 yildagi PF-70-son Farmoniga muvofiq, subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024 yilning 15 mayidan 1 noyabriga qadar qabul qilinadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2024 yildagi PF-70-son Farmoniga muvofiq, kambagʼallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʼlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʼmgacha ipoteka kreditlari ajratilishi belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2024 yildagi PF-70-son Farmoniga muvofiq, 2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʼyicha foiz toʼlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 12 foizdan oshgan qismiga, 2025 yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʼyicha esa — Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʼlanishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2024 yildagi PF-70-son Farmoniga muvofiq, birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024 yilgi Dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2024 yildagi PF-70-son Farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boshlab qurilish tashkilotlariga «yashil» uy-joy standartlari talablari asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
- Ko'p beriladigan savollar
- Tadbirkorlik
- Rasmiy tushuntirish
- Ta'lim
- Litsenziyalash
- Sog‘liq va ijtimoiy himoya
- Ekologiya
- Adliya
- UJKX
- Kadastr
- Soliq
- Fuqarolik
- Ma'lumotnomalar
- Madaniyat va sport
- Bojxona
- Axborot va aloqa
- Mehnat munosabatlari
- Transport
- Sug‘urta
- Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
- Yoshlar
- Subsidiya
- FHDY
- my.soliq.uz
- eco-service.uz
- e-visa.gov.uz
- license.gov.uz
- vacancy.argos.uz
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- O'zbekiston va xorijdagi ta'lim grantlari
- UZIMEI
- Elektron ishtirok
- Elektron xarid
- Onalar uchun imtiyozlar
- Sinov tartibidagi xizmatlar
- E'lonlar taxtasi
- MyID